Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli




Download 49,28 Kb.
bet5/6
Sana13.02.2024
Hajmi49,28 Kb.
#155364
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot-fayllar.org

Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli
So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda. Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib borib dunyo bo’yicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan: a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir xonadonga kirib bormoqda; b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko’ngil ochish, tarmoqda maorif va tarbiya; v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo’lishidan qatьiy nazar axborot tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yo’nalishdagi axborotni to’liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda; g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o’rtasidagi georgrafik va geosiyosiy chegaralar yo’qolib borayapti. Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni ko’p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o’zgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo’naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko’proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo’lib axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. Ya’ni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko’proq axborot xizmatini ko’rsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Axborot xizmatlari - bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda bo’lishlaridan qatьiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va takdim etishni ta’minlash demakdir. Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga bo’lgan talabni yuksaltirib yubordi. Chunki ular foydalanuvchilarning shaxsiy talabidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni taklif qila boshlashdi va bu bilan ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilarning axborot modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. SHunday qilib, axborot xizmatlari axborot mahsulotlar qatorida zamonaviy axborotkommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan bo’lib hisoblanadi. Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi. Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol ta’sir eta boshlagan 1970 yillar boshida bu sohada tub o’zgarishlar yuz berdi. Dunyoda 1990 yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va YAponiyada oxirgi yillarda «on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqti-sodiyotning axborot tarmog’idan mustahkam o’rin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988 yillar oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib ketgan. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to’liqligi darajalariga yuqori talablar qo’ymoqda, chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga to’g’ri keldi. SHu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bozorida asosan akademik, professional, davlat korxonalari, o’quv yurti, ilmiy-texnika jamiyatlari notijorat axborot xizmatlarini takdim etishdi. Bir vaqtning o’zida tijorat axborot xizmatlari ham shakllana boshlandi. 1970 yillar o’rtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va global tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirib muloqjt asosida kerakli axborotni qidirishga imkon yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining ko’p qismini iqtisodiy axborot egallay boshladi. Ushbu davrda foqdalanuvchilarga tijorat asosida xizmat ko’rsatadigan axborot vositachilari keng faoliyat ko’rsata boshladi. 1980 yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar bazasini optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda telematn va videomatn xizmatlarini keng ko’lamda ko’rsatuvchi axborot markazlari paydo bo’la boshladi. Shu vaqtning o’zida ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo’lida axborot xizmatlari, yirik nashriyotlar va tadqiqot firmalari o’z ishlarini boshladi. Axborot xizmatlariga bo’lgan talab darajasining o’sib borishi, ularning yuqori darajadagi rentabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash texnikalari ishlab chiqarayotgan firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirib yubordi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markazdan uzoqda joylashgan rayonlarida axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining o’sib borishi aniq ijtimoiy va iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv xizmatlar tarmoqlarga kirishga imkon bo’lgan fermerlar bozordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari haqida aniq axborotga ega bo’lishga; qishlok sharoitida yashayotgan kishilar esa teletibbiyot vositalari asosida shaharlik vrachlar maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot tarmoqlari asosida oldin ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda.
O’zining axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga to’sqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga, tadbirkorlarga va umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi mumkin. SHuning uchun ham ko’pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi yoki axborotkommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llashga qaror qildi. CHunki ular qo’shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb qiladigan «yadro» bo’lib xizmat qiladi. Ko’pgina mutaxasisslar telekommunikatsiya industriyasini keng rivojlantirish kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu jarayon katta moliyaviy mablag’larni talab qiladi. Butunjahon banki hisob-kitoblariga qaraganda, XXI asr boshlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari kerakli axborotni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va taqdim etish uchun zarur bo’lgan butunjahon axborot infratuzilmasini barpo etishga har yili 60 mlrd. AQSH dollari kerak bo’ladi. Jahon amaliyoti tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslarining kundan-kunga axborot tarmog’iga ko’chib o’tish ten-dentsiyasi ortib bormokda. 1990 yil oxiriga kelib AQSH ning barcha mehnat bilan band aholisining yarmi, ya’ni 60-70 mln. kishi axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish bilan mashg’ul bo’lgan. G’arb iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga qo’yadilar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil qilayotgani, shuning 90 % i AQSH, YAponiya va G’arbiy Evropa mamlakatlariga to’g’ri kelayotgani bejiz emas.

Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, korxona muassasa va tashkilotlarning boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarni qo’llagan holda barcha soha va markazlarni raqamlashtirsak, shu yuqoridagi muassasalarning raqamlashtirish faoliyati jarayonida mehnat unumdorligi va samaradorligi oshadi, hamda imkoniyatlari kengayadi. Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida oʼrganilishi lozim. Yuqorida keltirilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi, bizning nazarimizda, Oʼzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ta’lim tizimini boshqaruvining yuksalishiga imkon yaratib beradi.Agar axborot bosharuv tizimlarida yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimda hisobot ma’lumotlari haqiqiy ma’lumotlar bilan ish ko‘rsa, intellektual tizim qayta ishlangan va, hattoki, ba’zida uchrab turadigan ma’lumotlar bilan kam ta’minlaydi. Bu tizim marketingning turli tasnifi to‘g‘risida kundalik axborotlar olish uchun foydalaniladigan manbalar va jarayonlar yig‘indisidan iborat. Tizimning, intellektual imkoniyatlari kitoblar, gazetalar, maxsus maqolalar, xaridorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, vositachilar va firmaning o‘z xodimlari bilan suhbatlardan tashkil topadi. Marketing bilan to‘laqonli shug‘ullanayotgan firmalarda ko‘pchilik hollarda intellektual tizim sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Birinchidan, xodimlarni yangi g‘oyalar haqida xabar qilishlariga o‘rgatiladi va rag‘batlantiriladi. Masalan, ular boshqalar tomonidan e’tiborga olinmagan qiziqarli axborotlarni to‘plaganlari va u to‘g‘risida xabar qilganliklari uchun rag‘batlantiriladi. Jamiyatni axborotlashtrish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit ratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.

Download 49,28 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 49,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli

Download 49,28 Kb.