• «Elektron xukumat» loyixasining qimmatliligi Davlat xizmatini isloh etishdagi faktorlar
  • Elektron hukumat




    Download 31,35 Kb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi31,35 Kb.
    #111088
    Bog'liq
    Axborot


    8-Ma’ruza: “elektron hukumat” tizimini rivojlanish davlatning asosiy vazifalari reja: “Elektron hukumat” tizimi «Elektron xukumat»

    8-Ma’ruza: “ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINI RIVOJLANISH DAVLATNING ASOSIY VAZIFALARI


    Reja:
    1. Elektron hukumat” tizimi




    2. «Elektron xukumat» loyixasining qimmatliligi


    3. Davlat xizmatini isloh etishdagi faktorlar


    4. Hukumat va Jamoatchilik uchun afzalliklari

    Ijtimoiy davlatning shakllanishi va rivojlanishidagi dunyoviy tajriba shundan dalolat beradiki, uning asosiy ko‘rsatkichlari shaxs va hukumatning begonaligini bartaraf etish, hukumatning demokratligi va ochiqligi tamoyillari asosida davlatni jamiyatning ijtimoiy javobgar vositasiga aylantirish, barcha aholi qatlamlari ehtiyojlarini qondiruvchi izchil siysiy siyosatni olib boruvchi, ijtimoiy odilonalik, kelishuv va o‘zaro foydali hamkorlikda namoyon bo‘ladi.



    Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni amalda shakllantirish maqsadida davlat va jamiyat o‘rtasida doimiy munosabatni ta’minlash lozim, chunki demokratik boshqaruv tizimi o‘z faoliyatida shaffoflik tamiyillarini chetlab o‘tgan xolda ochiqliklik jarayonisiz faoliyat yurita olmaydi.
    Davlat xizmatchilari bunday o‘zaro munosabatlarni ma’muriy amallarni bajarishning eng sodda tizimi bo‘lganda amalga oshirishi mumkin, chunki davlat xizmati axoliga mumkin qadar yaqin bo‘lishi kerak. Extiyojni ta’minlash uchun katta tezlik, muvofiqlik, samaradorlik va xarakatchanlik, xamda uning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlar texnologiyasi yaratilgan bo‘lishi zarur.
    Jamiyat bilan davlat xizmati o‘rtasidagi muloqot – demokratik davlat qurishning asosi xisoblanadi. Butun jaxon zamonaviy davlat boshqaruv organlari shuni kengroq anglamoqdaki, ular tuzilmasi faoliyatining samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kutilayotgan ehtiyoj va axolining fikriga bog‘liq. Extiyoj, kutilayotgan natija va axoli fikriga nisbatan e’tibor doimiy ravishda kechadi, lekin turli darajada va turli usulda amalga oshiriladi, uch model asosda jamiyat bilan ish olib boruvchi tanlangan tashkilotning olib borgan ishiga qarabturli natijalarga erishiladi.
    Birinchi model bir tomonlama tashkilot faoliyati xaqidagi ma’lumotni jamiyatga etkazadi. Biz bugungi kunda shuning guvoxi bo‘lmoqdamizki, davlat boshqaruvi va organlari qanday tartibda axborot xizmatlarini, jamiyat bilan aloqa bo‘limlarini ochmoqdaki, ommaviy axborot vositalari orqali tashkilot faoliyati xaqidagi xaqqoniy ma’lumotlarni tarqatib bormoqda. Ma’lumotni bir tomonlama tarqatilishi evaziga (tashkilotdan – jamiyatga) bumodel, «asimmetrik» deb nomlanadi, va asosan tashviqotchilik usullari yordamida va o‘zining ijobiy fazilatlari va faoliyati xaqidagi ma’lumotlarni tarqatadi.
    Ikkinchi model o‘zi xaqidagi ijobiy ma’lumotlarni tarqatadi va tashkilotning foydali qarorlar qabul qilishida jamoatchilik fikriga strategik jijatdan yondoshadi. Bu model, «ikki tomonlama asimmetrik» deb nomlanadi, chunki xar ikki tomondan ta’sir o‘tkaziladi, natijada u yoki bu ta’sir qabul qilinadi. Bunda jamiyat bilan o‘zaro munosabatda bo‘layotgan korxonaga samara kelish kelmasligi asosiy e’tiborda bo‘ladi. Davlat boshqaruvi va organlari faoliyatida bumodel bizning mamlakatimizda ayniqsa saylov kompaniyalari jarayonida va ommaviy bo‘lmagan qarorlarni qabul qilishda keng foydalaniladi.
    Uchinchi model, «ikki tomonlama simmetrik» tashkilot va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni oldini olish uchun tashkilot tomonidan o‘zining faoliyati xaqidagi ma’lumotni ag‘oliga muntazam ravishda etkazishga asoslangan faoliyat.
    Lekin uchinchi model boshqaruv organlari faoliyatini jamoa fikri, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan xolda muntazam ravishda boshqaruvni moslab boradi.
    Bumodel yuqori darajada demokratik davlat talablariga javob beradi, bu modelda jamoa qisman boshqaruv jarayonida ishtirok etadi.
    Davlat boshqaruv organlarining va maxalliy o‘z-o‘zini boshqaruvning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarida «ikki tomonlama simmetrik» xizmat modelidan foydalanishdan maqsad o‘zaro ma’qul qarorlarni qabul qilish va o‘z vaqtida moslash orqali rivojlanishga daxldor barcha jamoani o‘zaro munosabatlarini ta’minlashdan iborat.
    Davlat xizmatining jamiyat bilan o‘zaro muloqoti bir qator qoidalarga asoslanadi. Muximlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyatni doimo va muntazam ravishda olib borilayotgan siyosat xaqida xabardor qilib borish lozim, chunki bu ma’lumot xar bir fuqaroga etib borsin; jamiyat bilan aloqada bo‘layotgan tadbirlar tuzilmasi yagona tadbirlardan iborat bo‘lmasligi kerak, aksincha bir necha o‘zaro kelishilgan tadbirlardan iborat bo‘lishi kerak; ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi talab etilishi lozim; jamiyat uchun yo‘natilayotgan ma’lumot soda va tushunarli shaklda bo‘lishi kerak; jamiyat bilan bo‘layotgan aloqa yuqori etika darajasida bo‘lishi va salbiy bo‘lmasligi kerak.
    Axoli ehtiyojlari va talablari asosida qabul qilingan boshqaruv qarorlari yuqori natijalarni beradi, shuning uchun xam muntazam ravishda fuqarolar «e’tirozlar kuni», «g‘oyalar kuni», «takliflar kuni» o‘tkazilishini taqozo etadi.
