|
Elektronika va avtomatika muhandisligi
|
bet | 5/6 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 348,96 Kb. | | #273908 |
Bog'liq ASLOS AsadbekElektr ta’minotda zahiralash va uni avtomatik ishga tushirish
Elektr ta’minotni zahiralash (rezervlash) texnologik ob’ektni zahiralash bilan birgalikda hal qilinib, quyidagi asosiy talablarga rioya etish kerak:
Texnologik ob’ektga berilayotgan mustaqil ta’minotlar soni avtomatlashtirish sistemalarining ta’minoti bilan teng bo‘lishi kerak, masalan, ob’ektda 1- va 2-kategoriyali iste’molchilar bo‘lsa va ob’ekt ikkita mustaqil manbadan elektr bilan ta’minlash nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda asboblar ham ikkita mustaqil ta’minotga ega bo‘lishi kerak.
Ikkala tarmoqning o‘tkazish imkoniyati sistemaning 100% li imkoniyati bilan aniqlanadi.
Zahirani avtomatik ishga tushirish, odatda, ob’ekt ta’minoti bilan birgalikda amalga oshiriladi, lekin ba’zi hollarda ishonchlilikni oshirish maqsadida avtomatika sistemalarining ta’minotida ham qo‘llaniladi.
Loyihada
Normal rejimda kirish 1 ulangan; rele K1 ning kontaktlari kirish 2 zanjirida uzilgan. Ishchi kirishda kuchlanish uzilganda rele K1 ning kontaktlari kirish 2 ni ulaydi; bir vaqtda NA qo‘ng‘irog‘i ulanib, operativ hodimlarni AVR ulangani haqida habar beradi. SB1 tugmasi bilan qo‘ng‘iroq uziladi va chiroq N ulanib, 2-kirish ulangani haqida habar beradi. SB2 tugma qo‘ng‘iroqni tekshirish uchun kerak. Ishchi kirishni ulash nosozlik tugatilgandan so‘ng qo‘lda amalga oshiriladi.
Tasnifi keltirilayotgan elektr sxemada berilgan SHchitga 220 v kuchlanish kelgan bo‘lib, pnevmopriyomnik xarakteristikasiga kiruvchi pozitsiyasi (2-1 temperatura; 6-1sath; 4-1 bosim; 3-1, 7-1 sarf; konsentratsiya 1-1, 5-1$ 0-1 kontroller; 0-2 EHM) ni tanladim.
Shuningdek sxemada mavjud xarakteristikalarimizga kiruvchi naminal kuch-lanishi, quvvati va o‘rnatilgan joylari kabilar bor. Naminal kuchlanishni uchala parametrimga ham 24 voltdan deb olgan bo‘lsam, operator xonasiga kiruvchi kontroller, EHM va printrni 220 voltdan deya belgiladim. Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika SHchiti (SHCHIT KIP i A)ga kiruvchi uchala parametrning har bir oyoqlari quvvatlari 0,9 Vt dan deb belgiladim. SHCHIT KIP i A hamda operator xonasi o‘rnatish joyiga kiradi. Kontroller, EHM va printrni quvvatini esa mos ravishda 300/100/100 qilib belgiladim.
SHCHitga ulanayotgan parametrlarning har biridan chiqqan simlarning biriga saqlagich (pridoxranitel) o‘rnatdim. Bunga sabab, operator xonasi va SHCHIT KIP i A ga kelayotgan yuqori kuchlanishli tokdan saqlashdir.
Xulosa
Ushbu kurs loyihasi soda ishlab chiqarish texnologik tizimidagi absorber qurilmasini avtomatlashtirish ga bag‘ishlangan. kurs loyihasini bajarishda sanoatni avtomatlashtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi mavqega ega bo‘lgan “Honeywell” firmasining avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Jarayonni avtomatlashtirish foydalaniladigan nazorat va avtomatlashtirish vositalari, asboblari uchun spesifikatsiya va elektr ta’minoti sxemasining ishlash prinsipi bayon etilgan.
Kurs loyihasida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
|
| |