|
“Elektronika va sxemalari 2” fanidan tayyorlagan 3-Mustaqil ish Bajardi: Boboqulov. D
|
bet | 1/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #247187 |
Bog'liq 3-mustaqil ish - Kompyuter injiniring fakulteti 2-kurs Ki-13-22 guruh talabasi Boboqulov Durbekning
- “Elektronika va sxemalari 2” fanidan tayyorlagan
- 3-Mustaqil ish
- Bajardi: Boboqulov. D
- Qabul qildi: Jamolova.G. M
- Qarshi-2024
- INTEGRAL MIKROSXEMALAR (IMS) HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
- REJA:
- 9.1. Integral mikrosxemalar haqida umumiy ma’lumotlar.
- 9.2. Pardali va gibrid mikrosxemalar.
- 9.3. Yarim o‘tkazgichli IMSlar.
Tayanch iboralar: yarimo’tkazgichlar; integral mikrosxema;diod; rezistorlar; kondensator, gibrid mikrosxema; tranzistorlar; emmiter; kollektor; baza;dielektriklar; kuchaytirgich. - 9.1. Umumiy ma’lumotlar
- Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
- Integral mikrosxema (IMS) elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida yagona konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaradi.
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi. - IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi.
- IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega.
|
| |