• U - ko’rinishdagi xarakteristikalar.
  • - rasm. Sinxron motorning U-kurinishidagi xarakteristikalari




    Download 92,46 Kb.
    bet18/20
    Sana16.01.2024
    Hajmi92,46 Kb.
    #138657
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Elektr mashinalar-fayllar.org

    2- rasm. Sinxron motorning U-kurinishidagi xarakteristikalari
    Motor tarmoqga ulanganda uning stator cho’lg’amida ancha katta tok xosil bo’ladi. Bu tokni kattaligini chegaralash uchun №7 laboratoriya ishida qo’llangan usullardan foydalaniladi - stator cho’lg’amini ulanish sxemasini yulduzdan uchburchakka o’zgartirish yoki stator cho’lg’amini tarmoqga reaktor orqali ulanadi. Ampermetr A1 ni katta qiymatga ega bo’lgan ishga tushuruvchi toklar taxsirida buzilishiga yo’l qo’ymaslik uchun, sxemada shuntlovchi kalit K qo’llangan. Sinxron motorning qo’zg’atish cho’lg’amiga ulangan ampermetr A2 ikki tomonlama shkalali bo’lishi kerak (nol o’rtada).
    Sxemani yig’ib uni o’qituvchi tekshirganda so’ng sinxron motor asinxron usulda ishga tushiriladi. Buning uchun kalit K ulanib almashlab ulagich P ni esa 1 - xolatga keltiriladi, yaoni sinxron motorning qo’zg’atish cho’lg’amini aktiv qarshilik r ga ulanadi. So’ngra stator cho’lg’amini tarmoqga ulovchi rubilnik R1 ulanadi. Sinxron motorning rotori aylana boshlaydi va tezligi orta borib sinxron aylanish chastotaga yaqinlashadi amperimetr A2 ning mili (strelka) noldan chapga yoki o’ngga buraladi (oqadi). Rotorning tezligini ortish jarayoni tugagandan so’ng, amperimetr A2 ning strelkasi biror tomonga oьgan paytda, motorning qo’zg’atish cho’lg’amiga kuchlanish berib qo’zg’atish lozim, yaoni almashlab ulagich P ni qisqa muddatda 2 - xolatga qo’yish kerak. Shundan keyin motor sinxronizmga kiradi va ishga tushirish jarayoni tugaydi. So’ngra kalit K ni kontaktlarini ochib, potentsiometr Rp yordamida motorning qo’zg’atish tokini o’zgartirib, stator cho’lg’amidagi tokning eng kichik qiymatiga tenglashtirishga erishiladi.
    U - ko’rinishdagi xarakteristikalar. Sinxron motorning U - ko’rinishidagi xarakteristikalari uning foydali aktiv quvvati o’zgarmagan xolda stator tokini I1 va quvvat koeffitsiyenti cos1 ni qo’zg’atish tokiga boьliqligini ifodalaydi (2 - rasm). U – ko’rinishidagi xarakteris-tikalarni qurish uchun kerak bo’lgan maolumotlarni qo’yidagi tartibda olinadi. Sinxron motorni ishga tushirilgandan so’ng generatorga yuklama reostati Ryuk ni (R3 ulanadi) ulanadi va generatorning qo’zg’atish tokini motorining stator cho’lg’amidagi toki I1 = 0,5I1nom ga tenglashgunga qadar orttiriladi. Bir vaqtning o’zida generatorga ulangan yuklamani o’zgartimasdan motorning stator cho’lg’amidagi tokning eng kichik qiymatiga mos keladigan qo’zg’atish tokini kattaligi aniqlanadi, statorning bu toki uning aktiv tokiga I1 = I1a­ teng bo’ladi. So’ngra potentsiometr Rp yordamida motorning qo’zg’atish toki Iq ni stator cho’lg’amidagi tok nominal qiymatiga tenglashgunga qadar orttiriladi. U - ko’rinishidagi xarakteristikani kurish uchun stator toki I1 ning taxminan bir xil oraliqdagi qiymatlarini A1 va A2 ampermetrlardan, quvvatning qiymatlarini vattmetr W1 dan aniqlab 1- jadvalga yoziladi. Xarakteristikani qurish uchun qo’zg’atish tokining besh xil kattaligiga mos keladigan qiymatlar aniqlanadi. So’ngra motorning qo’zg’atish toki Iqnom oldingi qiymatiga tenglashtirladi va stator toki nominal qiymatiga tenglashgunga qadar kamaytiriladi. O’lchov asboblarining ko’rsatmalarini 1- jadvalda yozib boriladi.
    1- jadval


    O’lchov va xisoblar nomeri


    O’lchovlar


    Xisoblar


    Iv, A


    I1, A


    R , del

    R1, Vt

    sos1


    Maxlumki sinxron motorning rotorini aylanish chastotasi yuklama o’zgarganda xam sinxron aylanish chastotasiga teng bo’lib, o’zgarmasdan qoladi.


    Biroq motor o’ta yuklanganda yoki manba kuchlanishi birdaniga kamayganda motor sinxronizmdan «chiqishi» mumkin. Shuning uchun tajriba o’tkazilayotganda motorning sinxron aylanish tezligini nazorat qilib turish kerak. Buni stroboskopik usulda, yaoni strobotaxometr yordamida (K.9.1 - rasmga qarang) yoki sinxron motorni yuklama qurilmasi bilan ulaydigan muftaning tashqi yuzasida bo’yalgan takrorlanadigan qora va oq tasmalar, yaoni stroboskopik belgilar yordamida bajarish ancha qulay. Bu belgilarning soni motorning qutblar soni 2r ga teng bo’lishi kerak. Masalan tokning chastotasi 50 Gts ga teng bo’lganida, agar 2r = 2(n1 = 3000 ayl/min) bitta qora va bitta oq tasma va agar 2r = 4(n1 = 1500 ayl/min) bo’lsa, ikkita oq va ikkita qora tasmalar bo’lishi kerak va x.k. Aylanuvchi yuzada xosil qilingan tasmalar, 50 Gts chastotali o’zgaruvchan tok manbaiga ulangan lampa yordamida yoritiladi. Motorning ish jarayonida tasmalar jilmasa u xolda motorning rotori sinxron aylanish tezligida aylanadi, agar ular muftani xaqiqiy aylanish yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga jilsa, u xolda bu motorning sinxronizmdan chiqqanini bildiradi.
    Motorning tarmoqdan qabul qilayotgan quvvati (Vt)
    R1 = R’1KtrSw (3)
    Bu yerda Ktr - tok transformatorining transformatsiyalash koeffitsiyenti; Sw - vattmetrning shkalasini qiymati, Vt/del.
    Motorning quvvat koeffitsiyenti
    cos1 = R1/(3I1.U1) (4)
    Bu yerda U1 - tarmoqni kuchlanishi, V.

    Download 92,46 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 92,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Sinxron motorning U-kurinishidagi xarakteristikalari

    Download 92,46 Kb.