|
Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja
|
bet | 2/4 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 18,85 Kb. | | #141344 |
Bog'liq Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja-fayllar.org2. Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: · xarid uchun
elektron to‘lov (pullarni electron
o‘tkazmasi, kredit kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan
foydalangan holda); · xaridorga mahsulotni yetkazib berish, jumladan
jismoniy shaxslarga tovarlar yetkazib berishni boshqaruvi hamda
uning nazorati, shuningdek, elektron usulda tarqatilishi mumkin
bo‘lgan tovarlarni bevosita yetkazib berish; · mustaqil amal qiladigan
firmalar uchun qulay bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarni taqdim etish
imkoniyatini olish uchun mustaqil kompaniyalar guruhidan iborat
virtual korxonani tashkil qilish; · ishlab chiqaruvchi – firma va uning
savdo hamkorlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan mustaqil
biznes-jarayonlar realizatsiyasi. Biznes-jarayon – bu ma’lum bir
tashkiliy tuzilma doirasida kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik)
maqsadi amalga oshirishga yordam beradigan o‘zaro bog‘langan
operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tuzilmaviy bo‘linmalar funksiyalari
hamda ularning o‘zaro aloqalari oldindan aniq belgilangan va qat’iy
tasdiqlangan. Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan
faoliyat sohalari ham turlicha. Elektron biznes amalga oshirilishi
mumkin bo‘lgan faoliyatning asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
· elektron marketing (Internet-marketing); · elektron magazinlarni
tashkil qilishni moliyalashtirish, shuningdek, ularni sug‘urta qilish;
· buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes
operatsiyalari; · bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki
xizmatni birgalikda ishlab chiqish; · mahsulotni birgalikda ishlab
chiqarishni tashkil qilish; · biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona,
ruxsatlar, konsessiyalar va · transport xizmatlari, yuk tashish
texnikasi va ta’minot usullari.
Elektron biznesning ilmiy asoslangan va samarali amal qiladigan
tizimi muayyan shartlarga javob beradigan asosiy elementlar
tanlanishini ko‘zda tutadi. Elektron biznes tizimining asosiy
elementlarini ikkita katta va mustaqil guruhga bo‘lish maqsadga
muvofiq. Elementlarning birinchi guruhiga elektron biznes tizimi
infratuzilmasining barcha komponentlar
kiradi, ikkinchisiga esa – uni amalga oshirish tashkiliy shakllarining
turlari kiradi. Birinchi guruhning asosiy elementlariga electron
biznes tizimi infratuzilmasining asosini tashkil qiladiganlar kiradi.
Ushbu elementlar an’anaviy magazinlardagi elementlardan katta farq
qiladi. Farq elementlarning tarkibida hamda mazmunida namoyon bo‘ladi.
Elektron biznes tizimi savdoning an’anaviy (oddiy) turidan katta farq
qiladi, chunki ushbu savdo bo‘lib o‘tadigan biznes muhiti tubdan 37
o‘zgaradi. Elektron biznesdan foydalanish an’anaviy muhitda avval
qo‘llanmagan komponentlarni ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi.
Elektron biznes tizimlarini tashkil qilish va amal qilishiga
bag‘ishlangan maqolalar soni ko‘p. Zamonaviy adabiyotda electron
biznes tizimlarini loyihalashtirishning turli muammolari yoritilgan
bo‘lishiga qaramay, uning infratuzilmasi elementlari to‘liq ochib
berilmagan. Bu esa mahalliy bizneschilarga Internet tarmog‘idan
foydalangan holda o‘z biznesini tashkil qilishni ancha
murakkablashtiradi. Infratuzilma elementlarini to‘liq
klassifikatsiyasini keltiram.
|
| |