• Maydoniy tranzistorlarda yasalgan kuchaytirgichlar.
  • Elektronika va Sxemalar




    Download 178,09 Kb.
    bet6/10
    Sana24.01.2024
    Hajmi178,09 Kb.
    #144526
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu mdya-tranzistorlarning volt-amper xarakteristikalari va p

    Teskari aloqa deb chiqishdagi yoki biror oraliq zveno qurilmasi chiqishidagi energiyaning bir qismini uning kirishiga uzatishga aytiladi. Buning uchun sxemaga maxsus zanjir kiritiladi va u teskari aloqa zanjiri deb ataladi. Bu zanjir kuchaytirgich chiqishidagi quvvatning bir qismini uning kirishiga uzatishga hizmat qiladi. Bir bosqichni o‗z ichiga oladigan teskari aloqa – mahalliy, ko‗pbosqichli kuchaytirgichning ba‘rini o‗z ichiga oladigan teskari aloqa - umumiy deb ataladi.
    Teskari aloqaning mavjudligi qurilma chiqishidagi signalning, demak kuchaytirish koeffisientining ham ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Birinchi holatda kirish signali fazasi bilan teskari aloqa signali fazalari bir – biriga mos keladi va ularning amplitudalari ko‗shiladi – bunday teskari aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi. Ikkinchi holatda esa fazalar teskari bo‗lib, amplitudalar bir - biridan ayiriladi – bunday teskari aloqa manfiy teskari aloqa deb ataladi.
    Kuchaytirgichlarda faqat manfiy teskari aloqa (MTA) qo‗llaniladi. MTA ning kiritilishi signal kuchayishini kamaytiradi, lekin parametrlarning barqarorligi ortadi va nochiziqli buzilishlar kamayadi.
    38 – rasmda manfiy teskari aloqali bir bosqichli kuchaytirgich sxemasi keltirilgan.



    1. – rasm.



    Maydoniy tranzistorlarda yasalgan kuchaytirgichlar. Maydoniy tranzistorlardan kuchaytirgich yasashda umumiy istok (UI) sxemada ulangan maydoniy tranzistorlar keng qo‗llaniladi. 39 –rasmda n – kanalli p–n o‗tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi keltirilgan. p–n o‗tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorda stok va zatvorga berilayotgan kuchlanish ishoralari (qutblari) bir - biriga teskari bo‗lishi kerak. Shu sababli o‗zgarmas tok bo‗yicha rejim hosil qilish uchun RI rezistor kiritiladi va u ketma-ket MTAni hosil qiladi. Bundan tashqari, kuchaytirgich parallel kirishlariga RSIL rezistor ulanadi va u zatvorni umumiy shina bilan galvanik aloqasini ta‘minlaydi va kuchaytirgich kirish qarshiligini barqarorlaydi.
    Berilgan IS0 sokinlik toki uchun RI kattaligi maydoniy tranzistor stok – zatvor VAXsidan aniqlanadi. VAXdan UZI0 ni aniqlab RI ni quyidagi ifodadan qiynalmas aniqlash mumkin:






    1. – rasm.

    Kirishga o’zgaruvchan signalning musbat yarim davri UKIR berilganda chiqishda teskari fazadagi signal UChIQ hosil bo‗ladi, ya‘ni UI sxemadagi kuchaytirgich bosqichi kirish signalini inverslaydi.





    Download 178,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 178,09 Kb.