• 1.2. Modda sarfi va miqdorini o‘lchash.
  • Elektronika va asbobsozlik




    Download 1,79 Mb.
    bet7/25
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,79 Mb.
    #123130
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
    Bog'liq
    nomoz123
    3-амалий машғулот, istochniki-rekonstruktsii-drevnih-karavannyh-putey-v-stepyah-tsentralnoy-evrazii, РУССКИЙ, 1. уланович umk psiholingvistika, nazariy1, 22-133 G\'aniboyev Nursaidbek (Ta\'limotlar tarixi), biometriya(fan dastur), @KutubxonaaN1Jorj Oruell-Molxona, 9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoit, KURS ISHI NAMUNA, 1 kunlik sayohat, Kiberxavfzislik fanidan-fayllar.org, 4, 2-laboratoriya ishi
    O‘lchov asboblari - o‘lchash axborotini kuzatuvchi qabul qilishiga qulay ko‘rinishdagi signal tarikasida uzatish uchun mo‘ljallangan (elektrik, pnevmatik, optik va x.k.lar).
    Asboblar oniy xamda raqamli turlarga bo‘linadi.
    Oniy asboblar - ularning ko‘rsatishga o‘lchanayotgan kattalikning uzluksiz funksiyasi xisoblanadi.
    Raqamli asboblar - ularda ko‘rsatish uzlukli bo‘lib, raqamlar ko‘rinishida ko‘rsatiladi .
    O‘lchanayotgan axborot ko‘rinishiga nisbatan o‘lchov asboblari quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
    1. Ko‘rsatuvchi asboblar - faqat ko‘rsatish xisobini ta’minlaydi.
    2. Qayd etuvchi asboblar - faqat ko„rsatishni kayd etishni ta’minlaydi. Bu asboblar ikki asosiy turdan iborat:
    O‘ziyozar asboblar - ular ko‘rsatishni grafik tasvir ko‘rinishida ifodalaydi.
    Pechatlovchi asboblar - ular ko‘rsatishni rakamlar orqali ifodalaydi (yozadi).
    3. Integrallovchi asboblar - bularda o‘lchanayotgan kattalik vakt bo‘yicha yoki unga boglik bo‘lmagan o‘zgaruvchi ta’sirida integrallanadi.
    4. Qo‘shuvchi asboblar - bularda turli kanallar orqali kelayotgan ikki yoki undan ortiq kattaliklar yig‘indisi - asbob ko‘rsatishi bilan funksional bog‘likdir
    1.2. Modda sarfi va miqdorini o‘lchash.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
    Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
    Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
    Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi
    Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
    Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
    1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
    2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
    3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari;
    4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar;
    5) induksion sarf o‘lchagichlar;
    6) ultratovush sarf o‘lchagichlar;
    7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar;
    8) ionli sarf o‘lchagichlar.
    O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
    Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
    1) hajm hisoblagichlari;
    2) tezlik hisoblagichlari;
    3) vazn hisoblagichlari.

    Download 1,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




    Download 1,79 Mb.