Bosh sahifa
»
Axborotlashtirish
» Elektron tijorat nima?
Elektron tijorat nima?
Elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida
axborot tizimlaridan
foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvo q
amalga oshiriladigan oldi-
sotdisidir
Elektron tijoratning asosiy printsiplari:
elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
erkinligi;
elektron tijoratda shartnomalar tuzishning
ixtiyoriyligi;
elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
elektron tijorat sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash;
elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffo igi;
elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash.
Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identi katsiya qilish imkoniyatini
beradigan axborot o‘z qo‘li
bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar
tuzilganligining dalili
sifatida foydalanilishi mumkin.
Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib
haqiqiy emas
deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida
ofertani joylashtirish (taklif etish);
elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish yoki olish;
elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga
saqlash uchun topshirish.
Elektron
tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonuni
Ҳуқуқий ёрдам керакми?