Zahiradagi manbani avtomatik ulash. Avtomatik qayta ulagich




Download 0,7 Mb.
bet12/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,7 Mb.
#248368
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
AZAMJONOV OMADILLO BMI

Zahiradagi manbani avtomatik ulash. Avtomatik qayta ulagich.
Elektr ta'minotida avlomatlashtirishning asosiy vazifasi sanoat korxonasining uzluksiz ravishda ishlashini ta’minlashdan iborat. Bu esa ishlab chiqarish buzilishiga, mahsulot sifatini kamayashiga olib keladigan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir. Ayniqsa, hozirgi zamon sanoat korxonalari yuzlab, ba’zan esa
yuz minglab kilovatt quvvat iste’mol qilishi hisobga olinsa, bunday katta quvvatli yuklamalarni o‘chirish energotizim ishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin va hatto avariya holatini vujudga keltirishi mumkin. Elektr ta’minoti tizimlarida avtomatlashtirish tarmoq avtomatikasi, elektr yuritgichlarning mustaqil ishga tushish qurilmalari va dispetcherlik boshqarish qurilmalari orqali ta'minlanadi.
Tarmoq avtomatikasi qurilmalariga: avtomatik qavta ulash qurilmasi (APV); zahiradagi manbani avtomatik ravishda ulash qurilmasi. (AVR); chastota va tok bo‘yicha avtomatik yuksizlantirish qurilmalari (ACHR va ATR) kiradi.
Bundan tashqari AVR quyidagilarga imkon yaratadi:
a) Elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda yig‘ma shinalarni qo‘llamaslik hisobiga podstansiyalar sxemasini soddalashtirish va arzonlashtirish;
b) liniya va transformatorlarning parallel ishlash hollarini qollamaslik;
v) podstansiyalardagi navbatchi hodimlar sonini qisqartirish, ba’zi hollarda esa ulardan umuman voz kechish.
Zaxiraviy manbani avtomatik ravishda ulash qurilmasidan foydalanish, qurilma elektr ta'minotidagi uzilish natijasida ko‘rilgan zarar AVR qurilmasi qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan barcha holatlarda foydalaniladi.
Ulanishi bo‘yicha AVR quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Kabel va havo liniyalarida AVR - kuchlanish yo‘qolganda yoki ta’minlovchi liniya uzilganda ishga tushadi;
2. Transformatorlarda AVR - ishchi transformatorlarni himoyasini istalgan turi yordamida o‘chirilganda yoki qo‘lda noto‘g‘ri o‘chirilganda ishga tushadi.
3. Yig‘ma shinalar AVR - berilgan seksiya yoki shinalar tizimida kuchlanish yo‘qolganda ishga tushadi.
4. Elektr yuritgichlar AVR - istalgan himoya turi yordamida o‘chirilganda ishga tushadi. AVR qurilmasi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas operativ tok uchun mo‘ljallanadi. Operativ o‘zgaruvchan tok manbasi bo‘lib AVR qurilmasi sxemasiga qarab ishchi yoki zahira kirish qismiga yoki podstansiyalar shinalariga o‘rnatilgan kuchlanish transformatorlari xizmat qiladi.
Elektr ta’minlash tizimlarida AVR ishining samaradorligi 90-95 % ni tashkil etadi. Sxemalarining soddaligi va yuqori samaradorligi sababli, AVR qurilmalaridan elektr tarmoqlarida va energotizimlarda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.

Download 0,7 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zahiradagi manbani avtomatik ulash. Avtomatik qayta ulagich

Download 0,7 Mb.