Elektrotexnika fakulteti» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar




Download 0,7 Mb.
bet4/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,7 Mb.
#248368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
AZAMJONOV OMADILLO BMI

I. UMUMIY QISM.
1.1 Podstansiyalardagi elektr qurilmalarning asosiy qismlari va texnologik jarayondagi o‘rni.
Elektr tarmoqlarida podstansiyalar ayrim iste’molchilarni yoki butun bir tumanni elektr energiya bilan ta‘minlash uchun, energotizimni bir qismini yoki turli energotizimlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Podstansiyalarni yuqori kuchlanish shinalari energotizimning tugun nuqtasi bo‘lib, unda bir nechta podstansiyalar parallel ishlashga biriktirilishi mumkin.
Podstansiyalar elektr ta’minoti tizimini asosiy pog‘onasi xisoblanadi. Ularni elektr energiya tizimida joylashishiga qarab shahar, tuman elektr tarmoqlari podstansiyasi yoki sanoat korxonalari podstansiyasi deb ham yuritiladi. Tuman podstansiyasi asosan tuman elektr tarmog‘idan energiya iste’mol qiladi va sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi. Sanoat korxonalari maydonida ruxsat etilgan transformator podstansiyalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Bosh pasaytiruvchi podstansiya ochiq taqsimlash qurilmasi orqali energiya tizimidan 110, 35 kV kuchlanishli elektr energiyani korxona tarmog‘i uchun 10, 6 kV kuchlanishli elektr energiyaga aylantirib tsex transformator podstansiyasiga beradi.
2. Transformator podstansiyasi va yopiq taqsimlash qurilmasi orqali 10, 6 kV kuchlanishli elektr energiyani 0,4 kV kuchlanishga pasaytirib beradi.
Podstansiyalar vazifasi bo‘yicha iste’molchilarni va energotizimni podstansiyalari bo‘ladi. Energotizim podstansiyalari shinalar orqali energotizimni ayrim tumanlari bilan bog‘lanadi. Odatda bu 500, 220 kV li yuqori kuchlanishli podstansiyalardir. Iste’molchilarning podstansiyalari iste’molchilar o‘rtasida elektr energiya taqsimlash uchun xizmat qiladi. Podstansiyani sxemasi podstansiyani ta’minlovchi tarmoqga ulanish usuli va vazifasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi lozim.
1. Podstansiya iste’molchilarini energiya bilan ishonchli ta’minlashi hamda normal va avariyadan keyingi rejimlarda magistral va tizimlararo aloqa bo‘yicha quvvat uzatishni ta’minlash, rivojlanish istiqbollarini xisobga olishi;
2. Asta-sekin kengayish imkoniyati mumkinligi;
3. Avariyaga qarshi avtomatika talabini xisobga olishi;
4. Qo‘shni ulanishlarni uzmay, sxemani ayrim elementlarida ta’mirlash va foydalanish ishlarini olib borish mumkinligi.
Podstansiyalar tarmoqqa ulash usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Tupikli - energiyani bitta elektr uskunasidan bitta yoki bir nechta parallel liniyalar orqali oladigan podstansiya.
2. Shoxlanuvchi - bitta yoki ikkita o‘tayotgan liniyalarga uzilmas qilib ulab qo‘yiladi.
3. O‘tkazuvchi- ikki tomonlama yoki bir tomonlama energiya oladigan bitta yoki ikkita liniyani uzilishiga ulanadi.
4. Tugunli - ta’minlovchi tarmoqni ikkitadan ortiq liniyasi ulangan, liniyalar ikkita yoki ko‘proq elektr uskunalaridan kelgan bo‘ladi.
Podstansiya sxemalari vazifasi va tarmoqqa ulanish usuliga bog‘liq va quyidagilarni ta’minlashi kerak:
1.Iste’molchilar ta’minotini ishonchliligi va normal va avariyadan so‘ng rejimlarida tizimlararo yoki magistral aloqa liniyalardan quvvatni qayta oqishi;
2 Rivojlanishni istiqbollarini hisobga olinishini;
3.Hamma kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalarini kengaytirish imkoniyatlari;
4.Avariyadan so‘nggi avtomatika talablari hisobga olinishi;
5.Sxemani elementlarida qo‘shni ulanishlarni o‘chirmasdan ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish imkoniyatlari.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasi 1995-yil 1 ta 6300 KVA lik transformator bilan ishga tushirilgan. 2005-yilda bu transformator 16000 KVA lik transformatorga almashtirilgan. Podstansiyada 2017-yil qo‘shimcha 6300 KVA lik 2-transformator o‘rnatilgan. 2019-yil T1 16000 KVA lik transformator yangi 25000 KVA lik transformatorga almashtirilgan. Hozirgi kunda T1 - 25000 KVA T2 - 6300 KVA transformatorlar yordamida iste’molchilarga elektr energiya yetkazib bermoqda.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasi ham ikki transformatorli podstansiyalardan biri bo‘lgani uchun podstansiyaning yuqori kuchlanish tomoni avtomatik bog‘lovchi bilan ta’minlangan. Avtomatik bog‘lovchidan ikki tomonlama ishlaydigan uzgich o‘rnatiladi. Podstansiyalarni asosiy elektr uskunalariga shina qurilmalari, turli elektr apparatlari, kuch va o‘lchov transformatorlari, ximoya, avtomatika, signalizatsiya va o‘lchash qurilmalari kiradi.
Bu transformatorlarga kuchlanish ostida rostlanuvchi (RPN) kuch transformatorlari ham o‘rnatiladi. Podstansiyani kunlik yuklama diagrammasiga bog‘liq ravishda chiqish kuchlanishi rostlab turiladi.
Hozirda elektr energetika tizimi rivojlangan mamlakatlarda shu jumladan Rossiyada kuchlanish ostida rostlanuvchi kuch transformatorlari yuritmasini avtomatik boshqaruvchi mikroprotsessorli qurilma ishlab chiqildi va amaliyotga keng tadbiq etilmoqda.
Bu qurilmani vazifasi chiqish kuchlanishini stabillashdir. Qurilmadan transformatorni transformatsiyalash koeffitsiyentini avtomatik rostlash kompleksi tizimida yoki alohida qurilma sifatida foydalanish mumkin.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasida 2ta kiruvchi va 2ta chiquvchi liniyalar mavjud.

Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrotexnika fakulteti» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar

Download 0,7 Mb.