• IP va URL manzillar tushunchasi Internet tarmogʻining mashhur va ommabop xizmatlari WORLD WIDE WEB (Jahon axborot tarmogʻi)
  • Internet xizmat turlari Usenet teleanjumani Fayllarni FTP protokoli yordamida uzatish
  • Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi




    Download 22.39 Kb.
    bet1/8
    Sana08.10.2023
    Hajmi22.39 Kb.
    #87317
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi-fayllar.org (1)
    8B 60m yugurish, Tarbiyaga-doir-milliy-va-xalqaro-tajriba-taqriz, 4-маъруза ТРИБ, 2-amaliy 22-var, 2-AMALIYOT

    Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi

    1-Ma’ruza. Internet va elektron pochta.


    Reja:


    1. Elektron pochta


    2. Internet


    3. IP va URL manzillar tushunchasi


    4. Internet tarmogʻining mashhur va ommabop xizmatlari


    5. WORLD WIDE WEB (Jahon axborot tarmogʻi)


    6. HTML formati tushunchasi


    7. HTTP gipermatn uzatish protokoli, Web hujjatlar, Web uzel yoki saytlar, Web sahifaning faol komponentlari, Web server


    8. Internet xizmat turlari


    9. Usenet teleanjumani


    10. Fayllarni FTP protokoli yordamida uzatish


    11. Boshqa kompyuterlar bilan oʻzaro aloqa (Telnet)




    1. Elektron pochta

    Internet foydalanuvchiga juda koʻp turdagi informatsion xizmatlarni taqdim etadi. Shunday xizmatlardan biri elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron pochta (E-mail) maxsus dastur boʻlib, u yordamida foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni joʻnatishi va qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvhi maxsus pochta yoki Internet tarmogʻiga bogʻlangan boʻlishi va shaxsiy elektron adresga ega boʻlishi lozim. Elektron adresni provayder beradi. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi amalga oshiriladi.

    Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni joʻnatish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat joʻnatish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat boʻladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning koʻplab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi koʻpgina oliy oʻquv yurtlarida, turli tashkilotlarda oʻrnatilgan boʻlib, u foydalanishda soddaligi va internetning koʻpgina xizmatlarida qoʻllanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay boʻlgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.


    Internet yoki elektron pochta tarmogʻiga ulangan har bir komputer oʻzining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi oʻzining maxsus nomiga ega boʻlishi mumkin. Shuni ham taʼkidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega boʻlishi mumkin boʻlsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat boʻladi, ya’ni
    Elektron pochta (e-mail - electronic mail) oddiy pochta kabi vazifani bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlarni joʻnatilishini ta'minlaydi. Uning asosiy afzalligi, vaqtga bogʻliq emasligida. Elektron xatlar joʻnatilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, dastur fayllarini oʻz ichiga olishi mumkin.
    Elektron xatlar bir vaqtning oʻzida bir necha manzillar boʻyicha joʻnatilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan umumiy interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat koʻrinishida joʻnatiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta'minlovchi standart yozuvlar toʻplamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter farmoish sifatida qabul qiladi va bajaradi.
    Elektron pochta bilan ishlash uchun bir qator dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashgan nom bilan birlashtirish mumkin. Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Express ilovasi ta’minlaydi. Bu dasturlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
    matnni yaratish;
    xat-xabarlarni (korrespondensiyalarni) oʻqish va saqlash;
    xat-xabarlarni oʻchirish;
    manzilni kiritish;
    xat-xabarlarni qabul qilish va joʻnatish;
    turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import qilish (qabul qilish va kerakli formatga oʻzgartirish), xatga ilova qilish;
    xatlarni mavzusiga qarab ajratish.


    Download 22.39 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 22.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi

    Download 22.39 Kb.