    Davlat xizmatchilari tuzilmasiga ishonchni shakllantirish maqsadida muammoni ochiq muxokamasida izchil ishtirok etish lozim.
    Davlat hukumat organlari madaniyati faqat ichki «raxbar – xizmatchi», «xizmatchi – xizmatchi» munosabatlar bilangina cheklanmay, balki «mijoz» ga, ya’ni fuqaroga xam daxldordir.
    Shuni e’tiborda tutish kerakki, inson aql va mantiqqonuniyati bilan yashamaydi. Xar bir insonda bir qator xususiyat mavjudki, ular insonning ma’lumotlarni qabul qilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni inson nimani eshitgisi, ko‘rgisi kelsa va nimani xis etishni xoxlasa shuni qiladi. SHuning uchun ham jamiyat bilan aloqani inson xususiyatlarini o‘zgartira oladigan etuk mutaxassislar amalga oshirishi maqsadga muvofiq. Lekin ular bu ishni yuqori darajadagi ma’naviy ma’suliyat bilan amalga oshirishlari lozim. Davlat xukumati va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishda rioya etilishi lozim bo‘lgan yuqorida keltirilgan qoidalarni amalga oshirilishi fuqarolarning ongini oshirishda va axolida maxalliy o‘z-o‘zini boshqarish muammolariga izchil qiziqishini uyg‘otadi.
    Jamoatchilikning maxalliy boshqaruv ishlariga qiziqishini oshib borishi xukumatni bir gurux kishilar qo‘lida bo‘lib qolish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi va saylangan ma’muriyat xodimlarini yuklangan vazifalarni ma’suliyat bilan bajarishlariga yordam beradi.
    Fukarolar o‘zlarining fikrlarini ma’lum chegara doirasida boshqa fuqarolarga zarar etkazmagan xolda, milliy xavfsizlikka yoki jamoat tartibiga xavf tug‘dirmagan xolda ommaviy tarzda ifoda qilish xuquqlariga ega bo‘lishi lozim.
    Ochiq xaqiqat shundan dalolat beradiki, demokratik jamiyat qurishda ijtimoiy boshqarish jarayonlarida axborotning axamiyati oshib bormoqda va davlat organlaridan keng doirada ochiqlik, fuqarolar tomonidan tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida jamoatchilik bilan uzviy muloqotda bo‘lish va axborot boshqaruv siyosatida ob’ekt va sub’ektlar barcha munosabatlarida muvozanatni ta’minlashni talab etadi.
    Demokratiya – davlatni xalq ishi bilan qonuniy boshqarish shakli deb yuritilayotgan formula tarzida qaralsa, davlat barcha xalqqa tegishli va u tomonidan amalga oshiriladi, go‘yoki davlatda xech qanday qiziqish yo‘q, qiziqish faqat xalqda bo‘lib, xukumat faqat uni amalga oshiruvchi mexanizmi xisoblanadi.
    Masalaning bu tarzda qo‘yilishi axborot jamiyatini qurish jarayonida keng ma’noda dolzarb xisoblanib, «elektron xukumat» ning shakllanishi muximligi va muqarrarligidan dalolat beradi.
    Elektron xukumat deganda davlat xukumati organlari oldida turgan vazifalarni echish usullarini o‘zgartirish uchun yaratilayotgan axborot tuzilmasi tushuniladi.
    Agar avvallari davlat sektorlari axborot texnologiyalarini aloxida departament va tashkilotlarda ichki foydalanish uchun qo‘llasa, endilikda axborot texnologiyalari elektron asrda qimmatga ega bo‘lib, «tezkor, yaxshi, arzon, murojaat mumkin bo‘lgan» tamoyillariga asoslangan xolda faoliyat yuritadi, keng omma ehtiyoji yoki qiziqishigaqarab xizmat ko‘rsatuvchi davlat xizmati shaklida ishlaydi.
    Shunday qilib «elektron xukumat» o‘z faoliyati maqsadi sifatida xukumatga qaratilgan asosiy e’tiborni endilikda fuqarolarni talab va muammolarini echishga qaratishda deb xisoblaydi.
    Amalda bu quyidagicha ifodalanadi, fuqaro ma’lumotnomani va boshqa xujjatlarni bir tashkilotdan boshqasiga olib borib o‘tirmaydi, bu yo shaxsiy xuquqlarini rasmiylashtirish yoki biron bir ro‘yxatdan shtish bo‘lsin u oddiy davlat organlariga murojaat qiladi, kelgusi barcha xujjat va ma’lumotlar almashinuvi uning ishtirokisiz belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
    Bunday davlat xizmatini o‘tovchi sifatida «elektron xukumat» qaraladi.
    «Elektron xukumat» loyixasining qimmatliligi sarf xarajatlarni kamayishi, fuqarolarning qimmatli vaqtini, tadbirkorlarning vaqti va vositalarini, jamiyat tizimiga keltirayotgan qo‘shimcha narxni tejashida namoyon bo‘ladi.
    Bir qator dunyo mamlakatlarida axborot jamiyatining shakllanishi, bu yo‘nalishda davlat xizmati faoliyatida yangi texnologiyalarni rivojlanishida va amalda tadbiq etilishida o‘z aksini topmoqda.
