• 2.6. Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  • Elektrotexnika fakulteti» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar




    Download 0,7 Mb.
    bet15/18
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #248368
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    AZAMJONOV OMADILLO BMI

    II-variant.
    Rekonstruksiya uchun tanlab olingan KRUE seriya KORUS turidagi elegazli komplekt taqsimlash qurilmasi texnik xarakteristikasi.



    Parametri

    Qiymati

    1

    Nominal kuchlanishi, kV

    6, 10

    2

    Maksimal ishlash kuchlanishi, kV

    12

    3

    Nominal chastotasi, Hz

    50

    4

    Nominal toki, A

    2500

    5

    Nominal uzish toki, kA

    25

    6

    Qisqa tutashuv tokning so‘ndirilish davomiyligi, s

    2

    7

    Boshqaruv va yordamchi elementlar nominal kuchlanishi, V

    =220, =110

    8

    Yoqish/o‘chirish vaqti, s

    0.02-0.03

    9

    Xizmat qilish muddati, yil

    35

    10

    Gaz bosimi, MPa

    0,6

    11

    1 donasining tannarxi, so‘m

    145 000 000

    a) 1 dona KRUN tannarxi: CT=145,000,000 so‘m.


    b) Yo‘l harajatlari: CY=10,000,000 so‘m.
    c) O‘rnatish va ekspluatatsiyaga tayyorlash xarajatlari: Co‘r=10,000,000 so‘m.
    Bu taqsimlash qurilmasida 23ta o‘rnatamiz. N=23
    CK=N CT= so‘m
    Umumiy harajat miqdori:
    CU= CY+Co‘r+CK=10 000 000+10 000 000+ =3 355 000 000 so‘m
    2.6. Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    Komplekt taqsimlash qurilmalar o‘rnatiladigan joyida montaj qilingandan so‘ng PUE ning maxsus bandida ko‘rsatilgan hajmda sinovdan o‘tkaziladilar.
    KTQ elementlari: moyli uchirgichlar, o‘lchov transformatorlari, yuklama uchirgichlari, ventilli razryadlagichlar, saqlagichlar, ajratkichlar, kuch transformatorlari va transformator moylari uchun sinov me’yorlari quyida keltirilgan.
    1. Izolyatsiya qarshiligini o‘lchash:
    a) birlamchi zanjirlarni. 2,5 kV kuchlanishli megaommetr yordamida amalga oshiriladi.
    Birlamchi zanjirlari to‘liq yig‘ilgan, sinov natijalariga ta’sir etuvchi detallari va uzellari o‘rnatilgan KTQ izolyatsiyasining qarshiligi 1000 MOm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Sinovlarning qoniqarsiz natijalarida qarshilikni o‘lchash har bir element uchun alohida bajariladi, bunda har bir elementning izolyatsiya qarshiligi 1000 MOm dan kichik bo‘lmasligi kerak.
    Ikkilamchi zanjirlarni. 0,5—1,0 kV kuchlanishli megaommetr yordamida amalga oshiriladi. Ikkilamchi zanjirdagi har bir ulanma izolyatsiyasining qarshiligi, ulangan barcha apparatlar (rele, asboblar, tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari va ш.к.) bilan 1 MOm dan kichik bo‘lmasligi kerak.
    Elektr ulanmalarining asosiy sxemasi, o‘z ehtiyojlari sxemasi va operativ tok sxemasi, uskunalarni boshqarish, uskunalar va elektr stansiyasi yoki podstansiya kabel xo‘jaligini kabel xo‘jaliklari joylashtirilishi shunday bajarilishi kerakki, kabel xo‘jaliklarida yoki undan tashqarida yong‘in sodir bo‘lganda elektr stansiyasini bittadan ortiq bloklarini ish rejimini buzilishini oldi olingan bo‘lishi, podstansiya va taqsimlash qurilmalarining o‘zaro bir-birini zaxiralovchi ulanmalarini yo‘qotilishini oldi olinishi, shuningdek, yong‘inni aniqlash va o‘chirish tizimini ishdan chiqishini oldi olingan bo‘lishi kerak.
    Elektr stansiyalarida asosiy kabel oqimlari, texnologik qurilmalardan ajratilgan va begona odamlarning kabellariga kirishni istisno qiladigan kabel inshoatlari (qavatlar, tunnellar, shaxtalar va boshqalar)da yotqizilishi kerak.
    Yopiq taqsimlash qurilmalari bino inshoatlari va transformator kameralari yong‘inga chidamliligi bo‘yicha I yoki II darajali bo‘lishi kerak.
    Yopiq taqsimlash qurilmalarining aloxida turgan binolaridan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish bino va inshootlarigacha, shuningdek, turar-joy va jamoat binolarigacha bo‘lgan masofa SNIP II-89-80 "sanoat korxonalarining bosh rejalari"da bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
    Tor sharoitlarda QMQda berilgan masofalar mahalliy yong‘in xavfsizligi organlari bilan kelishilgan holda, yopiq taqsimlash qurilmalarining binoga qaragan devori butun bo‘lishi sharti bilan kamaytirilishi mumkin.
    Sanoat binolarining perimetri bo‘ylab joylashgan tutash yoki ichki PS orasidagi masofa me’yorlashtirilmagan.
