ELEKTR ZARYADLARI VA ULARNING O’ZARO TA’SIRI
Niyazova Arofat Ahrarovna
Toshkent shahri Yashnobod tumani Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik
litseyi fizika- informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu ilmiy maqolani ma’nosi shu haqdakim, elektr hodisasi,
jismlar zaryadlanishi, musbat zaryad, manfiy zaryad, elektr zaryadi va boshqa
ma’lumotlar batafsil berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: pat, qog‘oz, yengil buyum bo‘lakchasi, Fales Miletskiy, kahrabo,
Musbat zaryad, manfiy zaryad, Elektr zaryadi .
KIRISH
Hozirgi vaqtda elektr hodisasi va qonunlarining turmushda nihoyatda katta
ahamiyatga ega ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Òurli xil elektr mashina va
asboblarning ishlashini tushunib olish uchun elektrning asosiy xususiyatlari va
qonuniyatlarini oz miqdorda bo‘lsa ham bilib olish zarur. Shuning uchun oldin ba’zi eng
sodda elektr hodisalari bilan tanishib chiqamiz. Elektr
hodisalari odamlarni tabiat
mavjud bo‘lgandan buyon qiziqtirib keladi.
Mo‘ynaga ishqalangan kahrabo tayoqchaning pat, qog‘oz, yengil buyum
bo‘lakchasi va shunga o‘xshash yengil jismlarni o‘ziga tortishini miloddan avvalgi
640—550- yillarda yashagan yunon faylasufi Fales Miletskiy kuzatgan bo‘lib, bu hodisa
mohiyati ochilmaganicha qolib ketdi va uzoq yillar davomida o‘rganilmadi. XVI asrda
ingliz olimi Gilbert Fales tajribalarini takrorladi va tajribalar asosida kahrabodan boshqa
jismlar ham bir-biri bilan ishqalanganda yengil jismlarni o‘ziga tortishini aniqladi.
Masalan, shisha tayoqchani shoyiga yoki kahrabo (ebonit)
tayoqchani jun matoga
ishqalab, so‘ng maydalab yirtilgan qog‘oz parchalariga yaqinlashtirilsa, qog‘oz
parchalarining ularga tortilishi kuzatildi.
Bunday hodisalar XVII asr boshlarida elektr deb ataldi. Elektr so‘zi grekcha
„elektron“ so‘zidan olingan bo‘lib, „kahrabo“ (ebonit) demakdir. Keyinchalik,
ishqalanish natijasida yengil jism larni o‘ziga tortadigan bo‘lib
qolgan jismlarni
elektrlangan jismlar yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritiladigan
bo‘ldi. Yuqorida keltirilgan tajribalardan ko‘rinadiki, barcha elektrlangan jismlar
boshqa yengil jism larni o‘ziga tortar ekan. Endi shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada
hosil bo‘lgan elektr zaryadi bilan mo‘ynaga ishqalangan ebonit tayoqchada hosil
bo‘lgan elektr zaryadlari bir-biridan farq qiladimi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘iladi.
Bu savolga javob berish uchun quyidagi tajribalarga murojaat qilamiz. Ipak ipga osilgan
zar qog‘ozdan yasalgan sharchaga zaryadlangan shisha tayoqchani
tekkizsak sharcha
zaryadlanadi. Endi zaryadlangan shisha tayoqchani zaryadlangan sharchaga qayta
yaqinlashtirsak, u tayoqchadan itariladi (2- b rasm). Agar zaryadlangan bu sharchaga
zaryadlangan ebonit tayoqchani yaqinlashtirsak, sharcha tayoqchaga tortiladi.
Demak, jismlar zaryadlanganda ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lar ekan.
Nima sababdan shunday bo‘lishini aniqlash uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazamiz.
Ipak iplarga osilgan ikkita sharchani zaryadlangan shisha tayoqchani tekkizish orqali
zaryadlaylik. Shundan keyin zaryadlangan sharchalarni o‘zaro yaqinlashtirsak, ular
birbiridan qochadi. Shu kabi sharchalarni zaryadlangan
ebonit tayoqcha orqali
zaryadlab, bir-biriga yaqinlashtirsak, bu holda ham sharchalar bir-biridan qochadi. Agar
sharchalardan birini zaryadlangan shisha tayoqcha bilan, ikkinchisini zaryadlangan
ebonit tayoqcha bilan zaryadlab bir-biriga yaqinlashtirilsa, u holda sharchalarning bir-
biriga tortilishini ko‘rish mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, shisha va ebonit tayoqchalarda hosil bo‘lgan zaryadlarning
tabiati turlicha bo‘lar ekan. Demak, tajribalar tabiatda ikki tur elektr zaryadlari mavjud
bo‘lib, bir xil ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar o‘zaro itarilishini, turli
ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar esa o‘zaro tortilishini ko‘rsatadi.
Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shishada hosil bo‘lgan elektr zaryadlarini musbat
(+) ishorali zaryad deb, mo‘ynaga ishqalangan kahraboda hosil bo‘lgan
elektr
zaryadlarini manfiy (–) ishorali zaryad deb qabul qilingan.
„Musbat zaryad“ va „manfiy zaryad“ tushunchalarini hamda ularni mos ravishda
„+“ va „–“ ishoralar bilan belgilashni amerikalik fizik B. Franklin 1750- yilda birinchi
marta o‘zining elektr hodisalar haqidagi „unitar nazariya“sida kiritgan. Òabiatda mavjud
bo‘lgan barcha jismlarda har doim o‘zaro teng miqdorda musbat va manfiy zaryadlar
bo‘lib, jismlar, odatda, elektr jihatdan neytral holatda bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda biz
bilamizki, hamma jismlar atom yoki molekulalardan tashkil topgan. Atom esa musbat
zaryadli yadrodan va manfiy zaryadli elektronlardan tarkib topgan neytral sistemadir.
Agar atom tarkibidagi elektron biror usul bilan tashqaridan qo‘shimcha energiya ola
olsa, u holda elektron yadro bilan bog‘lanishni uzib, o‘z atomini tark etishi va jism
ichida o‘zini erkin zarradek tutishi, hatto jismdan tashqariga chiqib ketishi ham mumkin.
Masalan, jismlar bir-biriga ishqalanganda (bunda
ishqalashning mexanik
energiyasi jismlarning ichki energiyasiga aylanadi, binobarin, elektronlar qo‘shimcha
energiyaga ega bo‘ladi) bunday elektronlarning biror qismi bir jismdan ikkinchi jismga
o‘tishi mumkin. Demak, ishqalanish natijasida biridan ikkinchisiga elektronlar o‘tishi
hisobiga birinchi jism musbat, ikkinchi jism esa manfiy zaryadlanadi.