|
Ekspertning yakuniy xulosasi
|
bet | 1/3 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 33,15 Kb. | | #103543 |
Bog'liq Tashqi Ekspert xulosasi M.Tursunov
60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlagan “Radioelektronika asoslari” nomli o’quv qo’llanmasining qo’lyozmasiga
EKSPERTNING YAKUNIY XULOSASI
1. Darslik, o`quv qo`llanma qo`lyozmasining namunaviy o`quv va ishchi dasturlarga to`liq mos kelishligi (ilovalar mazkur dasturlarning keltirilganligi). 60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Radioelektronika asoslari” o’quv qo’llanmasi o’quv va ishchi dasturga to’liq mos keladi hamda “Radioelektronika asoslari” fan dasturi bo’yicha tayyorlangan.
2. Kirish qismida darslik, o`quv qo`llanma tarbiyaviy ahamiyatining yoritilganligi.
60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Radioelektronika asoslari” o’quv qo’llanmasining kirish qismida ta’lim jarayonida tarbiya bilan o’zaro bog’liqlikka e’tibor qaratilgan.
3. O`quv adabiyotining qaysi yo`nalish, mutaxassislik va ixtisoslikka mo`ljallanganligi, shifr ko`rsatilishi.
Ushbu o’quv qo’llanma barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
4. Bob, bo`lim va mavzularning muayyan izchillikda yoritilishi.
O’quv qo’llanmada keltirilgan mavzular o’zaro ketma-ketlikda mazmunan mos va izchil qilib tayyorlangan.
5. Darslik va o`quv qo`llanmaning hozirgi fan yutuqlari va texnik taraqqiyotning aks ettirish darajasi.
Mazkur o’quv qo’llanmada muallif Radioelektronika asoslari fanining rivojlanish bosqichlari, yutuq va kamchiliklari, bugungi kundagi sohaning tarmoqlari va rivojlanishi, zamonaviy eksperiment qurilmalari hamda ulardagi fizikaviy jarayonlarni mohiyat jihatdan ochib bergan.
6. Darslik va o’quv qo`llanmaning mazmunan tugallanganligini baholash.
“Radioelektronika asoslari” nomli 60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmasi mazmunan to’liq tugallangan.
7. Darslik va o`quv qo`llanmaning mavjud darslik va o`quv qo`llanmasidan farqlanadigan jihatlari.
Mazkur o’quv qo’llanmaning fan bo’yicha mavjud darslik va o’quv qo’llanmalaridan farqi shundaki unda talabalar uchun zamonaviy fandagi qonuniyatlar va yutuqlar ochib berilgan, fanning kelajakda o’rganishi zarur dolzarb muammolari qanday yo’nalishlarda tekshirilayotgani xorijiy adabiyotlar tahlili orqali ifodalangan. Hamda laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha zamonaviy qurilmlar tavsifi keltirilgan. Fanga tegishli bo’lgan asosiy atamalar glossary oraqli to’liq bayon etilgan.
|
| |