bo’lmaydi. Nur tushgan nuqtadan yana bir nur chiqadi, singan nur deb ataladigan bu
nur ikkinchi tiniq muhitda tarqaladi [7].
1.3.
Yorug’likning qaytish qonuni
Tushayotgan nur, qaytaruvchi sirtga o’kazilgan
normal va qaytgan nur bir
tekislikda yotadi, bunda nur bilan normal orasidagi burchak o’zaro teng bo’ladi:
Yorug’likning qaytarish ko’rsatkichi minerallarning xususiyatlari haqida
muhim ma’liumotlar beradi. Sindirish ko’rsatkichi ma’lum bo’lgan holda ko’pgina
minerallar uchun nurning qaytish ko’rsatkichi R ni Frenel formulasi bilan hisoblash
mumkin:
Ba’zi tog’ jinslari hamda minerallari uchun sindirish ko’rsatkichi, qaytarish
ko’rsatkichining funksiyasi bo’lib, u umumiy holda 4-rasmda ko’rsatilgan rasmdagi
~
1)2
(n + 1)
egri chiziq t
i
=l da minimumga ega.
Yorug’lik tabiatiga nisbatan dunyoqarash turli
davr olimlari tomonidan
turlicha talqin qilinib kelingan. Nyuton (1672-y.) yorug’likni saqlanish qonunlariga
bo’ysunadigan substansiya korpuskulalar oqimidir deb hisoblab, yorug’likning
empirik qonunlarini tushuntirdi. Yorug’likning qaytarilishi
sharchalarning elastik
urilishiga qiyoslansa, sinishini sindiruvchi muhit-molekulalarning korpuskulalarni
tortishi tufayli tezligini o’zgartirishi natijasi deb qaralgan. Yorug’likning nur tushish
burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati, ikkala muhit uchun o’zgarmas
kattalik bo’lib, nisbiy sindirish ko’rsatkichi deb yuritiladi.
sin a