• 1.3-rasm. Rotasion gaz hisoblagich.
  • -rasm. GKF turidagi diafragmali hisoblagich




    Download 1,79 Mb.
    bet9/25
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,79 Mb.
    #123130
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
    Bog'liq
    nomoz123
    3-амалий машғулот, istochniki-rekonstruktsii-drevnih-karavannyh-putey-v-stepyah-tsentralnoy-evrazii, РУССКИЙ, 1. уланович umk psiholingvistika, nazariy1, 22-133 G\'aniboyev Nursaidbek (Ta\'limotlar tarixi), biometriya(fan dastur), @KutubxonaaN1Jorj Oruell-Molxona, 9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoit, KURS ISHI NAMUNA, 1 kunlik sayohat, Kiberxavfzislik fanidan-fayllar.org, 4, 2-laboratoriya ishi
    1.2-rasm. GKF turidagi diafragmali hisoblagich.
    Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar bekilganda II kameraga o‘tadi. Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. SHunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi.
    Rotasion hisoblagich (1.3-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga
    mo‘ljallangan.

    1.3-rasm. Rotasion gaz hisoblagich.
    Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini ko‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi. Rotasion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ish bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. dan oshmaydi.
    Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik hisoblagichlari harakatdagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
    Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
    (1.5)
    bu yerda Q — hajmiy sarf, m3/s; vo‘rt — oqimning o‘rtacha tezlngi, m/s; S — oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
    Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan
    suyuqlik mikdorini aniqlash mumkin. Parraklar ailanishining tezligi oqim tezligiga
    mutanosibdir:
    (1.6)
    bunda nparraklarnikg aylanish soni, 1/s; K — asbobning geometrik hajmiga bog‘liq bo‘lgan doimiysi, m-1.
    Agar (1.5) tenglamani nazarda tutsak:
    (1.7)
    Parraklarning τ vaqt ichidagi aylanishlar soni asbobdan shu vaqt ichida o‘tgan modda sarfiga proporsional:
    (1.8)
    Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki gruppaga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.
    Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 1.4-rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.


    Download 1,79 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




    Download 1,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. GKF turidagi diafragmali hisoblagich

    Download 1,79 Mb.