Elektron biznes tizimi infratuzilmasining




Download 18,85 Kb.
bet3/4
Sana19.01.2024
Hajmi18,85 Kb.
#141344
1   2   3   4
Bog'liq
Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja-fayllar.org

3.Elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosiy elementlari quyidagilardir: 1) maxsus dasturiy ta’minot; 2)
ma’lumotlar bazalari va ilovalarni boshqarish tizimi; 3)
telekommunikatsiya va aloqa; 4) tovarlar va xizmatlar oldi-
sotdisining xavfsizligini ta’minlaydigan tizim; 5) yuridik, huquqiy
ta’minot; 6) virtual bank tizimi; 7) maxsus to‘lov tizimlari; 8)
avtomatlashtirilgan ombor xo‘jaligi; 9) tovarlarni yetkazish va xizmat
ko‘rsatish tizimi; 10) moliyaviy institutlar (brokerlik va boshqa
idoralar); 11) soliq solish va bojxona ta’riflari tizimi; 12) marketing
tizimi: bannerli reklama, sotuvlar bo‘limi, web-sahifalar dizayni
bo‘limi, narxlarni shakllantirish bo‘limi. Elektron biznes tizimi
infratuzilmasining eng muhim komponentlariga sharh beramiz.
Elektron biznes modelining uchinchi ko‘rinishi biznes-administratsiya
– firmalar va davlat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan barcha
kelishuvlarni o‘z ichiga oladi. Masalan AQShda hukumat
rejalashtirayotgan taxminiy xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumot Internet
tarmog‘ida e’lon qilinadi. Shunga ko‘ra, har qanday kompaniya o‘z
takliflarini elektron ko‘- rinishda jo‘natishi mumkin. E’longa
qo‘shimcha ravishda, boshqaruv organlari bo‘ladigan savdo-sotiq
jarayoni uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini sotuvchiga qaytarish
kabi imkoniyatlarni ham taklif qilishlari mumkin. Elektron biznes
tashkil qilishning ushbu modeli hozirda boshlang‘ich ri-vojlanish
davrida turibdi. Elektron biznes tizimini qo‘llashni tashkil qilishning
keyingi modeli iste’molchi-administratsiya bo‘lib, u hozirgi kunda
ishlab chiqilmoqda va bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol
bo‘la oladi. Qo‘shimcha, iste’molchi-iste’molchi modeli (Consumer-
to-Consumer, C2C) bir web-saytga tashrif buyurishlari
umumiylashgan holda, iste’molchilarning bir-biri bilan bo‘ladigan
muomalalarini o‘zida aks ettiruvchi bo‘limdir. Elektron biznesning bu
sohasiga har qanday elektron magazinlarni kiritish mumkin. Biror
web-sayt doirasida qiziqishlari bir xil bo‘lgan foydalanuvchilar
jamiyati vujudga keladi. Misol tariqasida bunday barqaror jamiyatlar
sarasiga elektron kimoshdi savdolarini kiritishimiz mumkin. Ular sifat
va son tarkibi bo‘yicha oldindan aniq bo‘lgan juda yaxshi reklama
maydoniga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar,
odatda, o‘z qiziqishlariga ko‘ra aniq guruhlarga ajraladilar; kimdir
avtomobil kimoshdi savdosiga, kimdir esa kitoblarning kimoshdi
savdolariga ko‘proq qiziqadilar. Elektron biznes soha mutaxassislari
fikrlariga ko‘ra aniq va doimiy salohiyatli xaridorlarni o‘z atrofida
jamlagan saytlardagi reklamalar samaradorligi boshqalarga nisbatan
ancha yuqori. O‘zbekistonda elektron biznes hali Internet orqali
amalga oshiriladigan oldi-sotdi harakatlari hamda ishbilarmon
bitimlar imzolashning keng tarqalgan shakliga aylanganicha yo‘q
Bugungi kunda O‘zbekiston elektron biznes tizimi infratuzilmasi
elementlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish borasida
rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolmoqda.
Milliy iqtisodiyotning yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli
O‘zbekiston jahonda yangi iqtisodiy tartibni shakllantirishda juda kam
ishtirok etmoqda. Uning asosini esa eng yangi axborot
texnologiyalari, global telekommunikatsiya tarmog‘i tashkil qiladi.
So‘nggi yillarda elektron aloqa sohasida texnologik revolutsiya ro‘y
berdi. Elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimlari tez rivojlandi,
jumladan EDIFAKT standartlaridan, elektron pochtasi va Internetdan
foydalanish asosida elektron to‘lov tizimlari ishga tushdi.
O‘zbekistonda 2007-yildan boshlab ishlay boshladi. Bu tizimdan
foydalanuvchi davlatlar AQSh, Kanada, Yevropa, Rossiya, Ukraina
va O‘zbekistondir. Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab
chiqish hamda undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash
Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron biznes tizimi
modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish; – Internet
tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning tashkiliy-
iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi; – elektron
biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini asoslab
berish; – elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan, uni
prinsipial xususiyatlarining klassifikatsiyasi; – elektron biznes tizimi
asosiy elementlari tarkibini asoslash; – elektron magazinni tashkil
qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni ifodalash; – elektron biznes
tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar bahosi hamda
ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; –
elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tashkiliy-
iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash; – elektron magazinni tashkil
qilish uchun maqsadga muvofiq dasturiy vositani tanlovini asoslash
bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish. Ushbu metodika an’anaviy
bir maqsadli yondashuv asosida emas, mazkur vazifani yechishga
ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida amalga oshiriladi
hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’- minlaydi; –
elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan
umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish; – ishlab chiqaruvchi –
firmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy afzalliklarning majmuyini
aniqlash. Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda
O‘zbekistonda bir qator muammolar mavjud. Bular: – respublika
to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uyg‘unlikda qo‘llash
bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi; – elektron biznes tizimlarining
zamonaviy infratuzilmasini yaratishda davlat tomonidan kerakli va
keng miqyosdagi qo‘llab-quvvatlashning cheklanganligi; – electron
biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot almashish xavfsizligini
yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi. – intellektual
mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’minlash muammosi
hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tarqatilishi mumkin
bo‘lgan tovarlarga tegishlidir; – ochiq tarmoqlarda elektron biznesni
amalga oshirishni kerakli maxfiyligi hamda xavfsizligini
kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi; –
elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali
mutaxassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida
biznes sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib
borishning an’- anaviy shakllariga mo‘ljallangan); – elektron biznes
qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchilik qismi talablariga
javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan narxlar tizimiga
tayanmasligi; – elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro
munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy bazaning
nomukammalligi; – Internet-kompaniyalari (jumladan electron
magazinlar) ni tashkil qilish va amal qilishining iqtisodiy
samaradorligini to‘g‘ri baholashga xizmat qiladigan maxsus
metodikalar yo‘qligi; – elektron biznes tizimlarini sur’atlari yuqori
bo‘lmagani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil
qilish imkoniyati cheklanganligi. Yuqorida qayd etilgan
muammolardan ba’zilarini global va davlat miqyosida hal qilish
mumkin.

Download 18,85 Kb.
1   2   3   4




Download 18,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron biznes tizimi infratuzilmasining

Download 18,85 Kb.