• 4.2. Elektr yuritmani reostatli ishga tushirishdagi oʻtkinchi jarayonlarni hisoblash.
  • Elektr yuritmalardagi oʻtkinchi jarayonlar




    Download 136,56 Kb.
    bet14/21
    Sana09.06.2024
    Hajmi136,56 Kb.
    #261909
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yic-hozir.org

    4. Elektr yuritmalardagi oʻtkinchi jarayonlar.
    4.1. Umumiy ma’lumotlar.
    Elektr yuritmani bir holatidan boshqa holatiga oʻtishda oʻtkinchi jarayonlar sodir boʻladi: ishga tushirishda, tormozlashda, reverslashda, yuklamaning keskin oʻzgarishida, tezlikni pogʻonali rostlashda. Elektr yuritma ishida oʻtkinchi jarayonlar katta ahamiyatga ega boʻladi. Elektr dvigatelni quvvatini aniqlashda, boshqarish apparatlari va tizimini tanlashda oʻtkinchi jarayonlarni hisobga olish zarur. Oʻtkinchi jarayonlar elektr yuritmalarda turli holatlarni yuzaga keltiradi – dvigatel tezligi, toki, momentini oʻzgarishi; dvigatelni qizishi; mexanik, elektromagnit va issiqlik jarayonlari sodir boʻladi.
    Mexanik va elektromagnit xodisalar, issiqlik jarayonlarga nisbatan, juda tez oʻtadi. Shuning uchun mexanik va elektromagnit xodisalarni elektromexanik jarayonlarga birlashtirib, issiqlik jarayonlardan alohida hisoblanadi. Elektromexanik oʻtkinchi jarayonlarni hisoblash natijasida ω = f(t), I = f(t), M=f(t) bogʻlanishlar hosil qilinadi, dinamik yuklamalar aniqlanadi va tanlangan dvigatelni shu yukamalarga mosligi tekshiriladi.


    4.2. Elektr yuritmani reostatli ishga tushirishdagi oʻtkinchi jarayonlarni hisoblash.
    Elektr yuritmani ishga tushirishda aylanish tezligi, tok va moment vaqtga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. ω = f(t), I = f(t), M=f(t) bogʻlanishlarni differentsial tenglamalarni yechib hosil qilish mumkin:
    • elektr yuritmani harakati tenglamasi


    M = cJ; M = Mc + J(dω/dt);


    U = cω + JR;


    • tezlik tenglamasi


    ωc = ω + Tm (dω/dt);


    Bu tenglamalarni yechimi oʻtkinchi jarayondagi tezlik, tok va moment tenglamalarini beradi:


      ;
      ;
     
    Bu erda,  - tezlik, tok va momentni turgʻun qiymatlari;

     - tezlik, tok va momentni boshlangʻich qiymatlari;
    t – oʻtkinchi jarayon vaqti;
    Tm - oʻtkinchi jarayonning vaqtining doimiysi.
    Vaqtning elektromexanik doimiysi:
    • mustaqil qoʻzgʻatgichli dvigatel uchun:


    TM = (J∙ω0)/ MK = (J∙RΣ)/ (кФ)2 = (J∙RΣ)/ c2


    • asinxron dvigatel uchun:


    TM = (J∙ω0)/ MK = (J∙ω0∙SH)/ M


    Oʻtkinchi rejim vaqti har bir pogʻona uchun aniqlanadi
    ti = TM ln [(MK – Mci) / (Mi – Mci)]
    Tabiiy xarakteristika boʻyicha yuritmani tezlanish vaqti
    tt = (3÷4) TM
    Tenglamalarni parametrlari ishga tushirish grafiklaridan olinadi(3.5,3.6, va AD uchun 3.10-rasmlar).
    Vaqtning 0 dan ti qiymatlari uchun M va ω lar hisoblanadi va oʻtkinchi jarayon grafiklari quriladi.

    t, sek















    M, Nm















    ω, rad/sek
















    4.1-jadval.Oʻtkinchi jarayon grafigini qurish uchun jadval


    4.1- rasm: Elektr yuritmani reostatli ishga tushirishdagi oʻtkinchi jarayon grafiklari.

    Yuritmani toʻliq tushirish vaqti aniqlanadi:


    tit = t1 + t2 + t3+…+ te


    Download 136,56 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 136,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr yuritmalardagi oʻtkinchi jarayonlar

    Download 136,56 Kb.