• 1931 – yilda
  • Elektromagnit induksiya hodisasi




    Download 160.5 Kb.
    bet1/8
    Sana14.06.2023
    Hajmi160.5 Kb.
    #72769
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elektromagnit induksiya hodisasi
    3 mi, Wordda jadval yaratish, Kasb-hunar maktabi, Ариза прокурорга, avtoreferat islamova.охиргиси исправленный

    Elektromagnit induksiya hodisasi


    Reja:
    1. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey ishlari.
    2. O`zinduksiya hodisasi
    3. O`zaro induksiya

    Daniyalik fizik Ersted 1820-yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan keyin, ingliz fizigi Faradey bu kashfiyot bilan tanishgan va shunday xulosaga keladi:madomiki, berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok hosil qilish kerak va bu hodisaning to`g`riligini Faradey 1931 – yilda ko`p tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda sim o`ramli g`altak va galvonometrdan iborat berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida o`zgaruvchan magnit maydonda turganida konturlargatok hosil bo`lishi aniqlandi.


    Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`lgan tok induksion tok, hodisaning o`zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurituvchi kuch induksion elektr yurituvchi kuch (induksiya – EYUK) deb ataladi.
    Endi biz Faradeyning tok hosil bo`lishining shartlarini aniqlashga doir tajribalarni ko`rib chiqamiz.
    1 .Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturga tok induksionallanadi, magnit g`altakka yaqinlashtirilganda yoki magnit g`altakka yaqinlashtirilganda ham galvonometr strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g`altakdan uzoqlashtirsak yoki g`altakni magnitdan uzoqlashtirsak (magnit oqimi kamayib boradi) strelka boshqa tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tok yunalishi oldingi holatdan o`zgaradi. Buni 1- “a” va “b” rasmlardan ham

    Г Г



    А)

    Г Г
    Б)




    Demak, magnit induksion oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan.
    Magnit qancha kuchli , uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim o`ramlari soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha induksion tokning kuchi ham shuncha katta bo`ladi. Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak ham magnit qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, berk konturda induksion tokni hosil qilsh uchun birgina magnit mavjud bo`lishigina etarli bo`lmay, balki magnit maydon o`zgarishi kerak ekan.

    Download 160.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 160.5 Kb.