    Bu muammo bizning mamlakatimiz uchun juda dolzarb, chunki davlatni mukammal tashkil etilmaganligi juda qimmatga tushmoqda.
    Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar va ekspertlar baxolashiga ko‘ra fuqarolarning yillik davlat xizmatlariga bo‘lgan murojaatlari yarim mlrd. inson-soatni tashkil etadi. Fuqarolarning murojaatlarini qayta ishlash uchun 100 minga yaqin davlat xizmatchilari shug‘ullanadilar, o‘z-o‘zidan ularning vaqt xarajatlari umumiy foydali mexnat vaqtidan olib tashlanadi. Bundan tashqari odatiy xolda (fuqaro va davlat xizmatchisi bevosita bog‘lanishida) barcha ma’lumotlar almashinuvida u yoki bu xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Muxim jixatlari yana shundaki, meyoriy xujjatni ishlab chiqish va qabul qilishdan uni respublika miqyosida amalda joriy etilishiga qadar o‘rta xisobda ikki yil o‘tadi.
    Shuning uchun xam bugungi kunda xar qachongiga ko‘ra ijtimoiy jarayonlarni tashkil etuvchi asosiy faktor sifatida davlatning axamiyati birinchi darajali deb qaraladi. SHundan kelib chiqqan xolda davlat xizmatlariga xalqqa xizmat ko‘rsatishida kata ma’suliyat yuklanadi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda «elektron xukumat» o‘z zimmasiga quyidagi vazifalarni oladi:
    - faqarolik jamiyati uchun davlat axborotining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash orqali jamiyat va davlat xamkorligini mustaxkamlash, ijtimoiy boshqaruvda fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokini kengaytirish va boshqaruv organlariga elektron murojaatni yaxshilash;
    - fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish;
    - davlat organlari faoliyatini optimallashtirish (korxona va tashkilotlarga yagona tizimni tashkil etuvchilari sifatida faoliyat yuritishlariga imkoniyat yaratish, masalan, davlat xizmati uchun Internet-tarmog‘ini yaratish va barcha davlat xizmatchilarini xavfsiz elektron pochta bilan ta’minlash; davlat organlari ma’lumotlarini fuqaro va tashkilotlarga etkazib berishda ma’muriy yuklamalarni kamaytirish uchun davlat organlari orasida o‘zaro axborot almashinuvini yaxshilash);
    - boshqaruvga ajratilayotgan byudjet sarf xarajatlarini optimallashtirish.
    Davlat xizmati imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda quyidagi xolatlarni aloxida keltirish lozim, fuqarolarning davlat xizmatlari bilan o‘zaro munosabatlarida ma’suliyatlari oshadi va tez-tez o‘z ehtiyojlari va kutayotgan natijalarini bayon qiladilar.
    «Elektron xukumat»ga o‘tish tufayli fuqarolar maxalliy jamoat xayotida va demokratik jarayonlarda aktiv ishtirok etadilar. Ular muammosiz, qisqa vaqtda kam xarajatda davlat xizmatiga bog‘lanishi va kerakli ma’lumotga va maxsus xujjatga murojaat uchun ruxsat olishi mumkin. Agar biron bir komitetning yig‘ilishi, ommaviy xisobotida bevosita ishtirok etish imkoni bo‘lmasa elektron xat yuborishi yoki Internetga axborotni munozara shaklida joylashi mumkin.Bundan tashqari davlat xizmatini avtomatlashtirish oxir oqibat «to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaga» olib kelishi mumkin, bunda nomzodlar muloqoti va ovoz berish Internet orqali amalga oshiriladi.
    Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish masalasiga kelganimizda, davlat tashkilotlari fuqarolarning shaxsi kimligini va qaysi shaxsga xizmat ko‘rsatayotganligini ro‘yxatga olishda yangi texnologiyalardan foydalanishi mumkin. Bunday turdagi xizmatlarga ma’lumot berish, fuqarolarning aniq bir muammolarini muxokama qilish, xujjat taqdim etish, litsenziya, soliq to‘lash, moddiy yordam, ijtimoiy dasturni amalga oshirish, jumladan: ta’lim olish, tibbiy yordam ta’minoti, sug‘urta to‘lovlari, nafaqa va boshqalar. SHu kabi xizmatlar tijoratga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, davlat tashkilotlariga ko‘rsatilishi mumkin.
    Bunda davlat xizmati oldida o‘z faoliyatini optimallashtirish maqsadida quyidagi vazifalar turadi: tayyorlanayotgan xujjatlar sifatini oshirish; ijro etish tartibini mustaxkamlash; ish yuritish jarayonini tartibga solish; tashkilotlararo axborot almashinuvini tezlashtirish; qarorlar qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish; xatoliklar sonini kamaytirish; fuqaro va tashkilotlar bilan ishlaganda qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik; jamiyat oldida davlat institutlari ishonchi va xurmatini oshirish; xalqaro arenada davlat mavqeini mustaxkamlash.
    Agar boshqaruvga ajratilayotgan byudjet sarf xarajatlarini optimallashtirishga kelsak, bunda axborot texnologiyalari yordamida erishilayotgan iqtisodiy samara quyidagilarda namoyon bo‘ladi: jarayonlarga ajratilgan sarf xarajat kamayadi, jumladan, bir xil turdagi operatsiyalarni bajarishga sarflanayotgan vaqt, ya’ni xizmatchi uchun fuqaroni qabul qilish uchun ketgan vaqt, odatda asosiy ish vaqtining 75% ga teng bo‘lishi mumkin(ma’lumotlarni izlash, ma’lumotnoma tayyorlash, xisobot, taxlil, xulosa tayyorlash,telefon orqali muloqot, mijozlarni qabul qilish, xatoliklarni to‘g‘rilash va o‘zaro munozaralarni taxlil qilish), bino xarajatlarini, materiallar sarf xarajatini, telefon so‘zlashuvlar va pochta jo‘natmalari to‘lovlarini kamaytirish; bir qator tadbirlarni o‘tkazish byudjet sarf xarajatlarini kamaytirish, masalan: maxsus xabar berish, fuqarolar tomonidan davlat organlari qarorlari va xolatlarini qo‘llovchi meyoriy va tushuntirish xujjatlarni majburiy tarqatish; qayta tashkil etilishga bog‘liq bir marotali tadbirlar, ko‘chish, tashkilot mavqei xajmini o‘zgarishi; davlat ehtiyoji uchun foydali xarid qilingandan olingan iqtisodiy samara va konkurs o‘tkazish orqali resurslarni taqsimlash, xarid maxsulotlari tan narxini pasayishi ayrim xollarda sarf xarajatni 1,5-4 marta kamaytiradi; tashkilot ish samaradorligini oshirish, ya’ni qayta ko‘rib chiqilgan arizalar soni, soliq yig‘imlarining oshishi, aniq bir xo‘jalik majorolarida davlat foydasini va tarafini yaxshi ximoyalash, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat boshqaruv organlariga murojaatlari uchun sarflanayotgan qimmatli vaqtning tejalishi tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishilgan samara.
    SHuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatni rivojlanishida muammolarni echish demokratik munosabatlarni takomillashuvi fuqarolar va davlat xizmatchilari o‘rtasidagi muloqot shaklida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham jamiyat bilan aloqa tuzilmasi faoliyati takomillashadi, birinchi navbatda ijro etish davlat organlarida, axborotning ishonchligi, yuqori saviyadagi mutaxassislikka mosligi, o‘zaro ishonch va keng doirada davlatning ochiqligi tamoyillariga asoslangan jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarning yangi texnologiyalari ishlab chiqiladi. Bu tamoyillar davlat xizmatlari va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini yuqori darajadagi samaradorligini ta’minlaydi, qachonki, “elektron hukumat” yaratilgan bo‘lsa.
    Ijtimoiy munosabatlar tizimida davlat xizmati jamiyat a’zolarining farovon hayot kechirishlari va boshqa ijtimoiy faoliyatlarni ta’minlash vositasining zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ldi.
    O‘zbekiston respublikasida zamonaviy davlat xizmati huquqiy materiya hisoblanib, doimiy harakatda: u o‘zgaradi, to‘ldiriladi, mavjud muammolarni echishda yangi vositalarni izlaydi, davlat xizmat munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi yangi meyoriy xujjatlar ishlab chiqiladi.
    Bu erda asosiy faktor sifatida faoliyat yuritish jarayonida ob’ektga nisbatan sodir etilayotgan ta’sir hisoblanadi.
    Xizmat boshqa insonlar uchun ish faoliyati hisoblanadi. Xizmat jarayonida ta’sir etuvchi ob’ekt sifatida inson, shaxs bevosita ishtirok etadi, inson bu aniq individ.
    Xizmat jamiyat bilan birga yaratildi va jamiyatda jamiyat uchun rivojlanib bordi. Davlat xizmatini bir tomondan nazariy tadqiqot ob’ekti sifatida qarash mumkin, ikkinchi tomondan esa meyoriy-huquqiy tushuncha sifatida qarash mumkin. Nazariy jihatdan davlat xizmati quyidagi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin: ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ma’naviy, iqtisodiy. Huquqiy ma’noda davlat xizmati munosabatlarini huquqiy jihatlari tadqiq etiladi, joriy etilish natijasida davlat xizmatlari vazifalarini amaliy bajarilishiga erishiladi.
    Davlat xizmati – murakkab ijtimoiy-huquqiy institut hisoblanadi. Bu institut davlat xizmati munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi meyoriy-huquqiy tizimi hisoblanadi, ya’ni huquq, majburiyat, chegaralari, man etilganlik, rag‘batlantirish, xizmatchilarning ma’suliyati, davlat xizmatini o‘tashi, tashkil etilish tartibi va xizmat munosabatlarini yakunlash. Amaldagi nazariya nuqtai nazaridan qaralganda davlat deganda davlat tashkilotlari, korxonalari, birlashmalari va uyushmalaridagi xizmatlar tushuniladi.
