Elektrofiltrlar va ularni ishlash prinsipi. Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi Andijon mashinasozlik instituti




Download 71.58 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2024
Hajmi71.58 Kb.
#144664
  1   2   3
Bog'liq
Teshaboyev Rivojiddin tezis yangi maqola
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

Elektrofiltrlar va ularni ishlash prinsipi.
Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi
Andijon mashinasozlik instituti
Elektrofiltrlarda gazlarda qattiq va suyuq zarrachalardan tozalash elektr kuchlar ta’sirida amalga oshiriladi. Zarrachalarga elektr zaryad yuboriladi va ular elektr maydon ta’sirida gaz oqimidan cho‘ktiriladi. Rasm 1 da elektrofiltrni umumiy ko‘rinishi berilgan.
Elektrofiltrdagi chang tozalash jarayoni quyidagi boskichlardan iborat: gaz oqish bilan elektromaydon chang zarrachalari zaryad oladi zaryadlangan zarrachalar teskari belgili elektrodlarga boradi;

1-rasm Elektrofiltrlar
1- cho‘ktiruvchi elektrod, 2-tojli elektrod, 3-rama, 4-yuqori voltli izolyator (ximoyalagich), 5-siljituvchi qurilma, 6-yuqori kamera, 7- chang to‘plagich.
Bu elektrodlarga yopishadi elektorlarda cho‘ktirilgan chang tozalanadi. Zarrachalarni zaryadlash---elektrostatik cho‘ktirish jarayonini birinchi asosiy qadami. Sanoat gaz tozalashda ko‘pgina zarrachalar xosil bo‘lish jarayonida mavjud bo‘lgan bir qancha zaryadga ega bo‘ladi, lekin bu zaryadlar juda kichik va unumli tozalashni ta’minlab bera olmaydi. Amaliyotda zarrachalarni zaryadlash elektrofiltrni elektrodlari orasidan doimiy tok tojidan zarralarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Musbat va manfiy tojni ishlatish mumkin, lekin sanoat gaz tozalash uchun manfiy toj ma’qul, chunki stabilligi yuqori va kuchlanish va tokni katta ishchi miqdorlarini ishlatish imkoniyati yuqori. Havo tozalashda faqat musbat toj ma’qul chunki u kam ozon chiqaradi.
Elektrofiltrni asosiy elementlari –bu tojli va cho‘ktiruvchi elektrodlar. Birinchi elektrod oddiy xolatda plastinkalar orasidan yoki trubkadan o‘tgan sim, ikkinchisi tojli elektrodni atrofidagi trubka yoki plastini yuzasi ( rasm 2)
Tojli elektrodlarga yuqori kuchlanish 30...60kV li doimiy tok beriladi. Tojli elektrod odatda manfiy qutbga ega, cho‘ktiruvchi elektrod yerga ulangan. Bunday qutbda toj yanada ham mustahkam, manfiy ionlarni xarakati yuqori, musbatlarga nisbatan. Oxirgi sharoit chang zarrachalarni zaryadlash tezlanishiga bog‘liq.
Tarqatuvchi qurilmalardan so‘ng qayta ishlov gazlar tojli va cho‘ktiruvchi elektrodlar bilan yaratilgan, elektrodlararo oraliqlar deyilgan, o‘tishlarga tushadi. Tojli elektrodlardan tushgan elektronlar yuqori kuchlanganlik elektr maydonda tezlashadi va gaz molekulalarini ionizatsiyasi uchun yetarli bo‘lgan energiyaga ega bo‘ladi. Elektronlar bilan to‘qnashgan gaz molekulalari ionlashadi va teskari zaryadli elektrodlar tomoniga tez harakatlanadi, ular to‘qnashishi natijasida elektronlarni yangi porsiyalari paydo bo‘ladi. Natijada elektrodlar orasida elektr toki paydo bo‘ladi, kuchlanishni bir qancha miqdorida esa gazlarni ionlash jarayonini intensifitsirlovchi tojli razryad yaratilinadi. Ionlash zonasida harakatlanuvchi zarrachalar va o‘z yuzasida sorbsiyalanuvchi ionlar oxirida musbat yoki manfiy zaryadga ega bo‘lib, elektr kuchlar ta’sirida qarama qarshi elektrod tomoniga harakatlanadi. Zarrachalar yo‘lni birinchi 100....200mm da kuchli zaryadlanadi va tojni intensiv maydon ta’sirida yerga ulangan cho‘kma elektrodlarga boradi. Jarayon butunlay tez o‘tadi, zarrachalar cho‘kishiga bir qancha soniya kerak bo‘ladi. Zarrachalarni elektrodlardi to‘planishi bilan ularni silkitadi yoki tashlaydi.
Tojli razryad turli elektr maydonlariga tegishli. Ularni yaratish uchun elektrofiltrlarda nuqta turdagi –yuza, chiziq (ingichka sim )-yuza yoki silindr turdagi elektrodlar tizimi qo‘llaniladi.

2-rasm. Elektrodlarni konstruktiv sxemasi: a –trubkali elektrodli elektrofiltr. b – plastinali elektrodli elektrofiltr.Tojli elektrodlar; 2-cho‘ktirma elektrodlar.
Elektrofiltrni toj maydonida zarrachalar zaryadlanishi ikkita turli mexanizmlari ishlatiladi. Ionlar bilan zaryadlash yanada ham muhim bo‘lib, ular tashqi elektr maydon ta’sirida zarrachalarga qarab harakatlanadi.
Zaryadlanishni ikkilamchi jarayoni ionlarni diffuziyasi bilan shartlangan bo‘lib, uni tezligi elektr maydonga emas balki ionlarni issiq harakati energiyasiga bog‘liq. Maydonga zaryadlash 0,5mkm diffuziyali esa-0,2mkm dan kam bo‘lgan zarrachalar uchun, oraliq diapozonga (0,2....0,5 mkm)-ikkala mexanizm muhim.

Download 71.58 Kb.
  1   2   3




Download 71.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrofiltrlar va ularni ishlash prinsipi. Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi Andijon mashinasozlik instituti

Download 71.58 Kb.