|
Elektrotexnika fakulteti» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar
|
bet | 3/18 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #248368 |
Bog'liq AZAMJONOV OMADILLO BMIV. Foydalanilgan adabiyotlar.
VI. Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo‘yicha maslahatchilar:
Diplom loyihasi qismlari boʻyicha maslahatchilar:
№
|
Diplom loyihasini qismlari
|
Boshlanish muddati
|
Tugalla-nish
muddati
|
Imzo
|
Maslahatchining
familiyasi
|
1
|
Kirish
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
2
|
Umumiy qism
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
3
|
Maxsus qism
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
4
|
Tеxnologik qism
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
5
|
Iqtisodiy qism
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
6
|
Xayot faoliyati xavfsizligi qismi
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
7
|
Xulosa va takliflar
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
8
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
9
|
Loyihaning grafik qismi
|
|
|
|
S.Abduraxmonov
|
Topshiriq berilgan sanasi: _____________
Tugallangan diplom loyihasini topshirish sanasi:
Kafedra mudiri: ____________ dotsent A. Shukuraliyev
Ilmiy rahbari ____________ katta oʻqituvchi S. Abduraxmonov
Topshiriqni oldim ____________ talaba O. Azamjonov
Mundarija
I. Umumiy qism
1.1 Podstansiyalardagi elektr qurilmalarning asosiy qismlari va texnologik jarayondagi o‘rni………………………………………………………………….11
1.2 Podstansiyalardagi elektr qurilmalarning ishlash rejimlari…………………...15
1.3 Podstansiyalardagi elektr qurilmalarini ishlatishdagi mavjud muamolar tahlili………………………………………………………………………………18
II. Maxsus qism.
2.1. Podstansiya elektr qurilmalarining ish rejimlari va yuklama grafiklari xisoblash usullari………………………………………………………………….19
2.2. Podstansiyaning shinalarida qisqa tutashuv toklarini hisoblash va kommutatsion apparatlarni tanlash va tekshirish……………………………...….22
2.3. Podstansiyaning rele himoyasi va avtomatik uskunalari……………………28
2.4. Podstansiyadagi elektr jihozlarni ishlatish va ta’mirlashni tashkil etish….…33
2.5. Hisoblashlardagi variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash…………...............38
2.6. Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari……………………………………………………..40
2.7. Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatishda ekologiya talablari……………………………………………………………………………44
III. Grafik qism.
3.1. Ishlab turgan «Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasi elektr ta’minotining bir chiziqli sxemasi………………………………………………………….……47
3.2. Ishlab turgan «Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasi elektr qurilmani joylashuv sxemasi……………………………………………………………….
3.3. 10 kV-li o‘chirgichlarning tuzilish chizmasi……………………………….
3.4. KRU yoki KRUN turlaridagi shkafning tuzilish sxemasi…………………..
3.5. Loyihalanayotgan 10 kV-li KRUN ni 2 chi navbati elektr qurilmalarini joylashuv va elektr sxemasi……………………………………………………..
Xulosa va takliflar…………………………………………………………….…48
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….49
KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida Loyiha ofisi tashkil qilingan bo‘lib, u xalqaro moliya tashkilotlari bilan ham ish yuritadi. Turli mamlakatlarning energetika sohalarini isloh qilish asnosida katta tajriba to‘plagan xalqaro ekspertlar jalb etilgan.
Ekspertlar tomonidan elektr energiyasining ulgurji raqobatdosh bozoriga izchil o‘tish nazarda tutilgan konsepsiya ishlab chiqilgan. Bunda uch bosqich 2021–2025 yillar davrida bosib o‘tiladi. Birinchi bosqichda elektr energiya korxonalarini erkinlashtirish va ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotishni ixtiyor etgan xususiy (mustaqil) ishlab chiqaruvchilar tomonidan litsenziyalar olish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich davomida elektr energiyasini taqsimlash tizimining yagona operatori yaratiladi, elektr energiyani isteʼmolchilarga sotishga oid vazifalar esa asta-sekin yetkazib beruvchilarga o‘tkaziladi. Isteʼmolchilar elektr energiyani savdo onlayn-platformasi yoxud istalgan yetkazib beruvchi orqali xarid qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Uchinchi bosqich – “Kun ichi (soatbay) savdolar”. Unga binoan, rejali asosda savdo maydonchasida soatbay ishlab chiqarilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyaning ortiqcha yoki tanqis hajmlarining onlayn oldi-sotdisi amalga oshiriladi.
Soha meʼyoriy-huquqiy negizini takomillashtirishga doir ishlar davom ettiriladi. Xususan, quyidagi loyihalar: O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonuni (bu borada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistral elektr tarmoqlari kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ekspertizasi bo‘yicha ishlar faol kechmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha soxalari, jumladan, ta’lim tizimi jaxon andozalari bilan uyg‘unlashuv yo‘nalishida rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi (29 avgust 1997 yil) va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’lim isloxatlarini amalga oshirishida muxim burilish yasamoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi-sifat bosqichida tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshishi bo‘yicha muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan, dars sifatini oshirishga alohida e’tibor berildi. Darsning sifatini oshirish, uni zamon talablariga muvofik xolda olib borishda o‘quv-dasturiy xujjatlarning ahamiyati benixoyadir. O‘quv-dasturiy xujjatlarda zamonaviy texnika, texnologiya va o‘qitish metodikalarini aks ettirilishi va ularni amalga oshirib borilishi zamonaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muxim omillaridan biri bo‘lib xisoblanadi.