    Bugungi kundagi davlat xizmatiga berilgan meyoriy-huquqiy imkoniyatda xizmat sifatida faqat davlat organlaridayoq ommaviy fikrlarni bayon etish mumkin. Davlat xizmati jarayonida ommaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi, davlat boshqaruv apparatiga ishga kelgan xodim faqat xizmat o‘tayotgan organ xodimi, balki butun davlat xodimi hisoblanadi; davlat xizmatining asosiy mohiyati davlat va jamiyat orasidagi o‘zaro munosabatlarni davlat boshqaruvini shakllantirishdan iborat.
    Davlat xizmati o‘z nomi bilan “davlat” tushunchasidan kelib chiqqan va xalq tanishishi mumkin bo‘lgan davlat g‘oyalari, ma’lum ma’noda davlatchiligi bilan xarakterlanadi. Odatda u O‘zbekiston Respublikasi ichki qonunchiligi va xalqaro huquqiy meyorlarga amal qilib ommaviy (davlat) ish yurituvchi institut hisoblanadi.
    Inson huquqlari Umum dekloratsiyasi meyorlariga va xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlarga asoslanib, davlat xizmati davlat ishlarini yuritishda fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teng huquqli ishtirokini ta’minlovchi institut kabi ifodalanadi. Davlat xizmati O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalariga asosan yaratilgan bo‘lib, xalqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki, davlat hukumat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi.
    Davlat xizmati umum ommaviy, ijtimoiy huquqiy, tashkiliy institut va yuqori darajadagi faoliyat hisoblanadi. Davlat xizmatining umum ommaviyligi va ijtimoiy instituti sifatida davlat boshqaruvi, shaxsning, jamiyatning va davlatning foydasiga xizmat qilish va integratsiyasi qaraladi.
    Huquqiy institut sifatida davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmati haqidagi qonunchilik majmualarini tashkil etuvchi qonun va boshqa meyoriy-huquqiy xujjatlar asosida yaratiladi.
    Davlat xizmatining tashkiliy tuzilishi davlat xizmatlarini vazifalar, ko‘rinishlar, turlar, shakllar, darajalar, shuningdek turli davlat hukumat organlarining davlat xizmatini ko‘rsatishini tarqalishi bilan xarakterlanadi.
    Talabchan va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi jamiyatga xizmat qilishga va qadrlashga qiziquvchilar davlat boshqaruvi vazifalarini yuqori saviyada bajarilishini ta’minlaydi va davlat boshqaruvini go‘yoki o‘zining ish faoliyati deb biladi.
    Davlat xizmati davlat organlarida, hamda alohida davlat tashkilotlari va korxonalarida amalga oshirilishi mumkin. SHunday qilib, amaldagi qonunchilikka binoan davlat xizmatining amaldagi faoliyati jamiyatning turli sohalarida davlat vazifa va masalalarini bajarish maqsadida davlat xizmatlarini qonunda belgilangan davlat organi xodiminingva sud hukumati ijrochilik faoliyati tushuniladi.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi yuzaga kelgan holat davlat xizmatida islohat o‘tkazish iqtisodni modernizatsiyalashda eng muhim yo‘nalish hisoblanadi.
    Islohatning asosiy yo‘nalishi – hududiy mehnat bozorida davlat xizmatchilarining ixtisosligi bo‘yicha raqabotbardoshligini oshirish, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, iqtisodiy rivojlanishga xissa qo‘shish, bozor munosabatlarini shakllantirish, hukumatning mustahkamlashi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida davlat xizmati sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.
    O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatini islohat qilish tarixiy, madaniy, milliy va boshqa hususiyatlardan, xamda dunyoviy rivojlanish tamoyillaridan kelib chiqqan holda davlat xizmati tizimining yaxlitligini ta’minlaydi.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari tizimini isloh etish chora-tadbirlari va uning asosida dastur ishlab chiqilgan.
    Dasturdan ko‘zlangan maqsad davlat xizmati samaradorligi, turi va darajasini oshirish, davlat xizmatchilari sarf xarajatlarini optimallashtirish, davlat xizmati ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
    Maqsadga erishish quyidagi masalalarni echishni taqozo etadi:
    • davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy ta’minotini optimallashtirish uchun sharoit yaratish;


