Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.01.2024
Hajmi0,72 Mb.
#130060
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU. ELEKTRONIKA VA SXEMALAR1.
axborot tizimlari , 10 Informatika JavoblarUZB 10, Diskret tuzilmalari a №2, Diskret tuzilmalari a №1, Aniq integrallar misollar, otabek, «yurak yetishmovchiligi» yurak yetishmovchiligi, https1, 14-16-YOSHLI FUTBOLCHILARNI TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI, Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish, O\'zbek tili sessiya javoblari (2)
1.3 Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1
Oxirgi yillarda dunyoning bir qancha davlatlarida, shular qatorida bizning davlatimizda
ham, raqamli avtomatik kommutatsion stansiyalar, uzatishning raqamli, tolali-optik
tizimlari, sputnik aloqa tizimlari bilan jihozlangan har xil xarqaro telekommunikatsion
tarmoqlar ishlab chiqilmoqda va ekspluatatsiya qilinmoqda.
XIX asr boshlarida magnetizm va elektr sohalaridagi bajarilgan ilmiy tadqiqotlar elektr
va magnit hodisalarining muhim xususiyatlarini,
ya’ni elektr zaryadlangan zarrachalarning
harakati doimo magnit xodisalari bilan birga sodir
bo‘lishini va ularning mutloq
bog‘liqligini ochib berdi. Bu bilan 1600 yilda Gilbert tomonidan ta’kidlangan elektr va
magnit hodisalarining har biri mustaqil va
o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar ekanligi
haqidagi tushuncha mutlaqo
noo‘rin ekanligi isbotlab, 1831 yilda Faradey elektromagnit
induksiyasi hodisasini ochdi. U magnit maydoni yoki tokli konturga nisbatan harakat
qilayotgan boshqa konturda tok hosil
bo‘lishini aniqladi. Shunday qilib, elektr hodisalari
ham magnit hodisalari jarayonining natijasida hosil qilinishi mumkinligi
ko‘rsatib berildi.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1
Bundan keyingi tadqiqotlarda, juda kichik uzunlikdagi elektromagnit
to‘lqinlar hosil
qilinishi va tarqalishi, radio ixtiro qilinishi, radioaloqaning amalga oshirilishi, amaliy va
nazariy radiotexnikaning shu kabi keyingi yutuqlari Maksvellning elektromagnit maydoni
nazariyasini eksperimental tasdiqladi.
Barcha qilingan ixtirolar elektr va magnetizm hodisalari orasida chuqur
bog‘liqliklar
mavjudligini
ko‘rsatadi. Elektromagnit hodisalar sohasiga taalluqli bo‘lgan nazariy
tushunchalarning umumiy majmuasida elektr va magnit zanjirlari nazariyasi
ko‘proq
rivojlanishga erishmoqda. Elektr zanjirlar nazariyasining poydevorida Om (1827 y.), Joul
(1841 y.), Lens (1842 y.) va Kirxgof (1847 y.) asos solgan qonunlar yotadi. Uning keyingi
rivojlanishida
ko‘pgina olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Telekommunikatsiya va elektr
o‘lchash texnikasi, elektroenergetik tizimlari, tezkor
elektron hisoblash mashinalari, axborot texnologiyalari, avtomatik boshqaruv va nazorat
tizimlarining misilsiz murakkablanishi va rivojlanishi natijasida ularni tahlil qilish uchun
umumlashtirilgan uslublarni ishlab chiqish zarurati
tug‘ilmoqda.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1
Ular vositasida shu murakkab tizimlarning alohida qismlari
bo‘lgan va ma’lum
vazifani
bajaruvchi
elektr
zanjirlarining
bir
qancha
elementlari
o‘zlarining
umumlashtirilgan parametrlari orqali qaraladi. Zanjirning bunday elementlari komleksi
sifatida, masalan, simli aloqa tizimlaridagi, radio, teleuzatishlardagi, elektr
o‘lchashlar,
avtomatik boshqarish va nazoratidagi signallar generatorlari, kuchaytirgichlari, energiya
manbalari, elektron hisoblash mashinalaridagi mantiqiy vazifalarni bajaruvchi bloklari,
diskret raqamli
o‘zgartkichlari va h.k.bo‘lishi mumkin.
Bunday alohida komplekslar tarkibiga parametrlari tokka
bog‘liq bo‘lmagan
zanjirning chiziqli elementlari, masalan rezistorlar, induktivliklar, kondensatorlar hamda
parametrlari tok yoki kuchlanishga
bog‘liq bo‘lgan zanjirning nochiziqli elementlari,
masalan elektron lampalar, tranzistorlar, ferromagnit
o‘zakli induktiv g‘altaklar kirishi
mumkin. Zanjirning bunday elementlari
o‘zaro turlicha sxemalarda ulangan bo‘ladi va
shu komplekslarning tarkibida yetarli darajada murakkab sxemalarni hosil qiladi.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1
Murakkab tizimlarni tahlil qilishning umumlashtirilgan uslublari, tizimning bir
qismi
bo‘lgan ushbu alohida komplekslarning o‘zaro ta’sirini tadqiqot qilish imkonini
beradi. Bunday umumlashtirilgan uslublarni qurishning
boshlang‘ich asoslari sifatida,
nisbatan murakkab
bo‘lmagan elektr zanjirlarini hisoblashda qo‘llanilgan, elektr
zanjirlarining fizik qonuniyatlari ishlatiladi.
Shuningdek, kosmik radioaloqa va radioastronomiya hamda yangi elektrofizik va
elektrotexnologik
qurilmalarda
elektr,
magnit
maydonlarini
va
elektromagnit
nurlanishlarini yanada tezkorlik va keng
qo‘llanilishi natijasida elektromagnit
maydonlari va elektr zanjirlar nazariyalarining kelgusidagi yanada rivojlanishi
kutilmoqda.
Bayon qilingan fikrlar hamma vaqt, ayniqsa hozirgi kunda, oliy elektrotexnik
ta’limning nihoyatda yuqori ilmiy darajada tashkil etilishi zaruratini taqozo etadi. Bu
yo‘nalishda XX asrda O‘FAning akademigi G‘ofur Rahimovich Rahimov asos slogan.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1
Elektr zanjirlari nazariyasi (EZN) fani, bir tomondan, fizika (elektr va magnetizm) va
matematika (tushuntirish usullari) fanlari asosida tashkil topgan
bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, shu fanlarning rivoji uchun ham
o‘z hissasini qo‘shdi, ya’ni fizikaning
elektromagnit hodisalarini tahlil qilish qismlariga asos soldi, hamda matematika fanida
tasvirlash usulini rivojlantirdi. Shu bilan birga, elektr zanjirlar nazariyasining rivojlanishi
bir qator yangi fizik tushunchalar, fizik qonunlarning yangicha talqini, maxsus matematik
usullarning rivojlanishi, aynan elektr zanjirlarida va uskunalarda sodir
bo‘ladigan tipik
hodisalarni tahlil qilish va
ta’riflashda yangi fizik-texnik masalalarning qayta qo‘rilishiga
olib keldi.
Kompyutergacha
bo‘lgan davrda muhandis minimal hisoblashlardan foydalanib,
nisbatan sodda
bo‘lgan zanjirlarni sintez qila olar edi. Bunda zanjirning maketi tuzilib,
o‘lchovlar bajarilib, sozlash, sinov ishlari o‘tkazilar va natijaviy variant hosil qilinar edi.


E L E K T R O N I K A VA S X E M A L A R 1

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar

Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish