• Tekshirdi
  • Elektronika va avtomatika




    Download 275,43 Kb.
    Sana01.12.2023
    Hajmi275,43 Kb.
    #109138
    Bog'liq
    4 148IChMT Baxodirxonova.M Maishiy elektr hisoblagichlarni qiyoslash
    Elektr qurilmalarining

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” fakulteti
    “METROLOGIYA, TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH” kafedrasi
    5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlari bo’yicha) ta’lim yo`nalishi
    4-kurs 148-20 guruh talabasi Baxodirxonova Mamnunaxonning
    Ishlab chiqarishning metrologik ta`minoti fanidan
    Mustaqil ish
    Mavzu: Maishiy elektr hisoblagichlarni qiyoslash.
    Tekshirdi: Ergashev.F.A.

    Toshkent-2023

    Reja:
    Kirish.


    Asosiy qism:
    I. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi.
    1.1. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish.
    1.2. Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi.
    II. Hisobga olish uskunalarini qiyoslash.
    2.1. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi.
    2.2. Hisobga olish uskunalarini o‘rnatish tartibi.
    Foydalanilgan adabiyotlar.
    Xulosa.

    Kirish.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va his ng avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qarori asosida o‘rnatilgan hisobga olish uskunalari, shuningdek, o‘lchov komplekslarini navbatdagi davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun tadbiq etilmaydi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan iste’molchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan o‘tkazmasdan o‘rniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar o‘rnatiladi. Hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob, hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.


    Murojaatlarni shakllantirish va yuborish.


    Talabgorlar (maishiy extiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda, maishiy extiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardagi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga HETK murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. Talabgordan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi. Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
    Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:
    a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
    jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
    HETKdan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi;
    yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
    Bunda o‘lchash vositalarini, hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha bir vaqtda murojaat qilinganda yig‘im summasi bir marta undiriladi. Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki o‘rnatish uchun yig‘im undirilmaydi. Maishiy iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun elektr energiyasini hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish xarajatlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
    Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
    Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
    Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
    20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
    20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilinganda);
    qolgan mablag‘lar ta’minotchi korxonaning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga ko‘ra ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HETK mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
    b) HETKka to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish uchun:
    jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
    yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Bunda, yig‘imlar summasi to‘liq ravishda HGTT ning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Iste’molchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan o‘tkazilganligi uchun to‘lovlar HETK hisobidan amalga oshiriladi. Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, yig‘imlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lovning amalga oshirilmaganligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. So‘rovnomada hisobga olish uskunasi bilan bog‘liq ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi aniqlangan taqdirda, so‘rovnoma rad etilmaydi. Bunda, HETK xodimlari tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘langan holda yoki joyiga chiqib aniqlik kiritiladi. Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Talabgorlar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng real vaqt rejimida HETKga elektron shaklda yuboriladi (qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilinganda, metrologiya xizmatiga ham yuboriladi). YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, so‘rovnoma avtomatik tarzda HETKga elektron shaklda yuboriladi (qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilinganda, metrologiya xizmatiga ham yuboriladi).
    Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi.
    Hisobga olish uskunalarini yechish HETK vakillari tomonidan talabgor ishtirokida amalga oshiriladi. HETK xodimlari so‘rovnoma kelib tushganidan so‘ng 5 ish kuni ichida talabgor bilan kelishib, uning ishtirokida dalolatnomani 2 nusxada tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib oladi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorga topshiriladi, ikkinchi nusxasi HETK xodimida qoldiriladi. Talabgor hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilganda, hisobga olish uskunasi HETK tomonidan dalolatnoma bilan birga metrologiya xizmatiga topshiriladi. Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda bo‘lmagan taqdirda, so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami (elektron manzili, internet va ijtimoiy tarmoq) orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi muhri bilan rasmiylashtiriladi va murojaat ko‘rmasdan qoldiriladi. Murojaat ko‘rmasdan qoldirilganligi haqida HETK mas’ul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan xabarnoma tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor xabarnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida Markazga qayta murojaat qilgan hollarda undan yig‘im undirilmaydi.
    Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi.
    Hisobga olish uskunasi HETKdan qabul qilib olinganidan so‘ng 3 ish kuni ichida metrologiya xizmati tomonidan qiyoslashdan o‘tkaziladi. Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqli deb topiladi va metrologiya xizmati tomonidan hisobga olish uskunasining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi. Hisobga olish uskunasi uning hisoblash mexanizmi va sozlash elementiga o‘zgartirish kiritishning oldini olish maqsadida metrologiya xizmati tomonidan tamg‘alanadi. Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi salbiy bo‘lganda,hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va bu haqda shu kunning o‘zida metrologiya xizmati mas’ul xodimi tomonidan hisobga olish uskunasining yaroqsizligi haqida xabarnoma rasmiylashtiriladi. Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng real vaqt rejimida metrologiya xizmati mas’ul xodimi ularni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, HETKga, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboradi. HETK sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so‘ng 2 ish kuni ichida xisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketadi. Xabarnoma olingan taqdirda HETK hisobga olish uskunasini 3 ish kunida ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish chorasini ko‘radi. Elektr energiyani hisobga olish uskunasini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirishga doir sarf-xarajatlar HETK tomonidan qoplanadi. Ta’mirlangan hisobga olish uskunasi HETK tomonidan 2 ish kunida metrologiya xizmatiga taqdim etilishi lozim. Metrologiya xizmati hisobga olish uskunasini reglamentdaning  nazarda tutilgan tartibda qiyoslashdan o‘tkazadi. Bunda, qayta qiyoslash uchun talabgor yoki HETKdan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
    Hisobga olish uskunalarini o‘rnatish tartibi.
    HETK xodimlari hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida ushbu Reglamentga  muvofiq hisobga olish uskunasini o‘rnatish to‘g‘risida uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alaydi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorda qoldiriladi. Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) o‘rnatish (qiyoslashdan o‘tkazmasdan) talab etilganda HETK plomba qo‘yishni hisoblagich o‘rnatilgandan so‘ng bir vaqtda amalga oshiradi. Xizmat ko‘rsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi o‘rnatilganligi haqidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi. Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda bo‘lmagan taqdirda, bu haqda xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi muhri bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma HETK mas’ul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar.



    1. https://lex.uz/ru.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2019 yildagi 698-son

    Xulosa
    Davlat xizmatlari markazlari, HETK va metrologiya xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.


    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
    Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
    Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
    Download 275,43 Kb.




    Download 275,43 Kb.