    • lavozim va mansablari belgilari asosida davlat xizmatchilarining ma’suliyati, vazifalari va majburiyatlarini aniqlash;


    • davlat xizmati tizimi ta’minotidan samarali foydalanish, davlat xizmatchilari faoliyatini baholash va rag‘batlantirish, moliyalashtirish, rejalashtirishning yangi usullarini joriy etish;


    • hukumatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida davlat xizmatini shaffofligini ta’minlash;


    • davlat xizmati uchun malakali kadrlarni tanlashning samarali usullarini qo‘llash, davlat xizmatchilarining xizmat faoliyati natijalarini baholash, ularning xizmat lavozimlari bo‘yicha o‘sishlariga sharoit yaratish;


    • davlat xizmati va davlat xizmatchilarining ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy o‘sishlari uchun kadrlar tayyorlash dasturini joriy etish;


    • davlat xizmatchilarini ma’naviy saviyasini qonunchilik asosida muvofiqlashtirish, hamda e’tirozni aniqlash va majoralarni davlat xizmati foydasiga hal etish mexanizmlarini joriy etish;


    • davlat xizmatchilarining o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va davlat xizmatlarini samarali kechishini ta’minlash uchun optimal moddiy-texnika sharoitini yaratish;


    • davlat xizmati boshqaruv tizimini rivojlanishini ta’minlash.


    Davlat xizmatini isloh etish bir qator faktorlarga bog‘liq, muhimlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:



    • O‘zbekiston Respublikasida yangi davlatchilikni tashkil etish va davlat boshqaruv tizimida islohat o‘tkazishning zarurligi;


    • Davlat hukumatining faoliyat yuritish tamoyillariga asosan qonunchilik, sud-huquqi va ijro etuvchiga bo‘linishini ta’minlash;


    • Huquqiy islohatni amalga oshirish;


    • Xo‘jalik va iqtisodiy islohatni amalga oshirish;


    • Davlat hukumat organlarini mustahkamlash;


    • O‘zbekiston Respublikasi davlat hukumati organlari sub’ektlari va mahalliy boshqaruv organlarini mustahkamlash;


    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarida davlat apparatlarini yaratish;


    • Yangi davlat kadrlar siyosatini amalga oshirish va konsepsiya ishlab chiqishning zarurligi;


    • Mahalliy va hududiy davlat boshqaruv organlarida tashkiliy-huquqiy tadbirlarni o‘tkazish;


    • Davlat xizmati haqidagi yangi qonunchilikni yaratish va amaldagisini tubdan o‘zgartirish.


    Elektron hukumat (e-Government) – bu davlat boshqaruvining yangi modeli, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari asosida yaratilgan, bu tizim Internet yordamida davlatning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi.


    Elektron hukumatning asosiy vazifasi ichki va tashqi munosabatlarni tarmoq operatsiyalarini, axborot texnologiyalarini va kommunikatsion tarmoqlarni harakatlanishidan iborat.
    Elektron hukumatni yaratilishi davlat tuzilmalarining aholiga va tijoratga ko‘rsatayotgan xizmatini optimallashtirish, barcha soylov ishtirokchilarining davlat boshqaruvi va rahbarligida ishtirok etish darajasini kengaytirish, shaffoflikni, hukumatning – fuqarolarga va fuqarolarning-hukumatga hisobotini ochiqligini ta’minlashi bilan bog‘liq.
    Bu ifodalash ostida jahonda davlatni boshqarishni rivojlantirishning muhim zamonaviy jarayoni yotadi. Elektron hukumat g‘oyasi axborot texnologiyaning izchil rivojlanishi asosida emas, balki ushbu jarayon asosida yuzaga keldi.
    Bir tomondan internet jamoaning siyosiy ishtirokidagi geografik va tuzilmaviy chegaralarni yo‘qotadi, qaror qabul qiluvchi shaxs va fuqarolar orasidagi masofani qisqartadi, insonparvarlik madaniyati doirasini kengaytiradi.
    Ikkinchi tomondan, kundalik xayotda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash sohalarining kengayishi jamoatchilikni siyosiy nazorat oldida befarq qoldirmaydi.
    Hukumat uchun afzalliklar:

    • O‘z-o‘zidan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hukumat ma’lumotlarini boshqarish;


    • Jamiyatning fikri haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ma’muriyatlashtirish;


    • Rejalarni tez va samarali amalga oshirish imkoniyati;


    • Xalq nazorat organlari va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi samarali aloqa instrumenti;


    • Mahalliy va hududiy darajada rejalashtirish va boshqarishni yaxshilash imkoniyati;


    • Hukumat va uning rejalariga aholi quyi munosabatlari muammosini echish vositasi.


