Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish




Download 63,15 Kb.
bet4/14
Sana13.02.2024
Hajmi63,15 Kb.
#155374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Elektr yuritma va boshqarish apparaturasi-fayllar.org
Aniqmas integrallar, foydali-fayllar uz ikki-o0zgaruvchili-funksiyaning-ekstremum-qiymatlari, econom, Maruza 6 (1), 9-informatika-darslik (1), Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U., valealogiya, kerakli insholar, Qahramon aka, Mustaqil ish grav, Masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish, TA`LIM TARBIYA MUASSASALARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT SOHASIGA KIRADIGAN DAVLAT TASHKILOTI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI O`RGANISH222, POLVONOVA SUNBULA, 1 Amaliy, 1 mustaqil iw chuqur
Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayoni amalga oshirish uchun QF avtomati ulanib, sxemani ishga tayyorlanadi. Ishga tushirish knopkasi SVS ulanganda, KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontakti bilan yuritgichning yakorini R1 va R2 reostat pog’onalari orqali tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SVS knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi.
Tarmoqqa ulangan yuritgich bilan birga uning zanjiridagi KA1 tok relesi ham ishga tushadi va KM1 zanjiridagi kontaktini uzadi. Yuritgichning tezligi oshib boradi, undagi E.Yu.K ham ortadi va tok kamayadi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA1 tok relesining yakori ortga qaytadi va KA1 kontakti ulanadi, buning natijasida KM1 kontaktori ishga tushadi. U o’zining kontaktlari bilan R1 qarshilikni shuntlaydi, KA2 tok relesini va KM2 kontaktor zanjirlarini ulaydi. KA2 tok relesi ishga tushib, KM2 kontaktor zanjiridagi kontaktni uzadi. Yuritgich zanjirida qarshilik kamaygani uchun uning tezligi yana ham osha boshlaydi, E.Yu.K ham ortib boradi va tok kamayadi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA2 tok relesining yakori ortga qaytadi va KA2 kontakti ulanadi. Buning natijasida KM2 kontaktori ishga tushadi. U o’zining kontakti bilan R2 qarshiligini shuntlaydi. Yuritgichning zanjirida qo’shimcha qarshilik qolmagani uchun tezligi yana ham oshadi va u tabiiy mexanik tavsifida ishlay boshlaydi.
Ketma-ket qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish (27-rasm)
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun QF avtomati ulanib, sxema ishga tayyorlanadi.
Ishga tushirish knopkasi SVS ulanganda, KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontakti bilan yuritgichning yakorini R1va R2reostat pog’onalari orqali tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SVS knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi.
Tarmoqqa ulangan yuritgich bilan birga uning zanjiridagi KA tok relesi ham ishga tushadi va boshqarish zanjiridagi kontaktini uzadi. Kontaktor KM1 ishga tushmaydi, chunki R qarshilikning qiymati shunday tanlanganki, undan oqayotgan tok kontaktorni ishga tushirishga yetmaydi, lekin ishga tushganda ushlab turishga yetadi


Download 63,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 63,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish

Download 63,15 Kb.