    Mavjud binoning devoridan PSni devori sifatida foydalanib tutash PS qurishga, tutash PS cho‘kkanda bo‘shliqning gidroizolyatsiyasini buzilishini oldini oladigan choralarni ko‘rish sharti bilan ruxsat etiladi. Ushbu cho‘kish xolati qurilmalarni mavjud binoning devoriga o‘rnatishda ham inobatga olinishi kerak. 1 kVgacha va undan yuqori kuchlanishli yopiq taqsimlash qurilmalar, odatda, alohida xonalarga joylashtirilishi kerak. Bu talab 35 kV va undan past KTPga, shuningdek, KRUEga taalluqli emas.
    Tarqatish qurilmalari, transformatorlar, o‘zgartirgichlar va boshqa binolar xizmat va boshqa yordamchi binolardan ajratilishi kerak.
    Turli fazalarning izolyatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlari orasidagi, izolyatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlardan yerlangan kontruksiya va to‘siqlar, pol va yergacha, shuningdek turli zanjirlarining to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlari orasidagi masofalar jadvalda berilgan qiymatlardan kam bo‘lmasligi lozim.
    Yopiq taqsimlash qurilmalardagi egiluvchan shinalar, ushbu PUE qoidalarning 4.2.45-bandi talablariga muvofiq qisqa tutashuv toklari ta’sirida ularning yaqinlashishi bo‘yticha tekshirilishi kerak.
    “4.2.45. 20 kA va undan ortiq uch fazali qisqa tutashuv toklarida, tarqatish qurilmalarining egiluvchan shinalari bir biriga o‘ralashib qolishi mumkinligini istisno etish yoki qisqa tutashuv tokining dinamik ta’siri natijasida fazalar yaqinlashuvini teshib o‘tishiga nisbatan tekshirilishi kerak”
    Xizmat ko‘rsatish koridorining kengligi uskunani harakatlanishiga va xizmat ko‘rsatishga qulayligini ta’minlashi kerak va u kamida (to‘siqlar orasidagi masofani hisobga olgan holda) quyidagicha bo‘lishi kerak: uskunalar bir tomonlama joylashganda 1 m; ikki tomonlama joylashganda 1,2 m.
    O‘chirgichlar va ajratgichlar yuritmalari joylashgan boshqaruv koridorlari yuqorida ko‘rsatilgan o‘lchamlar mos ravishda kamida 1,5 va 2 m bo‘lishi kerak, agar koridorning uzunligi 7 m gacha bo‘lsa, ikki tomonlama xizmat ko‘rsatishda koridorning kengligini 1,8 m gacha kamaytirish mumkin.
    Portlovchi koridorlarning kengligi kamida 1,2 m bo‘lishi kerak.
    Qurilish konstruksiyalari bilan xizmat ko‘rsatish koridori va portlovchi koridorni 0,2 m dan ko‘p bo‘lmagan masofaga mahalliy torayishiga yo‘l qo‘yiladi.
    1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, shuningdek navbatchilik qilayotgan katta navbatchi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga, qolgan xodimlar esa III guruhga ega bo‘lishi shart. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan, elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi III guruhga ega bo‘lishi kerak.
    Ishlab turgan elektr uskunada bajariladigan ishlar naryad bilan olib borilishi
    - ish joyiga yaqin joylashgan kuchlanish ostidagi to‘satdan tegib ketish ehtimoli bo‘lgan elektr uskunani to‘sish;
    - dielektrik kalishda yoki izolyasiyalangan taxtachada yoki dielektrik gilamchada turib ishlash;
    - izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvyortkada bundan tashqari sterjeni ham izolyasiyalangan bo‘lishi kerak) ishlash, mabodo bunday asbob bo‘lmasa, dielektrik qo‘lqopdan foydalanish;
    Yengi kalta yoki yengi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichoq, arra, egov, metalli metr va boshqa shunga o‘xshash asboblardan foydalanish man qilinadi.
    Bir nechta podstansiyalarda yoki bir podstansiyani bir nechta qo‘shilmalarida bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat etiladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
    - izolyatorlarni artish;
    - qisqichlardagi boltlarni tortib qo‘yish;
    - simlar va shinalar ulangan qismini tortib mahkamlash;
    - tekshirish uchun moy olish va etishmaganda quyish;
    - transformatordagi o‘ramlarning sonini ko‘paytirish va kamaytirish bilan kuchlanishni o‘zgartirish;
    - releli himoya vositalari, avtomatika, o‘lchov asboblarini tekshirish;
    - begona energiya manbai yordamida elektr uskunani yuqori kuchlanishda sinash;
    - o‘lchov shtangasi yordamida izolyatorlarni tekshirish;
    - kabel elektr tarmoqlarining shikastlangan joylarini aniqlash. Bunday naryadlarning muddati 1 kun.
    Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa, qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man etiladi. Qo‘lqopni eng ustidan kiyish zarur. Foydalanilgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy tozalash (dizenfeksiya) dan o‘tkazib turilishi lozim. Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki laklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik, hamda kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari, har xil o‘lchamli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrotexnika fakulteti» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar

    Download 0,7 Mb.