Shuning uchun xam, o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirib borish o‘ta zarur masalalardan biri bo‘lib xisoblanadi.
Elektr energiyasining xozirgi zamondagi axamiyatini baxolash juda mushkul; xayotimizni va xar bir inson xayotini – ishlab chiqarishdami, biznesdami, turmushdami elektrsiz tasavvur qilish mumkin emas.
XX asrda sodir bulgan ilmiy-texnika revolyutsiyasining ikki muxim yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin.
Bu – odamning fizikaviy energiyasini boshqa energiya turlari (asosan elektr energiyasi) bilan to‘la almashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish yordamida odamlarni andozalangan operatsiyalardan (fizikaviy va aqliy mexnatlardan) ozod qilish. Shuning uchun, vatanimiz kompleks xo‘jaligining barcha soxalaridagi ilmiy-teknikaviy taraqqiyot energetika va avtomatika bilan aniqlanadi.
Turkiston energetika xo‘jaligini quvvati 1914-yilga kelib 20 ming kVt dan ozgina oshgan bo‘lib, 51 elektr stantsiyalardagi umumiy elektr motorlarni soni 500 tadan oshmas edi. 1917 yilgacha xozirgi O‘zbekiston xududidagi elektr statsiyalarini quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln. kVt.s. elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilshi katta axamiyatga ega bo‘ldi. 1923 yil Toshkent chekkasidagi Bo‘zsuv Kanalida gidroelektr stantsiyasi (GES) qurilishi boshlandi. 1926 yil O‘zbekiston energetikasining birinchisi, o‘sha vaqtda o‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GES ini birinchi navbatda ishga tushdi.
Respublikada quvvat o‘sishini asosini O‘zbekiston energetika tizimi tuzilgan paytda (1934 y) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalshidagi 180 ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stantsiyalari tashkil etadi.
O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig‘indisi 11,0 mln. kVt bo‘lgan, 37% issiqlik va suv elektr stantsiyalarini uz ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik elektr stantsiyalari, shu jumladan Sirdaryo GRES (8,0 mln. kVt), Toshkent (1,86 mln. kVt), Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy GRESi (1,25 mln. kVt) tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan elektr stantsiyalarda yagona quvvati 150 dan 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklar o‘rnatilgan. Loyixa quvvati 3,2 mln. kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik GRES ni qurilishi davom ettirildi.
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stantsiya kaskadlari bilan belgilangan. Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv xavzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt quvvatli Chorvog‘ GESi va 165 ming kVt quvvatli Xojikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. Qolgan GES lar esa suv oqimi bo‘lgan tartibda ishlaydi.
Energetika Respublika Kompleks xo‘jaligining asosiy soxasi xisoblanadi. O‘zbekistonda umumiy o‘rnatilgan quvvati 11043 mVt bo‘lgan 37 ta katta IES va GES; shu jumladan, IES – 9644 MVt, GES – 1399 MVt O‘zbekiston o‘zini energiya bilan butunlay ta’minlaydi.
Andijon viloyatida jami bo‘lib 115 ta podstansiyalar mavjud, bulardan 110/35/6 kV dan 6 ta , 110/35/10 kV dan 14 ta, 110/10 kV dan 20 ta, 110/6 kV dan 12 ta, 35/6 kV dan 13 ta, 35/10 kV dan 48 ta, 6/10 kV dan 1 ta mavjud. Bulardan biri Andijon shaxrida joylashgan ,,Mebel” 35/6 kV Podstansiya 1977-yilda ishga tushgan. ,,Mebel” podstansiyasida T-1 TMN-4 MVA 35/6 kV va T-2 TMN-6,3 MVA 35/6 KV ishlab kelmoqda va xozirgi kunga kelib iste’molchilarni talabi ortganligi sababli, qo‘shimcha quvvat talab qilinadi.
Bu elektr korxonalar ishonchli va samarali ishlashi lozim! Buning uchun yosh mutaxassisga quyidagilar zarur: Elektr stantsiya va podstansiyalarni o‘ta samarali va ishonchli sxema va joylanishlarni to‘g‘ri tanlashni, ularda qo‘llaniladigan elektr jixozlarini, transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlash, o‘rnatish joyi va boshqarishni bilishi kerak.
Bu xolatlarning boshqarish usullarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, qisqa tutashuv toklarini aniqlash, kuchlanishni rostlash imkoniyatlarini bilishi, elektr qurilmalarining rele ximoyasi, nazorat va boshqarish avtomatikasini tushunishi, elektr stantsiya va podstansiyalarni ratsional variantini tanlash masalalarini yecha olishi kerak.
|
| |