Elektr toki va uning xarakteristikasi




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.05.2024
Hajmi0,85 Mb.
#236031
1   2   3
Bog'liq
1- Amaliy mashg\'ulot Tabiatda elektr toki va ularning xosil bo\'lishi.

Tadqiqot natijalari. 
Oʻtakazgichdagi erkin elaktronlarning ichki elektr maydon tasiridagi tartibli 
harakatiga oʻtkazuvchanlik toki yoki elektr toki deb ham yuritiladi. Fazodagi tartibli 
harakatlardan ham elektr toki hosil boʻladi ular zaryadlangan jisimlar yani yomgʻir 
tomchisi va shu kabilar kiradi. Tokning yoʻnalishi uchun shartli ravishda musbat 
zaryadining harakat yoʻnalishi qabul qilingan. Tokning bunday yoʻnalishi texnik 
yoʻnalish deyilib, faqatgina manfiy zaryadlar yoki eklektronlar hosil qilgan tokning 
yoʻnalishiga harakat yoʻnalishi qarama-qarshi boʻladi. Elektr tokining vujudga kelishi 
uchun uchta shart muhim va yetarlidir; 
1.
Erkin zaryadlangan zarrachalar. 
2.
Oʻtkazgich. 
3.
Elektr maydon. 
Shu uch shatr orqali bizga toʻxtovsiz va tartibli harakat oqimi elektr toki yuzaga 
keladi. Elaktr tokining harakatlanishi uning tok kuchi orqali amalga oshiriladi. Yani 
vaqt birligi ichida oqib oʻtayotgan erkin elektronlar oqimi tufayli oʻtkazgichning 
koʻndalang oʻtayotgan va u q zaryad miqdoriga miqdor jihatdan teng boʻlgan tokning 
kattalik kuchi paydo boʻladi. Uning birligi HBS da [I]=[1A]=[1 amper] deya qabul 
qilingan boʻlib, bunda ikki istemolchi berilgan boʻlsin deylik ularning har ikkalasi ham 
bir hil materialdan iborat boʻlsagina bu istemolchilarga tok kuchi ketma ket ulanib tok 
oqimi uzluksiz uzatilib turiladi. Uning yuqori darajada istemolchiga zarar yetmasligi 
uchun ularga tok miqdorini meyorida ushlab turuvchi qurilmalar ham oʻrnatib qoʻyish 
joiz sanaladi. Ketma ket ulangan istemolchilarning foydali tomoni shundan iboratki, 
tok kuchlari har ikkala oʻtkatgichda teng miqdorda oqib oʻtsagina ana oʻshanda qisqa 
tutashuvlar boʻlmaydi. Uzun sim orqali tok uzluksiz harakatda boʻladi. Buni biz oddiy 
koʻz bilan koʻrib, qoʻl bilan tekkiza olmaymiz. Bir tok oqimidagi bir qancha 
+q , -q 
zaryadli elektronlar oʻtkazgich boʻylab koʻchiriladi, bu oʻz oʻzidan ketmaydigan 
jarayon boʻlib maʼlun bir kuchlanish ostida zaryadlar oʻtkazgich boʻylab tinimsiz 
aylanib ish bajaradi. Darhaqiqat, shuni unutmaslik kerakki bu oqib oʻtayotgan tokli 
oʻtkazgichimizning qarshiligi boʻlmas ekan, biz kutgandek tok oqimining juda katta 
tezligi natijasida portlashlar sodir boʻladi. Oʻtkazgichning qarshilig vazifasi tokning 
kuchi va kuchlanishiga bogʻliq boʻlmasdan balki, oʻtkazgichning materiali va uning 
oʻlchamlariga bogʻliq boʻlgan va oʻtkazgichlarda oʻtkazuvchanlikcheklab turuvchi 
hossasidir shu muhim shartlar orqali texnik nosozliklar va havfli zarralar oqimi bartaraf 
etiladi. Biz hozirgi kunda texnikada va turmushda asosan oʻzgaruvchan tokdan 
foydalanamiz. Lekin koʻp hollarda oʻzgarmas tok ham kerak boʻladi. Masalan sanoatda 
elektrakimyo sohasida


 
elaktr transporti va aloqada. Oʻzgarmas tok koʻpincha tokni toʻgʻirlagichlar deb 
ataladigan maxsus qurilmalar yormadida hosil qilinadi. Har handay toʻgʻirlagichning 
ishlashi faqat maʼlum bir yoʻnalishda tok oʻtkazadigan zanjir qisimlari hosil qilish 
mumkinligiga asoslangan. Ikki elektrotli lampalar (diotlar) shunday hususiyatga ega 
hisoblanadi. Oʻzgarmas tokni mahsus generatorlar ham hosil qilishi mumkin. Buning 
uchun oʻzgaruvchan tok generatoridagi halqalarni yarim halqalar bilan almashtirish 
kifoya. XX asrning boshlariga kelib tok hosil qiluvchi zarralarning tabiatini aniqlash 
maqsadida olimlar oʻzaro ketma-ket ulangan bir hil radiusli mis, alyuminiy va yana 
misdan iborat uchta slindrik metal sistemadan t=1 yil davomida q(
t
) = 3,5 mln K
l
zaryad 
oʻtkazdilar. 
1-
 
rasm. Tok hosil qiluvchi zarralarning tabiatini aniqlash. 
 
Bu uchta metallarning massalari katta aniqlik bilan o`lchanadi, ularning massasi 
va kimyoviy tarkibi oʻzgarmaganligi maʼlum boʻldi. Bundan, metallarning elektr 
oʻtkazuvchanligini barcha metallar uchun bir hil bo`lgan “ zaryadlarni tashuvchi” erkin 
harakatlana oladigan zaryadlar hosil qilinadi degan hulosa kelib chiqdi. Binobarin
metallarning elektr oʻtkazuvchanligi metal atomlarining koʻchishiga ham bogʻliq 
boʻlmay faqat erkin elektronlarning harakteriga ham bogʻliqdir. Tarmoqlardagi elektr 
energiyamiz hozirgi kunda globall muammolardan boʻlib, har bir mintaqa olimlari bu 
tarmoqlardagi oqib oʻtuvchi tok manbai yaʼni elektr energiyani qay tarzda uzoq 
masofalarga uzatish va undan maksimal darajada toʻgʻri foydalanish boʻyicha bu 
sohada yangicha izlanishlar olib borilmoqda. Avvalo elektr energiyasini olisga qay 
tarzda uzatamiz? 

Download 0,85 Mb.
1   2   3




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish