|
Elektrofiltrlar va ularni ishlash prinsipi. Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi Andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 2/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 71,58 Kb. | | #144664 |
Bog'liq Teshaboyev Rivojiddin tezis yangi maqolat vaqt davomida zarra zaryadi quyidagi tenglama bilan aniqladi:
Amaliyotda maydon kuchlanganligi odatda 300...600 kV/m chegarasida bo‘ladi, lekin maxsus tizimlarda 1000kV/m dan ortib ketishi mumkin. Ion zichligi 1013...1014m-3 tegishli, lekin maxsus xolatlarda ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Zaryadlashni vaqt doimiysi t0=0,11s, bundagi nisbiy kichik ion zichligi 1013m-3 va 0,001s chaga kamayadi qachonki zichlikni yuqori miqdori 1015m-3 bo‘lganda. Zaryalashni to‘liq tugatish uchun agar vaqt 10.to qabul qilinsa, unda ionlar zichligi 1014m bo‘lib zaryadlash vaqti 0,1 s bo‘ladi. Bu vaqt cho‘ktirgichdagi gazni yo‘l uzunligiga to‘g‘ri kelib, 0,1...0,2m ga teng bo‘ladi. Demak zaryadlash elektrofiltrni kirishidan uzoq bo‘lmagan masofada amalga oshiriladi.
Toj xosil bo‘lgan maydon kuchlanganligi boshlang‘ich yoki kritik deyiladi. Uni miqdori qayta ishlov gazlar parametirlariga bog‘liq va standart sharoitlar uchun (15...20) kV/sm ga teng. Tojli razrayad xosil bo‘lgan elektrodlardagi kritik kuchlanishi Ukr ularni geometriyasiga bog‘liq . Berilgan kritik maydon kuchlanganligi E kr,V/m, bo‘yicha silindrik cho‘ktiruvchi va markazda joylashgan simli tojli elektrodlar tizimi uchun Ukr miqdori quyidagicha hisoblanadi.
U (1)
Plastinali cho‘ktiruvchi va simli tojli elektrodlar tizimi uchun quyidagicha:
(2)
Bu yerda R1, R2 - tojli va slindrik cho‘ktiruvchi elektrodlar radiuslari, m;
l1- toshli va plastinali cho‘ktiruvchi elektrodlar orasidagi masofa, m; l2 –qo‘shni toshli elektrodlar orasidagi masofa, m;
Odatda sanoat elektrofiltrlar uchun R1 miqdori quyidagicha 0.001...0.002 m, R1 va l1 -0.1....0.15 m Ukr=20…30kv
Zarrachalarni harakatlanish tezligi maydon kuchlanganligi ortishi bilan ortadi lekin, kuchlanishni ma’lum miqdorida elektrodlarda gazli oraliq ochiladi va yoy xosil bo‘ladi. Shuning uchun elektrodlardagi kuchlanishni optimal qiymati maksimal hisoblanadi.
Manfiy tojda gaz oraliqni elektr mustaxkamligi musbatga nisbatan yuqori bo‘lgani uchun tozalashni sanoat tizimlarida tojli elektrodga to‘g‘ri tokni manfiy kuchlanishi uzatiladi. Lekin manfiy tojda ko‘pgina azon hosil bo‘lib, u reaksiyalar yordamida yana atmosferani zaharlantiradi. Havoni ventilyatsiya va konditsionirlash tizimlari uchun elektrofiltrlar faqat musbat tojda ishlaydi.
Elektrofiltrlardagi dispersiya aralashmalardan gazlarni tozalash darajasi gazlar va zarrachalar hamma parametrlariga, apparatlarni konstruktiv xarakteristikalariga, ishlatish rejimlariga va boshqa qator faktorlarga bog‘liq. Dispersiya zarrachalar xossalaridan elektr qarshilikni (UES) ta’siri kuzatilib, uni optimal miqdori (106...109) Om.m oralig‘ida joylashgan. Pastomli zarrachalar elektr maydoniga oson zaryadlanadi, lekin qarama qarshi elektrodga yaqinlashganda qayta zaryadlanadi va ular orasida itarish kuchlar ta’sir qiladi. Bu xolat elektrodga joylashgan pastomli zarrachalarni yana bir bor olib ketishga sabab bo‘ladi. Yuqori om li changlarni tozalashda quyidagi jarayonlar xosil bo‘ladi elektrodlarga yopishib, ular elektr izolyatsion qavatni yaratadi. Jonsiz izolyasiya joyida maydon kuchlanganligi maksimal bo‘ladi. Bunda qarama qarshi tok yaratilinadi (“teskari toj”) va elektrofiltrni ishlashi birdaniga yomonlashadi.
Elektrofiltrda changni tozalash jarayoni ko‘p miqdorda changni elektr qarshiligiga bog‘liq. Chang qarshiligi qiymati bo‘yicha uchta guruxga bo‘linadi:
1.Kichik elektr qarshiligi bo‘lgan chang UES < 104Om.m. Bu chang cho‘ktirma elektrod bilan to‘qnashganda birdaniga zaryadini yo‘qotib, elektrod bo‘yicha zaryad oladi. Natijada zarra va elektrod orasida zarrani gaz oqimiga yo‘naltirgan itarish kuchi paydo bo‘ladi. Agar itarish kuchi muhitni qarshilik kuchini yengsa, unda zarralar yana qaytib ketadi va elektrofiltrda changni tozalash unumdorligi kamayib ketadi.
