|
Axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari
|
bet | 4/6 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 49,28 Kb. | | #155364 |
Bog'liq Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot-fayllar.orgAxborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to’zilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi qabo`l kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida uz aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabo`l qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.
Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, sug’urta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.
|
| |