|
Ekstragentlar tanlashning ilmiy asoslari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Ekstragent haqida tushuncha
|
bet | 4/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 26,21 Kb. | | #108012 |
Bog'liq eKSTRAGENTLARHAorg=HAsuvli=H+suvli+A-suvli
Harakatdagi muvozanatni siljitish tomoiliga ko'ra vodorod ionlari kontsentratsiyasini ortishi (pH qiymatining kamayishi) muvozanatni chapga – kislotani dissotsilanmagan molekulalari hosil bo'lishi tomoniga siljitadi.
Eritmada bunday molekulalar kontsentratsiyasi ortadi va organik fazaga kislotaning, shunday ionlashmagan molekulalari o'tishi munosabati bilan kislotani suvli fazadan organik fazaga ajralib o'tish darajasi ortadi. Aksincha, vodorod ionlari kontsentratsiyasi kamayishi (pH qiymatining ortishi) bilan muvozanat o'ngga, kislota anionlari A- kontsentratsiyasining ortishi tomoniga, siljiydi chunki anionlar A-organik fazaga o'tmasligi sababli suvli fazada qoladi. Bu esa organik fazadagi ionlashmagan HA molekulalarni organik fazadan suvli fazaga o'tishga ijobiy ta'sir etib, HA kislotani suvli fazadan ajralish darajasi R kamayishiga olib keladi.
Shunday qilib, suvli eritma rN qiymatini o'zgarishi undagi HA kislota ekstraktsiyasiga kuchli ta'sir etadi. Suvli eritma rN qiymatini o'zgartirib HA kislotani ekstraktsiya darajasini o'zgartirish mumkin.
Asoslar ekstraktsiyalanganda ham organik fazaga asosni ionlashmagan molekulalari o'tadi. Kationlar va gidroksil guruhlari esa asosan suvli eritmada qoladi.
Organik asos RNH2 (R – organik radikal) ekstraktsiyasidagi geterogen ekstraktsion muvozanatni ko'rib chiqamiz.
RNH2(org)= RNH2(suvli)+H2O = RNH3+(suvli)+OH-(suvli)
Suvli eritmada OH- guruhlarini ko'payishi (suvli eritma pH qiymatining ortishi) muvozanatni chapga – asosni ionlashmagan molekulalari RNH2 hosil bo'lishi tomoniga siljitadi. Organik fazaga asosning ayni ana shu ionlashmagan RNH2 molekulalari o'tgani sababli, ularni organik fazadagi miqdori ortadi, ya'ni suvli eritma pH qiymatining ortishi asosni suvli eritmadan organik fazaga ekstraktsiyalanish darajasini oshiradi. Aksincha, gidroksil guruhlarining kontsentratsiyasi kamayganda (suvli eritmaning pH qiymati kamayganda) muvozanat o'ngga siljiydi, bu esa suvli eritmadagi RNH3+ kationlarining kontsentratsiyasini ortishiga, ya'ni suvli eritmadagi ionlashmagan asos molekulalarining kamayishiga, binobarin, ekstraktsion muvozanatni o'ngga siljishiga olib keladi. Natijada organik fazadagi asos RNH2 molekulalari suvli fazaga o'ta boshlaydi, ya'ni asosni suvli eritmadan organik fazaga o'tish darajasi kamayadi.
Shunday qilib, asoslarni suvli eritmadan organik fazaga ekstraktsiyalashda ham suvli fazaning pH qiymatini ahamiyati juda katta.
|
| |