2.UES 104.... 1010Om.m chegarasida bo‘lgan changlar muammosiz elektrodlarga yopishadi va yo‘qoladi.
3.UES>1010Om.m katta bo‘lgan changlar. Bunday changlarni elektrofiltrda tozalash murakkab jarayon.
Elektrodlarda joylashgan zarralarni razryadkasi sekin bo‘lgani uchun shu elektrodda manfiy zaryadlangan zarrachalar qatlami to‘planadi. Qatlamni hosil bo‘lgan elektr maydoni zarrachalar cho‘ktirilishiga to‘siq bo‘ladi. Elektrofiltr effiktivligi kamayadi. Teskari toj xodisasi bo‘lishi mumkin, bunda elektrodlardagi kuchlanish kamayganda istemol tok ancha ko‘tariladi. Bunday guruxdagi changlar ko‘pincha elektrodlarda yo‘qolmaydigan mustahkam himoya qatlam yaratadi. Magnezit, gips, qo‘rg‘oshin va sinks RvO, ZnO oksidlari qo‘rg‘oshin sulfidi RS kabi changlar yuqori elektr qarshilikka ega. Chang UESini kamaytirish uchun gazga bir qator reagentlar qo‘shiladi, masalan, oltingugurt angdridi, ammiak, kalsiy va natriy xloridlari va boshqalar. shunday natijani gazga qora kuya yoki koks elektr o‘tkazuvchi zarrachalar qo‘shilganda beradi.
Bir qator changlarni yuqori qarshiligi changsiz oqimni 1300 S pastgacha sovutish yoki uni 3500 S yuqorigacha isitish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. zarrachalarni cho‘qish darajasiga ularni konsentratsiyasi va dispersiya tarkibi ta’sir qiladi. Elektrofiltr kirishida zarrachalar o‘z elektrostatik zaryadga bo‘lib, u ularni katta sonida (ya’ni yuqori xisobi konsentratsiyada) zarrachalarni cho‘kish parametrlarigi sezilarli ta’sir qiladi va apparatda tojni berk bo‘lib qolishigacha elektr maydon kuchlanganligini kamaytiradi. Nazariy jixatdan elektrofiltrlarda zarralarni eng kichik o‘lchami chegaralanmagan. Lekin amaliyotda ulardagi xamma zarrachalar to‘liq tozalanmaydi. Yuqori dispersli zarrachalarni ancha yuqori konsentratsiyasida (odatda submikrometrli diapazonda) xajmli elektr zaryad orqali tojni toki yo‘qoladi. Bu xolat ionlar konsentratsichsini kamaytiradi va zarralarni yetarli zaryadi ta’minlanmaydi.
Elektr maydonda zarrachalarni dreyf tezligi zarrachalar o‘lchamiga ancha miqdorda bog‘liq. Bu bog‘lanish murakkab xarakterga ega ya’ni turli o‘lchamli zarrachalarni xarakat mexanizmlarni farqi 0.1....0,3mkm dan kichik o‘lchamlar diapazonida elektr maydonlarda zarrrachalarni xarakat tezligi ularni kattalashishiga qarab kamayadi, 0,3 dan 20mkm diapazonda diametr ortishi bilan ortadi va keyin yana bir qanchaga kamayadi.
Gaz oqim parametrlardan tozalashga namlik va temperatura ancha ta’sir qiladi. temperatura kamayishi bilan gazlar yopishqoqligi kamayadi, natijada ular elektrodga xarakatlanayotgan zarrani xarakatiga kam qarshilik ko‘rsatadi. temperatura kamayishi bilan tojli zaryadni mustaxkamligi ortadi, natijada elektr maydonni yuqori kuchlanganligida ishlaydi.
Bundan tashqari qayta ishlov oqimni sovishi bilan uni nisbiy namligi ortadi, bu zarrachalarni UES ini kamayishiga olib keladi.
Amaliyotda elektro cho‘ktirish jarayoni bilan bog‘liq muxim faktor-bu gaz oqimni tezligi. Unga apparatda zarachalarni bo‘lish vaqti va gabaritlari bog‘liq. Gazni sekin xarakatida, gazni juda katta tezligida yoki yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda zarrachalar "qochib ketadi" Elektroddan ketgan zarralar manfiy toj xolatida emissiya natijasida musbat zaryadga ega bo‘ladi. bu zarrachalar qayta zaryadlanmaydigan yoki qisman qayta zaryadlanadi. Xar qanday xolatda elektrofiltrdan zarrachalar chiqib ketadi, natijada tozalash effekti kamayadi. Oqim tezliklari (1...1,5)m/s dan ortiq bo‘lganda elektrodlardan ikkinchi bor zarralar ketadi. Bu xolatda apparat kesimiga nisbatan oqimni bir xil tarqalishi ta’minlanadi va elektrodlararo oraliqlardagi lokal tezliklar o‘rtacha tezliklardan xech qancha farq qilmaydi.
Gazlarni qayta ishlash effektivligiga elektrofiltrlarni u yoki bu turlarini konstruktiv xususiyatlari ta’sir qiladi. Elektrofiltrlar razryadka va ortiq bosim ta’sirida ishlaydi. Elektrofiltrlar qo‘llanilgan chang tozalash tizimini butunlay avtomatlashtirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektrofiltrlar va ularni ishlash prinsipi. Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi Andijon mashinasozlik instituti
|