    Jamoatchilik uchun afzalliklari:


      • Hukumat rejalari va loyihalarini qabul qilishda ishtirok etishini xis etish;


      • SHikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini tezlashishi;


      • Aniq siyosiy natijalarga erishishda hissa qo‘shgan holda, ma’lumot va g‘oyalarni tarqatish imkoniyati;


      • Hukumat ishlarini nazorat qilishda jamoatchilik nazorati darajasini oshirish;


      • Xorijda yashovchi va ishlovchi odamlarda o‘z millatiga tegishliligini his etishi va vatani uchun xizmat qilishda ishtirok etish imkoniyati yuzaga keladi;


      • Ikki tomonlama aloqa yo‘llari orqali aholining bilim darajasini oshiruvchi ko‘plab bepul o‘qitish dasturlarini amalga oshirish mumkin.


    SHunday qilib, elektron hukumatni joriy etishdan erishilgan foydani fuqarolar va tijorat hukumat ma’lumotlari va xizmatidan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar, on-layn rejimida yuqori tezlikni oshirish evaziga to‘liq xizmat qilish sifatini ta’minlash, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish uchun fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratiladi.


    Keng ma’noda elektron hukumat texnologiyasining amaliy joriy etishning natijasi sifatli boshqaruv hisoblanadi. Bunday vosita hukumat siyosatini to‘liq amalga oshirishni ta’minlaydi, sifatli xizmatni taqdim etadi va fuqarolar bilan o‘zaro munosabat darajasini oshiradi.
    Berilgan mezonga asosan yutuqqa erishishning asosiy omili sifatida hukumat va davlat tuzilmalari faoliyatini kelgusida baholash qaraladi.
    Internet portali elektron hukumat texnologiyasining elementi sifatida sayt ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va ma’lum mavzu bo‘yicha bir necha murojaatlarga ega. Internet portalni yaratish foydalanuvchini o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni mos ravishda tizimlashtirish imkonini beradi.
    Portal tuzilishi va unga joylashtirilgan ma’lumotlar texnik talablarga mos ravishda portalni ishlashiga to‘liq muvofiqlashtirilgan va ma’lum bir boshqaruvning hususiyatini ifodalashi zarur.
    Portal eng kamida quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:
    • Tashkiloning ish tartibi va vazifalarini belgilovchi asosiy meyoriy-huquqiy xujjatlar;


    • Yuqori turuvchi tashkilotlar xujjatlari yoki murojaatlari;


    • Tashkilot xodimlarining shaxslari va ish jadvali haqidagi to‘liq ma’lumot;


    • Tashkilotning ishfaoliyatiga bog‘liq nashriyotlar, dolzarb materiallar va ma’lumotlar;


    • Tashkilot faoliyatidagi yangiliklar;


    • Soha yo‘nalishlariga oid boshqa yangiliklar;


    • Jismoniy va yuridik shaxslarga muammolarni echish yuzasidan tavsiyanomalar berish;


    • Bo‘limlar bo‘yicha qidiruv.


    Zamonaviy portal foydalanuvchiga qulaylik tug‘dirish uchun qaralayotgan sahifani ma’lum darajada moslashtiradi. Undan tashqari, portal tahlil qilishi mumkin, foydalanuvchi hohishiga ko‘ra o‘zini qiziqtiruvchi muhim ma’lumotlarni jamlashga e’tiborini qaratishi mumkin.


    Elektron hukumatni joriy etilishi – davlat boshqaruvini samaradorligini oshirishda ma’muriy islohatning asosiy elementi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida davlat xizmatchilari ijtimoiy darajalarini oshiradi va davlat apparati xodimlari uchun ajratilayotgan sarf xarajatni kamaytiradi, soliq to‘lash, turli xujjatlarni rasmiylashtirish va olish uchun sarflanadigan vaqt tejaladi. YAratilgan portal mingdan ortiq davlat organlari axborot xizmatini taqdim etadi. Bu xizmatlar har yili oshib bormoqda. Elektron hukumat dasturining jamiyatdagi ahamiyatini oshirish uchun: 1) hukumat axborot infrastruturasi darajasini rivojlantirish borasida jadal harakatlarni amalga oshirishi; 2) tashabbuslarni aniq realliklar asosida yaratilishi uchun hukumat yuzaga kelgan sharoitni, hususan axborot infrastrukturani rivojlanganlik darajasini bilishi zarur.


    Nazorat savollari

    1. “Elektron hukumat” tizimi nima?


    2. «Elektron xukumat» loyixasining qimmatliligi deganda nimani tushunasiz?


    3. Davlat xizmatini isloh etishdagi faktorlar qaysilar?


    4. Hukumat va Jamoatchilik uchun afzalliklarini sanab bering.




    http://fayllar.org
    Download 31,35 Kb.




    Download 31,35 Kb.