• Reja: 1. Elektron o’t oldirish tizimi to’g’risida umumiy ma’lumotlar 2. Magnetoelektrik datchik 3.
  • Elektron o’t oldirish tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar tayanch so’z va iboralar




    Download 35,06 Kb.
    bet1/3
    Sana01.06.2024
    Hajmi35,06 Kb.
    #258834
      1   2   3
    Bog'liq
    o\'t oldirish maruza


    ELEKTRON O’T OLDIRISH TIZIMLARI TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
    Tayanch so’z va iboralar
    Elektron, Rezistor, komutator, o’t oldirish shami, Uzgich taqsimlagich, teshib o’tish kuchlanishi, elektr startyor, tizim, quvvat, kontakt, kuchlaniish, transistor, drossel, termokompensatsiya, cho’lg’am, rostlagich, kengayish jarayoni, kompensatsiya, koeffisent, generator, nixrom, tolalar.
    Reja:
    1. Elektron o’t oldirish tizimi to’g’risida umumiy ma’lumotlar
    2. Magnetoelektrik datchik
    3. Magnetoelektrik datchikli o’t oldirish tizimi
    Umumiy ma'lumotlar
    Kontaktli o't oldirish tizimi tarkibiga transistor kiritilishi, bu sistemaga xos bo'lgan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish imkomyatini bermaydi. Xususan, ko'p silindrli dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta qiyinatlarida uzgich pishangchasining dirillash hodisasi ro'y berib, bu bir davomida kontaktlarni ko'p marta uzilib-tutashishiga olib keladi. Natijada, bir uchqun o'rniga quvvati ancha kam bo'lgan bir necha uchqun hosil bo'ladi, o't oldirishni ilgarilatish burchagining belgilangan qiymati o'zgarib ketadi, o't oldirish ishonchli amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, uzgich kontaktlarining yeyilishi, oksidlanishi va ifloslanishi o't oldirish tizimining ishonchlilik darajasini pasaytiradi. Kontaktlar oksidlanishi,
    ifloslanishi va moylanib qolishi, ularning kontakt qarshiligi ortib ketishiga va tranzistorning boshqarish toki Ib qiymatini kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va o't oldirish tizimini ishlamaslik hollarini vujudga keltiradi. Ishlatish davrida qo'shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda, uzgich kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji ham kontakt-tranzistorli o't oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi.
    Zamonaviy avtomobillarda keng tatbiq topayotgan kontaktsiz-tranzistorli o't oldirish tizimlari yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir.Bu o't oldirish tizimlaridagi asosiy yangilik - uzgich kontaktlarining yo'qligidir. Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontakisiz-tranzistorli o't oldirish tizimlari bir-
    biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farq qiladi. •
    Magnitoelektr datchik (3.21 -rasm) uzgich-taqsimlagich 2 yaliga o'rnatilgan doimiy magnit 3 va o'zakka o'ralgan stator chulg'ami 4 dan iborat. Doinliy magnit aylanganda uning magnit maydon ta’sirida statot cho’lg’amida o’zgaruvchan EYUK induksiyalanadi. Datchik kuchlanishning musbat yarim davri qiymati ta'sirida tranzistor 5 ochiladi va akkumulatorlar batareyasi 8 dan o't oldirish g'altagi 6 ning birlamchi chulg'ami hamda tranzistorning kollektor-emitter o’ti sh joyi orqali birlamchi toki I1 o'ta boshlaydi. Datchik kuchlanish imanfly bo'lganda tranzistor yopiladi, o't oldirish g'altagining birlamchi chulg'amidan o'tayotgan tok zanjiri uziladi va ikidlamchi chulg'amda yugori kuchlanish induksiyalanadi. Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda chulg'am da EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impuisi mavjud bo'ladi va natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya'ni o't oldirish g'altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo'ladi. Ko'p silindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni, silindrlar soniga teng bolishi kerak. 3.22-rasmda 4 silindrli dvigatellar uchun mo'ljallangan magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan.
    Magnitoelektr datchik ishlashining o'ziga xos tomonlaridan biri, stator chulgamida hosil 'bo'ladigan EYUK amplitudasi doimiy magnitni, ya'ni tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog’liqligidir. Aylanish chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa transistor ochilishi va yopilishi va demak o't oldirish daqiqasi o'zgarishiga olib keladi.


    Download 35,06 Kb.
      1   2   3




    Download 35,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron o’t oldirish tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar tayanch so’z va iboralar

    Download 35,06 Kb.