|
Termoporalarning ahamiyatlari
|
bet | 5/6 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 258,21 Kb. | | #121854 |
Bog'liq KURS ISHI2.2. Termoporalarning ahamiyatlari.
Termometr (termo... — issiq va metr) — haroratni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga bogʻlikligiga asoslangan. Termometrning suyuqlikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuqlikli termometrlar, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuqlik, masalan, simob bilan toʻldirilgan boʻladi. Harorat ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. Harorat qancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Masalan, —35° dan Q750° gacha haroratni oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan termometrlar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuqlikli termometrlardan qoʻllaniladi.Fan va texnikada 269° dan Q1063° gacha haroratni oʻlchashda gazli termometrlar qoʻllaniladi. Bu termometrlar gaz (past harorat holatida geliy, yuqori haroratlarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.
Bunda temperatura gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda —60° dan Q550° gacha haroratni oʻlchashda koʻpincha manometrik termometrdan foydalaniladi. Bu termometr gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuqlik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. Temperatura oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogʻliqligiga asoslangan qarshilik termometrlari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday termometrlar yordamida —200° dan Q500° gacha haroratni oʻlchash mumkin.TERMOPARA — t-ra datchigi. Har xil jinsli oʻzaro ulangan elektr oʻtkazuvchi 2 element (odatda, metall yoki yarimutkazgich)dan iborat. Ishi Zeyebek effektita asoslangan. Oʻtkazgich elementlarining kontaktlari (odatda, kavshar choki) turli trada boʻlsa, Termopara zanjirida termoelektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) vujudga keladi, bu e. yu. k. ning kattaligi «issiq» va «sovuq» kontakt lar trasi farqiga hamda termoelektrodlar sifatida ishlatilgan materiallarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Termopara bilan 4 K dan 3800 K gacha oraliqdagi tralar aniklanadi. Temperaturani o`lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termopara) termo EYuK ining uning temperaturasiga bog`liqlngiga asoslangan. Bu asbob —200° S dan +2500° S gacha bo`lgan temperaturalarni o`lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida keng qo`llaniladi.
Termoelektr termometrlar yordamida temperaturani o`lchash 1821 yilda Zeebek kashf etgan termoelektr hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning temperaturalarni o`lchashda qo`llanilishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida temperaturalar farqi hisobiga hosil bo`ladigan EYuK effektiga asoslangan. Har xil A va B o`tkazgichlardan iborat zanjirni ko`rib chiqamiz (2.4-rasm). Termoparaning o`lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi kavsharlangan uchi 1 (issiq ulanma), o`zgarmas t0
temperaturali muhitdagi joyi 2 esa erkin uchi (sovuq ulanma) deyiladi.A va B o`tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi. Bunday kavsharlangan o`tkazgichlar esa termopara deb ataladi, ularda hosil bo`ladigan elektr yurituvchi kuch termoetektr yurituvchi kuch (TEYuK) deyiladi. TEYuK hosil bo`lishining sababi erkin elektronlar zichligiko`proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. SHu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo`ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko`rsatadi. Elektronlarning diffuzion o`tish tezligi elektr maydon ta`sirida ularning qayta o`tish tezligiga teng bo`lganda harakatli muvozanat holati qaror topadi. Bu muvozanatda A va B metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo`ladi. Elektronlar diffuziyasining jadalligi o`tkazgichlar birikkan joyningtemperaturasiga ham bog`lik bo`lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda hosil bo`lgan EYuK ham turlicha bo`ladi.
Temperaturani o`lchashga oid alohida masalalarni echish uchun termoelektr termometrlarni o`lchash asbobi bilan ulashning turli usullari qo`llaniladi.A va B o`tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi. Bunday kavsharlangan o`tkazgichlar esa termopara deb ataladi, ularda hosil bo`ladigan elektr yurituvchi kuch termoetektr yurituvchi kuch (TEYuK) deyiladi. TEYuK hosil bo`lishining sababi erkin elektronlar zichligiko`proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. SHu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo`ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko`rsatadi. Elektronlarning diffuzion o`tish tezligi elektr maydon ta`sirida ularning qayta o`tish tezligiga teng bo`lganda harakatli muvozanat holati qaror topadi. Bu muvozanatda A va B metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo`ladi. Elektronlar diffuziyasining jadalligi o`tkazgichlar birikkan joyning temperaturasiga ham bog`lik bo`lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda hosil bo`lgan EYuK ham turlicha bo`ladi. Temperaturani o`lchashga oid alohida masalalarni echish uchun termoelektr termometrlarni o`lchash asbobi bilan ulashning turli usullari qo`llaniladi.
Xulosa.
Termoelektrik o'zgartgichning afzalliklari quyidagilardan iborat: yuqori o'lchash chegarasiga ega, yuqori sezgirlik, kichik inersionlik, qo'shimcha tok manbayi talab qilinmaydi, o'lchashni masofaga uzatish imkoniyatiga ega.
Termoelektrik o'zgartgichning erkin uchlarida temperaturani bir xilda saqlab turish talab qilinishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Birinchi nomlari yozilgan qotishmalar musbat elektrodlar hisoblanadi.
TEO'lar bilan komplektda birgalikda ikkilamchi asbob sifatida pirometrik millivoltmetr va avtomatik potensiometrlar ishlatiladi. Har xil jinsli oʻzaro ulangan elektr oʻtkazuvchi 2 element (odatda, metall yoki yarimoʻtkazgich)dan iborat. Ishi Zeyebek effektiga asoslangan. Oʻtkazgich elementlarining kontaktlari (odatda, kavshar choki) turli trada boʻlsa, termopara zanjirida termoelektr yurituvchi kuch (e. y. k.) vujudga keladi, bu elektr yurituvchi kuchning kattaligi „issiq“ va „sovuq“ kontakt lar temperaturasi farqiga hamda termoelektrodlar sifatida ishlatilgan materiallarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Termopara bilan 4 K dan 3800 K gacha oraliqdagi tralar aniklanadi.
Termoelektrikli o‘zgartgichlarni nomlashda dastlabki o‘rinda musbat ishorali, keyin esa–manfiy ishorali termoelektrodni qo‘yishga kelishib olingan, Termoelektrikli o‘zgartgichlar quyidagi turlardan tayyorlanadi:
TVR – volframli termo o‘tkazgich;
TPR – platinali termo o‘zgartgich;
TPP – platina – platina termo o‘zgartgich;
TXA – xromel – alyumel termo o‘zgartgich;
TXK – xromel – kopelli termo o‘zgartgich;
TMK – mis – kopelli termo o‘zgartgich.
|
| |