• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Elektrdan shikastlanish kuyish va unda birinchi




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana30.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #148300
    1   2
    Bog'liq
    Nizamova Dilrabo Odilovna

    Ключевые слова: электричество, правила безопасности, электричество. 
    Abstract: Nowadays, our life cannot be imagined without electricity. When we use 
    it, we know how useful this odorless, colorless, tasteless energy is in our life. At the same 
    time, we all know that neglecting or not following safety rules can lead to negative 
    consequences. Therefore, once again, we found it our duty to inform students about 
    electricity, technical safety rules for using electricity, and providing first aid to people 
    injured by electricity in necessary cases. 
    Key words: electricity, safety rules, electricity. 
    Odamning elektr toki bilan shikastlanishi elektr jarohati va elektr (tok) urishga 
    farq qiladi. Elektr jarohatiga kuyish, elektr yoy bilan ko’zning zararlanishi, elektr toki 
    bilan shikastlanishi oqibatida odamning hushini yo’qotishi natijasida yiqilishi tufayli 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    1932 
    vujudga kelgan sinish, chiqish va shunga o’xshash mexanik shikastlanishlar kiradi. 
    Elektr toki urganda odamning ichki a’zolari shikastlanadi. Elektr toki urishi uncha 
    katta bo’lmagan 25-100 mA toklarda sodir bo’ladi. 10 mA gacha bo’lgan tok inson 
    hayoti uchun xavfsiz bo’lib, yoqimsiz sezgi hosil qiladi. Agar tok 10-25 mA dan oshsa, 
    qo’l muskullari tortishib qolishi mumkin. Natijada odam o’zini tok o’tkazuvchi qismdan 
    mustaqil ajratib ololmaydi. Bunday tok 15-20 sekundan ko’p ta’sir qilsa odamning 
    nafas olishi qiyinlashib, butkul to’xtashi mumkin. Agar tok 100 mA va undan ko’p 
    bo’lsa, odamni darhol o’ldiradi. Odam tanasidan o’tuvchi tok miqdori tegib ketish 
    kuchlanishi va tok chastotasiga hamda odam tanasining elektr qarshiligiga bog’liq. 
    Odam tanasining elektr qarshiligi uning kayfiyatiga, vazniga, jismoniy chiniqqanligiga, 
    terisining holatiga va boshqalargi bog’liq. Odam terisi quruq va shikastlanmagan 
    bo’lganda uning elektr qarshiligi 10-100 kOm atrofida bo’ladi. Shuning uchun xavfsiz 
    kuchlanishning qandaydir miqdori to’g’risida gapirish juda qiyin. Elektr qurilmalarini 
    ishlatishdagi ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadiki, eng yomon sharoitli xonalar 12 V 
    dan kichik hamda quruq va toza xonalar uchun 36 V dan kichik kuchlanishlami xavfsiz 
    kuchlanishlar deb hisoblash mumkin. 
    Shuningdek, quruq xonalarda odam tanasining elektr qarshiligi bir necha o’n 
    ming Om ga yetadi. Bu holda 100 V atrofidagi kuchlanish ham xavfsiz bo’lishi mumkin. 
    Elektr qurilmalarning qoidalarida atrof muhit sharoitlariga qarab quyidagi 
    kuchlanishlar belgilangan: 12, 36 V li elektr qurilmalar - kichik kuchlanishli 
    qurilmalarga; 65 V dan 250 V gacha qurilmalar past kuchlanishli qurilmalarga; elektr 
    kuchlanishi 250 V dan katta bo’lsa yuqori kuchlanishli qurilmalarga kiradi. Xavfsizlik 
    texnikasida ko’zda tutilgan qator himoya vositalari va tadbirlarini qo’llash elektr 
    qurilmalarining xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Bunday tadbirlarga hamma tok 
    o’tkazuvchi qismlarni maxsus himoya to’siqlari yordamida himoyalash, elektr 
    qurilmalarni yerga yoki nolga ulash vositasiga biriktirish, himoyalovchi tagliklar, 
