|
Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya
|
bet | 9/21 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 136,56 Kb. | | #261909 |
Bog'liq Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yic-hozir.orgUzatuvchi qurlma
Elektr dvigatel
Ishchi mexanizm
3.2-rasm: Elektr yuritmani struktura sxemasi.
Aylanuvchi massalarning keltirilgan inertsiya moment:
Boʻylama xarakatdagi massalarning keitirilgan inertsiya moment:
Elektr dvigatel
Uzatuvchi qurilma
Ishchi mexanizm
Keltirilgan sxema
3 .3rasm:
keltirilgan kattaliklarni hisoblash sxemasi.
Aylanma va boʻylama xarakatli yuritma uchun:
3.5. Elektrodvigatelni tabiiy, ishga tushirish xarakteristikalarini hisoblash va grafigini qurish.
Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok dvigatellari turli mexanik xususiyatlarga ega va ularning mexanik xarateristikalari turlicha koʻrinishda boʻladi. Dvigatellarni tabiiy mexanik xarakteristikalari passport kattaliklari boʻyicha tegishli tenglamalar yordamida hisoblanadi. Hisoblash usullari tenglamalar va mexanik xarakteristikalarni koʻrinishiga bogʻliq boʻladi.
Masalan: Mustaqil qoʻzgʻatishli oʻzgarmas tok dvigatelni mexanik xarakteristikasi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi, shuning uchun uni 2ta nuqta boʻyicha qurish mumkin: 1) ω = ωo ; M = 0. 2) ω = ωH ; M = MH.
Demak dvigatelni mexanik xarakteristikasini qurish uchun shu ikkita nuqtani koordinatlarini hisoblash yetarli boʻladi.
3.5.1. Oʻzgarmas tok dvigatelini tabiiy va suniy mexanik xarakteristikalarini hisoblash va grafigini qurish tartibi.
Dvigatelning nominal FIK aniqlanadi:
ηH = PH103 / UHIH
Dvigatel yakorining qarshiligi topiladi:
RЯ = 0,5 (1 - ηH) (UH/IH) [ Om ]
Salt ishlash burchak tezligi hisoblanadi:
ω0 = ωHU / (U-IHRЯ) [ rad/sek ]
bu yerda: ωH = nH / 9,55 [ rad/sek ]
Salt ishlash aylanish tezligi aniqlanadi:
n0 = 9,55 ω0 [ rad/sek ]
Nominal moment hisoblanadi:
MH = PH103 / ωH (N∙m)
Dvigatelning tabiiy mexanik xarakteristikasi 2ta nuqta koordinatlari boʻyicha quriladi: “a” nuqta: ω0 va M = 0; “b” nuqta: ωo va MH
3.4-rasm: Mustaqil(paralel) qoʻzgʻatishli OʻTDni tabiiy va suniy mexanik xarakteristikalari.
Dvigatelning suniy xarakteristikasi ham ikki nuqta orqali oʻtadi
“a” nuqta: ω0 va M = 0
“c” nuqta: ωP va MH
bu yerda, ωP – dvigatel yakoriga qoʻshimcha RP = 6RЯ qarshilik qoʻshilgandagi burchak tezlik quyidagicha hisoblanadi
ωP = ω0 [ 1-(IH (R2+RP) / UH)] [ rad/sek ]
|
| |