Suyuqlik va gazlar sarfini o‘lchash




Download 1,79 Mb.
bet8/25
Sana19.12.2023
Hajmi1,79 Mb.
#123130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
nomoz123
3-амалий машғулот, istochniki-rekonstruktsii-drevnih-karavannyh-putey-v-stepyah-tsentralnoy-evrazii, РУССКИЙ, 1. уланович umk psiholingvistika, nazariy1, 22-133 G\'aniboyev Nursaidbek (Ta\'limotlar tarixi), biometriya(fan dastur), @KutubxonaaN1Jorj Oruell-Molxona, 9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoit, KURS ISHI NAMUNA, 1 kunlik sayohat, Kiberxavfzislik fanidan-fayllar.org, 4, 2-laboratoriya ishi
1.3. Suyuqlik va gazlar sarfini o‘lchash.
Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Vaqt oralig‘i t1t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi:
(1.4)
bu erda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda mikdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga — porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan su-
yuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotasion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 1.1-rasmda ovalsimon shesternyali hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.

1.1 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi.
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. SHesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (1.1- rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi.
Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana yetaklovchi bo‘lib qoladi. SHesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos. Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 1.2-rasmda GKF turidagi diafragmali hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.


Download 1,79 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 1,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqlik va gazlar sarfini o‘lchash

Download 1,79 Mb.