• II. Maxsus qism. 2.1. Podstansiya elektr qurilmalarining ish rejimlari va yuklama grafiklari xisoblash usullari.
  • Podstansiyalardagi elektr qurilmalarini ishlatishdagi mavjud muamolar tahlili




    Download 0,7 Mb.
    bet7/18
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #248368
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    AZAMJONOV OMADILLO BMI

    1.3 Podstansiyalardagi elektr qurilmalarini ishlatishdagi mavjud muamolar tahlili.
    Taqsimlovchi qurilmalarining elementlaridan bo‘lgan shinalarda ham shikastlanishlar uchrab turadi. Bularga shina izolyatorlari va uzgichlar chiqishlarining qoplanib qolishi, kuchlanish transformatorini, shina va uzgich orasiga o‘matilgan tok transformatorining shikastlanishi, uzgichlar izolyatorining va havo uzgichlarining ish mobaynida izolyatsiyalarining ishdan chiqishi, tarqatuv qurilmalarida ishlayotgan xizmat ko‘rsatuvchi shaxsning noto‘g‘ri ishlashlari sabab bo‘ladi. Turg‘unlik nuqtayi nazaridan shinalardagi shikastlanishlar bir lahzada o‘chirilishi talab qilinadi. Bu hollarda shikastlanishlani o‘chiruvchi maxus shina himoyalari talab qilinadi. Ba’zi hollarda transformator va generatorlarning himoyalari shinalar tizimidagi shikastlanishlarni tanlovchan o‘chira olmaydi. Bunga misollardan biri sifatida har bir ulanishda ikki uzgichli pasaytirish stansiyasini aytish mumkin. Birinchi shinalar tizimida qisqa tutashuv yuz berganda uzgichlar ishlab har ikkala shinalar tizimini manbadan uzadi, bu ko‘rinishdagi shikastlanishning oldini olish yoki o‘chirish maxsus shina himoyalari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib aytish mumkinki, maxsus shina himoyalari shunday hollarda qo‘llaniladiki, bunda ulanishlar himoyalari yetarli tezkorlik va tanlovchanlikni ta’minlay olmaydi. Shinadagi qisqa tutashuvni to‘xtatish uchun himoya barcha shinani ta’minlovchi ulanishlarni o‘chirishi kerak.
    «Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyasida komplekt yopiq taqsimlash qurilmalarida ham yuqorida aytib o‘tilgan muammolar mavjud. Bulardan tashqari moyli o‘chirgichlar bilan ishlash bir qancha muammolarni tug‘dirmoqda, xususan moy almashtirish jarayoni uzoq davom etishi, is’temolchilarni uzib ulash jarayonida moyning sifatiga ta’sir etishi va moy tez kuyishiga olib kelmoqda. Moyli o‘chirgichlarni portlash va yong‘in jihatidan xavfli, montaj va sozlash noqulay.
    II. Maxsus qism.
    2.1. Podstansiya elektr qurilmalarining ish rejimlari va yuklama grafiklari xisoblash usullari.
    Elektr ta’minoti tizimini loyihalashda bir qator hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Ularning natijalari asosida podstansiya uskunalari, o‘tkazgichlarning kesim yuzasi va materiali, elektr energiyasini eng samarali uzatish usullari, tarmoq konfiguratsiyasi va shu kabi asosiy parametrlarni tanlash imkonini beradi, hisobiy elektr yuklamalarini aniqlash ularning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olish keyingi barcha loyihalash pog‘onalari uchun birlamchi ma’lumot hisoblanadi.
    Har bir loyihalanayotgan va qurilayotgan elektr tarmog‘i iste’molchilarni yuqori sifatli elektr energiya bilan ishonchli ravishda ta’minlashi shart. Hisoblar uchun dastlabki asosiy ma’lumotlar, bu iste’molchilarni yuklamalari, stansiya va podstansiyalar joylashgan mintaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
    Iste’molchilar yuklamasi o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lmay, balki u vaqt, oy, yil davomida va fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Bundan tashqari xalq xo‘jaligini rivojlanishi va aholi farovonligini oshishi tufayli yuklamalarni muntazam ravishda o‘sishi mavjud. Masalan, hozirgi vaqtda televizorlarning o‘zi 1940-yillarda bo‘lgan mamlakatdagi hamma elektr stansiyalarning quvvatiga teng quvvatni iste’mol qiladi.
    Elektr energiyaning iste’mol qilish tartibi energetika uskunalari, ES, EUL va transformator podstansiyalarining ishlash tartibiga bog‘liqdir.
    Elektr yuklamalari grafigi deb, absissa o‘qida vaqt va ordinata o‘qida esa yuklama o‘lchamida, tokda yoki yuklama maksimumiga nisbatan foizda qo‘yilgan grafikga aytiladi va bu qandaydir bir keltirilgan vaqt davomida elektr energiyani qabul qilingan miqdori haqida ma’lumot beradi.