    rezina kalish, qo’lqop va boshqa himoyalovchi vositalami qo’llash, kamaytirilgan 
    kuchlanishdan foydalanish kabilar kiradi. Elektr tokidan shikastlanish sabablari: 
    a) tok o’tkazuvchi qismlarga, ochiq simlarga, elektr mashinasining kontaktlariga, 
    rubil’niklarga, saqlagichlar va kuchlanish manbaiga ulangan boshqa asboblarga 
    (ularning tok o’tkazuvchi qismlariga) tegib ketganda; 
    b) elektr qurilmalarining aslida kuchlanish ostida bo’lmagan, biroq himoya 
    qoplamasi buzilganligi natijasida kuchlanish ostida bo’lgan qismlariga tegib ketganda; 
    v) elektr qurilmasinint qismlari bo’lmagan, biroq tasodifan kuchlanish ostida 
    bo’lgan tok o’tkazuvchi narsalar (masalan, nam devor) ga tekkanda
    g) elektr tarmog’ining uzilgan simi yerga tegib qolgan joyga yaqinlashganda 
    kishini tok urishi mumkin. 
    Kishi organizmining biror qismi elektr tokiga tegsa, badanning ikki nuqtasidagi 
    potentsiallar bir-biridan farq qiladi. Elektr asbobdan ancha narida kishi organizmining 
    hamma nuqtalaridagi elektr potentsiali nolga teng bo’ladi. Ammo kishi elektr 
    potentsiali bo’lgan elektr asbobiga yaqinlashsa, u elektr maydoni ta’siridagi zonaga 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    1933 
    tushib qoladi, chunki kuchlanish ostida bo’lgan elektr asbobining qismlari atrofida 
    doimo elektr maydoni mavjud bo’ladi. Kishi organizmining tokka tekkan eng yaqin 
    nuqtasining potentsiali noldan farq qiladi, organizmning elektr potentsiali nolligacha 
    qoladi. Ana shunday vaqtda kishi organizmi ikki nuqtasining elektr potentsiallari bir-
    biridan farq qiladi. Bu holda kishi organizmidan tok o’tadi. 
    Kuchlanishli asbobga qancha yaqin borilsa, organizm ayrim nuqtalarining elektr 
    potentsiallari bir-biridan shuncha ko’p farq qiladi va organizm orqali shuncha ko’p tok 
    o ’tadi. Amalda ko’pchilik hollarda 127, 220 va 380 vol’tli elektr asboblari bilan 
    ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Aks holda ko’ngilsiz 
    hodisalar ro’y berishi mumkin. Statistika ma’lumotlariga ko’ra ko’pchilik baxtsiz 
    hodisalar past kuchlanishli elektr asboblariga to’g’ri keladi. Elektr tokidan 
    shikastlanishning oldini olish: Elektrdan shikastlanishning oldini olish uchun himoya 
    vositalari: rezina qo’lqoplar, rezina etiklar, rezina gilamchalar, himoyalovchi shlanglar 
    va boshqalar ishlatiladi. Elektr mantaj ishlarida ishlatiladigan metall dastali 
    asboblaming dastalariga himoyalovchi trubkalar kiydiriladi. Elektr tokidan 
    shikastlanishdan ogohlantirish uchun «Kirmang, hayot uchun xavfli», «Ulamang, 
    odamlar ishlashmoqda» deb yozib qo’yilgan plakatlardan foydalaniladi. 
    Plakatlar odatda elektr qurilmalari joylashgan binoning eshik va devorlariga, 
    elektr shchitlar, rubil’niklar, elektr uzatish liniyalarining tayanchlariga va boshqa 
    joylarga osib qo’yiladi. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
    1. Zaxidov I. Elektrotexnikadan texnika xavfsizligi qoidalari. Namangan, 2007. 
    2. Yo’ldoshev O’., Usmonov U., Qudratov O. Mehnatni muxofaza qilish. -T.:Mehnat, 
    2001. 
    3. Muratov S.N. Xirurgik kasalliklar va bemorlarni parvarish qilish. - Toshkent: 
    Meditsina,1989. 
    4. Raximov A. Umumiy elektrotexnika. -Toshkent: O’qituvchi, 1981. 

    Download 0,65 Mb.
    1   2




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrdan shikastlanish kuyish va unda birinchi

    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish