Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari




Download 18,85 Kb.
bet4/4
Sana19.01.2024
Hajmi18,85 Kb.
#141344
1   2   3   4
Bog'liq
Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja-fayllar.org

4. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari
An’anaviy tushunchada “magazin” deganda sotish va sotib olish
jarayoni ro‘y beradigan joy tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u
yerda xaridor tovarlar ro‘yxati bilan tanishadi, uning tavsifini
o‘rganadi, tanlaydi, buyurtma beradi va oldindan band qilib, to‘lab
qo‘yadi. Aksariyat holatlarda esa, tovarning qo‘ldan qo‘lga o‘tish
holati kuzatiladi. Elektron magazindan foydalanganda esa tovar xarid
qilinishi bilan uning qo‘ldan qo‘lga o‘tish ehtimolligi sezilarli
kamayadi. Bunga sabab esa, xaridorga tovarni yetkazib berish uchun
mu’lum vaqt ketishidir. Elektron biznesning vazifasi sherik
kompaniyalar bilan bir qatorda, yakka tartibdgi xaridorlarga ham ikki
tomonlama samarali savdo aloqalarini yaratib berishdan iborat.
Forester Research kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, elektron biznes aylanmasining qariyb 85 foizi
sherik kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Bu kabi savdolarning hajmi sanoat va moliya kabi sohalarga
nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Xususan, savdo hajmining
taxminan 50 foizi sanoat ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelsa,
moliya sektoriga bor-yo‘g‘i 27 foizi to‘g‘ri keladi, xolos.
“Datamonitor” kompaniyasi tomonidan qilingan oxirgi tadqiqotlarga
ko‘ra, kompaniyalar o‘rtasida savdo qilish uchun elektron biznes
tizimini yo‘lga qo‘- yish 5 ming AQSh dollaridan 2 mln dollargacha
mablag‘ talab qiladi. Elektron biznesni amalga oshishining beshta
asosiy sohasini ko‘rishimiz mumkin: Birinchi soha – salohiyatli
mijozga Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan vositalar orqali tovar
taklif qilish. An’anaviy usulda savdo qilish jarayonida xaridor
tovarning bahosini savdolashishi, sotuvchi bilan maslahatlashishi,
tovarni sotib olishga qaror qilishi yoki undan voz kechishi mumkin.
Internet tarmog‘ida salohiyatli mijozlarga multimedianing barcha
imkoniyatlari yaratib beriladi. Aniqroq qilib aytganda, tovarni uch
o‘lchamli fazoda ko‘ra olishi, maxsus tayyorlangan ovozli,
animatsiyali videoroliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi soha – tovar sotib olishni bevosita amalga oshirilishi. Shu
bilan birga, tez va ozmi-ko‘pmi xavfsizdir. Tovarni sotib olish uchun
buyurtma, elektron pochta orqali xabar yuborilishi bilan tasdiqlanishi
zarur. Uchinchi soha – sotishdan keyin qo‘llab-quvvatlash. Bu
mijozga tovarni sotib olishni rasmiylashtirayotganida taklif qilinib,
keyinchalik tovardan foydalanish davomida ham amalda bo‘ladi.
Bunda mijozga sotuvchi kompaniya bilan elektron pochta yoki web-
saytda aloqa qilish im-koniyati yaratib berilib, agar qandaydir
muammolar yuzaga kelsa, mijoz norozilik bildirishi ham mumkin
bo‘ladi. To‘rtinchi soha – Mijozlarning ma’lum magazinlar yoki ba’zi
markalar uchun yetakchiligiga alohida e’tibor qaratish. Elektron
magazinlarning savdo hajmi, odatda, uning doimiy mijozlari miqdori
bilan aniqlanadi. Bunda, ushbu elektron magazin bitta doimiy mijozni
saqlab turish uchun 30$ dan 200$ va undan ko‘p xarajat qiladi.
Beshinchi soha – elektron magazinga e’tiborni qaratish va saqlab
turish maqsadida qilinadigan reklamadir. Internet tarmog‘ida
reklamaga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Uning maqsadi, keng
ommaga mo‘ljallanganligi, o‘zgaruvchan, interfaol va o‘ziga jalb
qilishdan iborat. Reklamaning yuqorida aytib o‘tilgan talablarga javob
berishini ta’minlash maqsadida Java-animatsiya, DHTML, VRML va
boshqa shu kabi vositalar ishlab chiqilgan.
http://fayllar.org
Download 18,85 Kb.
1   2   3   4




Download 18,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari

Download 18,85 Kb.