|
-1 pozitsyadagi gaz sarfini Endress Xauzer firmasiga tegishli Ultrazvukli sarf o’lchash datchigi (o’lchash diapazoni 0 ÷452381 m3/ch) Prosonic flow 93p markali datchigi bilan nazorat qildinadi
|
bet | 4/6 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 348,96 Kb. | | #273908 |
Bog'liq ASLOS Asadbek 7-1 pozitsyadagi gaz sarfini Endress Xauzer firmasiga tegishli Ultrazvukli sarf o’lchash datchigi (o’lchash diapazoni 0 ÷452381 m3/ch) Prosonic flow 93p markali datchigi bilan nazorat qildinadi.
Elektr ta’minotini vazifasi, turlari va ularga umumiy talablar.
Asboblar va avtomatlashtirish vositalarining elektr ta’minot sxemasi ekspluatatsiya joyining xavfsizligi, kulayligi, elektr ta’minot liniyalarining nagruzkaga chidamliligi, territoriyal jaylashuvi va uzluksiz ta’minlanishiga asoslanib tanlanadi. Baxolash va sxemaning xal kiluvchi tanlovi avtomatlashtirish ob’ektining xamma talablariga javob berishi bilan amalga oshiriladi.
Elektr ta’minot sxemalari 2 ta asosiy zvenolarga bulinadi:
Ta’minlovchi tarmok (tamilash liniyalari) – manbaadan schitgacha va yigilgan ta’minotgacha bulgan tarmok.
Taksimlash tarmogi – schitlardan elektr vositalarigacha bulgan tarmok, taksimlash tarmogiga birlamchi pribor va datchiklarni ikkilamchi pribor va rostlash vositalari bilan bog‘lovchi tarmoqlar ham kiradi.
Taqsimlash sxemalari radial prinsip asosida quriladi: har bir elektr vositalari schitga alohida radial liniya orqali ulanadi.
Elektr ta’minot sxemasida o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalarini elektr energiya manbai bilan ta’minlash ko‘rsatiladi.
Sxemani loyihalashda quyidagi masalalar hal etiladi:
Elektr tok turi, kuchlanish qiymati, manba quvvati kabilar.
Ta’minot sxemasi ishonchliligi ko‘rib chiqiladi.
Texnologik ob’ektning muhimlilik kategoriyasiga binoan ta’minotning uzluksizligi, zahiralash kabilar.
Qisqa tugatish va davomli yuklamalardan vositalarni himoya etish;
Vositalarni ta’mirlash, sozlash va hizmat ko‘rsatishda elektr manbaidan uzib qo‘yish choralari;
Odatda elektr ta’minot sistemasi ta’minot va taqsimot tarmoqlaridan iborat bo‘ladi.
Ta’minot tarmog‘i (uzlukli chiziqlar) avtomatlaashtirilgan ob’ektni ta’minot manbai bilan shchit va yig‘malarni bog‘laydi. Taqsimot tarmog‘i (uzlukli chiziqlar) ta’minot shchit va yig‘malarini ayrim elektr iste’molchilar bilan bog‘laydi.
Elektr ta’minot tarmoqlari quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin: bir faza va nolli ikki simli; ikki fazali ikki simli; o‘zgarmas tokli ikki simli; uch fazali uch sim bilan; uch fazali to‘rt simli.
Ta’minot shchitlari bilan ta’minot manbalarini o‘zaro joylashishiga qarab avtomatlashtirish sistemalarining elektr ta’minoti turli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin . a-bir tomonlama radial; b-ikki tomonlama radial; v-radial-magistralli; g-bir yoki ikki tomonlama magistralli; d-ikki mustaqil ta’minotli magistrali.
Mabodo ta’minot shchit va yig‘malari ta’minot manbasiga nisbatan turli tomonga joylashgan bo‘lsa va shchitlar orasidagi masofalar katta bo‘lgan holatda ta’minot tarmog‘i sxemasi qo‘llaniladi.
Shchit va yig‘malar orasidagi masofa ta’minot manbaiga nisbatan ancha yaqin joylashganda magistralli sxemalar tanlanadi.
Taqsimot tarmoqlari, odatda, radial shaklda olinib, unda elektr iste’molchi shchitga ayrim radial chiziq bilan ulanadi.
Boshqarish va himoya apparatlari elektr ta’minot tarmoqlarida quyidagicha qullanilishi mumkin:
Ta’minot yo‘llarida- avtomatik uzgich yoki rubilnik –saqlagich; bularni ta’minot manbaiga ulangan joyga, shuningdek, shchit va yig‘malar kirishiga o‘rnatiladi;
Ijro mexanizmlar elektrodivigatellarining zanjiriga–avtomatik uzgich va magnit ishga tushirgich yoki rubilnik, saqlagichlar va magnit ishga tushirgich.
Asbob, avtomatlashtirish vositalari, transformatorlar, to‘g‘rilagichlar zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich;
Signallash sxemalari ta’minot zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich;
Shchitlarning yoritish zanjirlarida uzgich va saqlagich.
Elektr ta’minotining taqsimot va ta’minot tarmoqlarida paketli uzgichlar rubilniklar, boshqarish kalitlari va tumblerlarni qo‘llash mumkin.
Loyihalashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
Elektr iste’molchining o‘zida uzgich va saqlagichlar nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqarish va himoya apparatlari o‘rnatilmaydi;
Elektr ist’emolchilarni zanjirida saqlagich bhlsa faqat boshqarish apparati tanlanadi;
Yerga tutashtirish simlariga boshqarish va himoya apparatlarini o‘rnatish taqiqlanadi;
Zanjirlari o‘zaro bog‘langan qurilmalarda (masalan, datchik va ikkilamchi asbob) umumiy boshqarish va himoya apparatlari nazarda tutiladi;
Murakkab, katta ma’sul avtomatlashtirish sistemalarida kuchlanishni nazorat qilish nazarda tutilishi kerak.
Elektr ta’minot sxemasi har bir shchit va yig‘ma uchun alohida loyihalanadi va sxemada boshqarish apparatlari (rubilnik, uzgich, qayta ulagich), himoya apparatilari (avtomat, saqlagich), o‘zgartirgich (to‘g‘rilagich, transformator, stabilizator), yoritish chiroqlari, razvetkalar va apparatlar orasidagi elektr aloqa yo‘llari ko‘rsatilishi kerak. Apparatlar yoniga harf-raqam belgilari ko‘rsatilib, ularning harakteristikalari elementlar ro‘yhatida keltirilishi lozim.
Sxemaning pastki qismida odatda jadval berilib, unda shu shchitdan ta’minlanadigan barcha elektr iste’molchilar joylashtiriladi; jadvalda spesifikatsiya bo‘yicha pozitsiyasi, quvvati, kuchlanishi va o‘rnatilagn joyi ham berilishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-1 pozitsyadagi gaz sarfini Endress Xauzer firmasiga tegishli Ultrazvukli sarf o’lchash datchigi (o’lchash diapazoni 0 ÷452381 m3/ch) Prosonic flow 93p markali datchigi bilan nazorat qildinadi
|