|
Elektron hukumat tizimida virtual reallik tushunchasi Erkinov Quvonchbek
|
bet | 3/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,79 Mb. | | #231017 |
Bog'liq Elektron hukumat tizimida virtual reallik tushunchasiMalumotlar - Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda. Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va muassasalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
- “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi - Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni ta’minlaydi.
- Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
-
2020 yil bo‘yicha hududlarning raqamli rivojlanish darajasi baholanishi - “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarda raqamli transformatsiya holatini baholash maqsadida hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reytingli baholash metodikasi ishlab chiqildi va bu bilan hududlarda raqamlashtirish holatini diagnostika qilish imkoni yaratildi. Reytingli baholash metodikasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan dunyo davlatlarida axborot texnologiyalari rivojlanish va elektron hukumatni joriy etishni baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qabul qilindi.
- Reytingli baholash tartibi 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan iborat:
- “Raqamli infratuzilma” (35 ball) – aholi punktlarining Internet, mobil aloqa, “Wi-Fi” nuqtalari va boshqalar bilan qamrab olinganligi baholanadi;
- “Raqamli iqtisodiyot” (25 ball) – elektron schet-fakturadan va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan samarali foydalanish, mahalliy IT-xizmatlar bozori holati, elektr va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va boshqalar baholanadi.
- “Ijtimoiy sohani raqamlashtirish” (20 ball) – ijtimoiy muassasalar (bolalar bog‘chasi, maktablar, poliklinikalar)da Internetdan foydalanish holatini, hamda ta’lim va boshqa tizim hamda dasturiy mahsulotlarni joriy etish holatini baholash.
- “Raqamli ta’lim” (20 ball) – maktablarni yo‘nalish bo‘yicha diplomga ega informatika o‘qituvchilari bilan hamda o‘quvchilarning “Bir million dasturchi” dasturi bo‘yicha qamrab olinganligi, aholining IT-sektorida bandligi, IT-o‘quv markazlarining va boshqalar.
|
| |