|
Elektronika va avtomatika muhandisligi
|
bet | 1/6 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 348,96 Kb. | | #273908 |
Bog'liq ASLOS Asadbek
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA MUHANDISLIGI” fakulteti
“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi
“Avtomatlashtrirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash”
fanidan
“Soda ishlab chiqarish texnologik tizimidagi absorber qurilmasini avtomatlashtirish” mavzusida
KURS LOYIHA
Bajardi: 14as-20 guruh talabasi
Xayitmurodov A.
Qabul qildi: Norova F.
Toshkent– 2024
h
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 aprelda qabul qilingan “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsion jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra,“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi ulushining 51 foizi xorijiy investorga sotildi. Natijada ishlab chiqarish ko‘lami ortib, korxonaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib bormoqda. Bu esa ishchilarning ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilashga,mahsulot sifatining ortishiga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan soda zavodi ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bosqichlarni qamrab oladi. Asosiy xomashyo Ustyurt platosida joylashgan Borsakelmas konidan qazib olinadigan tuzdir. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshning sifati juda yuqori hisoblanadi va bu xomashyo Jamansay konidan yetkazib beriladi.
Bugunga kelib, zavod yiliga 200 ming tonna soda ishlab chiqarmoqda. Bu mahsulotlar shisha va yuvish vositalari ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya, yengilsanoatda hamda qog‘oz sanoatida, suv tozalash ishlarida asosiy kimyoviy qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Natijada joriy yilning birinchi yarmiga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 34,7 foizga oshirildi. Jumladan, modernizatsiya qilish ishlaridan so‘ng sentyabr-noyabr oylarida qo‘shimcha 33,5 milliard so‘mlik 12516 tonna mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, xomashyo va materiallarga ketadigan iste’mol ancha tejalishiga erishildi. Yil yakunlari bo‘yicha 488,8 milliard mahsulot ishlab chiqarilib, sof foyda 48,5 milliard so‘mni tashkil etishi kutilmoqda, sof foyda mikdori o‘tgan yilga nisbatan 14,1 barobarga oshdi. Hozir kuniga 600 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida mahsulot sotishdan sof tushum 442,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 117,5 foiz o‘sishga, rentabellik 18,7 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 12,8 barobar o‘sishiga erishildi. Shu davr mobaynida xorijiy valyutada 12,8 million AQSH dollari va milliy valyutada 7,7 milliard so‘m miqdorida kredit so‘ndirildi.
Korxonada tashkil etilgan maydalangan osh tuzi ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan uskunalarning yaroqsiz holga kelib qolishi natijasida faoliyati to‘xtatilgan edi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng korxona rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqarish uskunalari mukammal ta’mirlanib, sex yaqinda qayta ishga tushirildi. Shuning natijasida 12 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. Hozirda bu yerda oyiga 850 tonna osh tuzi ishlab chiqarilib, xaridorlarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan quritish uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Osh tuzi uchun uchun zarur xomashyo korxonadan 21 kilometr uzoqliqda joylashgan “Qarao‘imbet” tuz konidan avtomashinalarda yetkazib beriladi. Ushbu tuzni qayta ishlash orqali oyiga 148 million so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqariladi. Kelgusi yili sex negizida quvvati yiliga 20 tonna yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning taxminiy qiymati 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Uning ishga tushishi bilan yiliga 8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 16 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa, korxonaning moliyaviy yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatish bilan birga, aholini sifatli osh tuzi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Zavod mahsulotlari asosan “Kvars”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlariga, “CAMPALIA XK” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga, “Asl oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga va boshqa korxonalarga uzluksiz yetkazilib berilmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki chet davlatlarda ham talab ortib bormoqda. Jumladan, mahsulotlar o‘tgan yillar mobaynida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron kabi davlatlarga eksport qilindi.
Qo‘lga kiritilayotgan yuksak ko‘rsatkichlar ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor samarasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Korxonada xodimlarning mehnatga haq to‘lash tizimi qayta ko‘rib chiqilib, yil davomida ish haqi miqdori 20 foizga oshirildi. Bayram kunlari munosabati bilan beriladigan rag‘batlantirish mikdori o‘tgan yilda har bir xodim uchun 2 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu yil yakuni bo‘yicha 5 million so‘mni tashkil etishi kutilmokda.
Avval korxonada o‘tkazilgan ish joylarini attestatsiya qilish yakunlari bo‘yicha 300 nafar xodim uchun davolash-profilaktika, ovqatlantirish tashkil etilgan bulsa, hozirda korxonaning barcha xodimlari, ya’ni 1800 nafar xodim uchun ovqatlantirish tizimi ishga tushirildi.
Xodimlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning salomatligini tiklash maqsadida kasaba uyushma qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq va har bir bayram munosabati bilan sport turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu musobaqalarda jami 1517 nafar xodim ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 503 nafarini xotin-qiz tashkil etadi. Bundan tashqari korxonaning har bir sex va bo‘limlarida sog‘lomlashtirish gimnastikasi joriy etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 1176 nafar xodim doimiy shug‘ullanib kelmokda. Ishlovchi xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni qadimiy ziyoratgohlar, qadamjolar, yangi qurilgan inshootlar bilan tanishtirish maqsadida 500 nafardan ortiq xodim uchun sayohat uyushtirildi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 13 fevraldagi “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Uz-Kor Gas Chemical” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasidan karbonat angidrid gazini qabul qilib, korxonamizga tashib kelish loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Loyiha yaqin kunlarda ishga tushiriladi. Bu esa kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 10 ming tonnaga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021-2024 yillarda Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish quvvatini 250 ming tonnaga (200 ming tonnadan 450 ming tonnaga) kengaytirish loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlari korxonaning mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlanib, joriy yilning may oyida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining ilmiy texnik kengashida tasdiqlandi.
Loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, uni amalga oshirish uchun “EPC+F” shartlari asosida pudratchi tashkilotni aniqlash uchun xalqaro tender savdolari e’lon qilindi. bugungi kunda tender savdolari yakunlandi va zavod qurilishini amalga oshiruvchi tashkilot aniqlanib, shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qurilishga jalb qilinadigan mutaxassislarni yotoq joy bilan ta’minlash maqsadida Elobod shaharchasi qoshidan 20 o‘rinli, barcha qulayliklarga ega mehmonxona va 12 ta konteynerdan iborat zamonaviy uylar qurib foydalanishga topshirish arafasida turibdi.
|
| |