|
Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot
|
bet | 1/6 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 49,28 Kb. | | #155364 |
Bog'liq Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot-fayllar.org
Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK FAKULTETI
“ELEKTRON TIJORAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT”
KAFEDRASI
“IQTISODIYOTDA INFORMATSION-KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Topshirdi:Abdullayev Arslon
Tekshirdi:Matniyozov.R
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH 3
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali boshqaruv jarayonini raqamlashtirish 5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari 12
Axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari 19
Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli 21
Xulosa 25
Test savollari 26
Foydalanilgan adabiyotlar 27
KIRISH
Mamlakatimiz ishlab chiqarish soalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va takdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnatsifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, ob'ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini taьminlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib, jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning, har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo’lgan axborot tizimini o’z ichiga oladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo’llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo’llashdan maqsad - jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
|
| |