|
Elektron hukumat tizimida virtual reallik tushunchasi Erkinov Quvonchbek
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,79 Mb. | | #231017 |
Bog'liq Elektron hukumat tizimida virtual reallik tushunchasi Erkinov Quvonchbek Reja : - Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari
- Virtual texnologiyalar va ular bilan ishlash
- Virtual reallik tushunchasi
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar o‘rtasida elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga yo‘anltirilgan tashkiliyhuquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi. elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliyhuquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi; davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
Qoshimcha malumotlar - so‘rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida davlat organlariga yuboriladigan talabi; ariza beruvchi — davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs; idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari o‘rtasida axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish; elektron hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar; elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; elektron davlat xizmati — axborotkommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. Elektron hukumatni turlicha ta’riflash mumkin. Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko‘rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo‘llash ko‘rinishida belgilanishi mumkin. Shuningdek, elektron hukumatni ― davlat oganlari ko‘rsatayotgan hizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham o‘rinlidir. Bundan tashqari, elektron hukumatni AKTni ko‘llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimi deb ta’riflash mumkin. E-xizmatlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida nafaqat shu tashkilotning, balki butun mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlar orqali umumlashtirsa bo‘ladi. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi: 1. AKT dan foydalanish (kompyutertarmoqlari, internet, faks va telefon); 2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, ma’muriy boshqaruv); 3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlarga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish); 2 4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarnin gtegishli jarayonlarda qatnashish faolligini belgilash.
|
| |