Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK




Download 1,54 Mb.
bet29/34
Sana02.01.2020
Hajmi1,54 Mb.
#8184
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Shisha elektrodi - bu universal elektrod. Uning yordamida ishqoriy muxitda xam pHni aniqlash mumkin. SHisha elektrodida metal plastinkasi o’rnida yupqa shar shaklidagi shisha membrana qo’llaniladi. SHisha yuqori elektr qarshilikka ega bo’lib, tok o’tkazadi. SHisha elektrodning ishlash mexanizmini tushuntirish uchun Nikolskiy ion almashtirish nazariyasini taklif etdi.

SHisha elektrodining asosiy qismi maxsus shishadan yasalgan yupqa devorli shisha sharchadir. Uning ichiga 0,1 n.xlorid kislota eritmasi yoki bufer eritma solinadi va unga kichik o’lchamdagi xlorkumush elektrodi tushiriladi (ichki elektrod). Bu ichki elektrod tok qaytaruvchi bo’lib xizmat qiladi. U elektronlarni eritma ichiga va undan qayta o’tkazadi. Ichki elektrod potentsiali ma’lum bo’ladi.

Elektrod eritmaga tushirilganda, elektrod shishasining sathi qatlamiga eritmadan vodorod ionlari jadal suratda kiraboshlaydi. Bu vaqtda shisha tarkibidagi ishqoriy metal ionlari, masalan: Na+ siqib chiqariladi.

H+eritma+HNa+shisha  H+shisha+HNa+eritma

Bunday almashini qobiliyati shishaning kimyoviy tarkibiga bog’liq. SHunday shisha yasalganki, sathidagi barcha ishqoriy metallar ioni qariyib, butkul vodorod ionlariga almashinadi (xatto eritmadagi vodorod ionlarining nixoyatda kam bo’lganda xam). H+ va Na+ ionlarining shisha va eritmadagi energetik xolatlari turlicha bo’lgani uchun H+ shisha va eritma orasidagi shunday joylashadiki, ularning sathi qarama-qarshi zaryadga ega bo’ladi. Natijada shisha va eritma orasida potentsiallar farqi vujudga keladi. Uning qiymati eritmadagi vodorod ionlarning aktivligiga bog’liq bo’ladi:





Binobarin, shisha elektrodi xuddi vodorod elektrodi kabi ishlaydi. Chunki uning potentsiali faqat vodorod ionlarning aktivligiga bog’liq.

Shisha elektrodining ion almashinish nazariyasi B.P.Nikolskiy va uning ilmiy maktabi tomonidan ishlandi:

Shisha elektrodining boshqa pH-indikator elektrodlardan afzalligi:



  1. Shisha elektrod potentsiali boshqa oksidlovchi, qaytaruvchilar borligiga bog’liq emas;

  2. O’lchashda eritmaga boshqa yot moddalar qo’shilmaydi; masalan: vodorod elektrodida vodorod vodorod yuboriladi, xingidron elektrodida xingidron kiritiladi;

  3. Elektrodni pHning keng oraliq qiymatida (1-13) qo’llash mumkin;

  4. U kimyoviy ta’sirga, jumladan “zaxarlovchi” iflosliklarga xam chidamli;

  5. Ishlashga qulay.



Download 1,54 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK

Download 1,54 Mb.