Masalan, malika@mrc.freenet.uz
Demak, malika - adres egasi ismi, mrc - tashkilot nomi, freenet - Internet - provayder nomi, uz - davlat nomi.
Xatni yuborish uchun manzilni, mavzuni va uz manzilingizni ko’rsatishingiz zaro’r. Elektron pochta orkali matn, grafik, audio, video, rasmli xujjat va fayllarni yuborish mumkin.
Elektron pochta programmasi bilan ishlash
Outlook Express programmasi bilan tanishamiz. Bu programma bilan ishlash juda oson va qulay. Programmani ishga tushirish uchun programma (rasm 2.7) belgisida sichkoncha to’g’machasini 2 marta chertasiz va ekranda ko’yidagi darcha xosil bo’ladi (rasm 2.8).
rasm 2.7
Darchaning yo’qori kismida menyu komandalari keltiriladi. Keyingi satrda asboblar paneli to’g’machalari joylashgan. Elektron pochta bilan ishlashda asboblar paneli to’g’machalaridan foydalanish juda ko’lay. Shuning uchun ko’yida asosiy to’g’machalarning tafsifini keltiramiz.
rasm 2.8
Xatni yozib yuboradi.
Xat muallifiga javob yozib yuboradi.
Xatni boshqa manzilga yuboradi.
Xatni ko’rsatilgan manzilga eltadi.
Xatni o’chiradi.
Darcha pastki kismi bir necha darchadan tashkil etadi. Chapki darchada ko’yidagi jildlar ro’yxati mavjud. Bu jildlar tafsifi ko’yidagicha.
Bu jildda Sizga kelgan xatlar joylanadi.
Bu jildda Siz yozgan xatlar joylashadi.
Bu jildda jo’natilgan xatlar ro’yxati keltiriladi.
O’chirilgan fayllar saklanadigan savat.
Jildga mos xatlar ro’yxati ungdagi darchada beriladi. Pastdagi darchada esa, joriy xat mazmuni ko’rsatiladi.