    Grafiklar sutka davomida, faslli, yillik, aktiv va reaktiv yuklamalar grafigiga bo‘linadi.
    Sanoat iste’molchilari yuklamalar grafigining turlari ishlab chiqarishdagi texnologiya jarayonlarining hususiyatlariga bog‘liq. Kommunal-maishiy korxonalarning yuklamalar grafigi yorituv uskunalari tufayli o‘ziga xos to‘satdan o‘zgaruvchan harakterga egadir.
    Podstansiyalarni elektr tarmoqlarini loyihalash va ishlatishda aktiv quvvat P, reaktiv quvvat Q va tok I bo‘yicha ish olib boriladi. Aktiv, reaktiv va tok yuklamasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish chizig‘i tegishli ravishda aktiv, reaktiv quvvat va tok bo‘yicha yuklama grafigi deb ataladi. Yuklamalar grafigi yuklamalarni hisoblashda va elektr ta’minoti tizimini ratsional bajarishda zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. Elektr yuklama alohida iste’molchilar, korxonadagi iste’molchilar guruhi, korxona va umuman zavodning elektr energiya iste’molini ko‘rsatadi. Podstansiyalarning elektr ta'minoti tizimini loyihalash va ishlatishda asosan uchta yuklama turi ishlatiladi:
    a) aktiv quvvat P;
    b) reaktiv quvvat Q;
    c) tok I;
    Yuklama grafigi hususiy va guruhiylarga bo‘linadi. Hususiy grafiklar P(t), Q(t), I(t) katta quvvatli elektr energiya iste’molchilarning (elektr pechlar, prokatli stendlardagi bosh yuritmaning o‘zgartirish agregatlari va boshqalar) yuklamasini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
    P(t)= Q(t)= I(t)=
    Elektr yuklama o‘lchov asboblari yordamida ko‘z bilan kuzatilishi mumkin. Vaqt bo‘yicha yuklamaning o‘zgarishini o‘zi yozuvchi asboblar bilan qayd etish mumkin. Ishlatilish sharoitida aktiv va reaktiv quvvat bo‘yicha yuklamani vaqt bo‘yicha o‘zgarishini odatda bir xil vaqt oraliqlarida o‘lchangan aktiv va reaktiv energiya o‘lchov asboblari ko‘rsatishlari bo‘yicha pog‘onali chiziqlar ko‘rinishida yoziladi.
    Yuklama grafigi hususiy va guruhiylarga bo‘linadi. Hususiy grafiklar p(t), q(t), i(t) katta quvvatli elektr energiya iste’molchilarning (elektr pechlar, prokatli stendlardagi bosh yuritmaning o‘zgartirish agregatlari va boshqalar) yuklamasini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
    Yuklamani guruhiy grafigi shu guruhga kiradigan iste’molсhilar yuklamalaming hususiy grafiklaridan tashkil topadi. Guruhiy grafiklarning doimiylik darajasi hususiy grafiklarning turi bilan va alohida iste’molchilar yuklamalarining texnologik ish rejimi bo‘yicha o‘zaro bog‘lanishi bilan aniqlanadi.
    Davomiyligi bo‘yicha yillik yuklama grafigi uskunalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hamda elektr energiyasi isrofini hisoblash yil davomida qurilmalardan foydalanishini baholashda va boshqarishda qo‘llaniladi.
    Amaldagi yuklama grafigi ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olib qayd qiluvchi asboblar yordamida olinishi mumkin. Iste’molchilarning kelajakdagi yuklama grafigi loyihalash jarayonida aniqlanadi. Uni ko‘rish uchun elektr iste’molchilarining o‘rnatilgan quvvati, ya’ni ularning nominal quvvatlari yig‘indisi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak.
    Hozirgi davrda elektr tarmoqlarida o‘rtacha isrof uzatilayotgan quvvatning 10% ni tashkil etib, u tufayli bir yil davomida ko‘riluvchi zarar mamlakat miqyosida yuz millionlab so‘mni tashkil etadi. Bu harajatlardan tashqari yil davomida tizimdagi isrofni qoplash uchun stansiya qurilmalariga qo‘shimcha uskunalar, reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalar, yoqilg‘i sarfi, qo‘shimcha xodimlar mehnatini qoplash va boshqalar uchun bir vaqtning o‘zida sarflanadigan qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi. Shuning uchun bu isrofni kamaytirish yo‘llarini qidirish va tadbirlarini ishlab chiqish uchun doimiy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish zarurdir.

    Download 0,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Podstansiyalardagi elektr qurilmalarini ishlatishdagi mavjud muamolar tahlili

    Download 0,7 Mb.