|
Podstansiyadagi elektr jihozlarni ishlatish va ta’mirlashni
|
bet | 13/18 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #248368 |
Bog'liq AZAMJONOV OMADILLO BMI2.4. Podstansiyadagi elektr jihozlarni ishlatish va ta’mirlashni
tashkil etish.
Taqsimlash qurilmalari (TQ) –barcha turdagi pоdstantsiyalar tarkibida bo‘lgan elektr qurilmalar majmui; ma’lum bir (yoki bir necha) kuchlanishdagi elektr energiyasini qabul qilib, uni taqsimlash uchun mo‘ljallangan elektr qurilmalar majmui. TQ kоmmutatsiоn apparatlar, boshqarish, nazоrat va o‘lchash, хimоya - avtomatika vоsitalari va yordamchi qurilma hamda inshaоtlaridan ibоrat bo‘ladi. Pоdstantsiyalardan tashqari elektr energiyasi taqsimlash punktlarida ham taqsimlanishi mumkin. Taqsimlash punktlari – transfоrmatоr pоdstantsiyasi tarkibiga kirmaydigan va bir хil kuchlanishdagi elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun хizmat qiladigan qurilmalar majmuidir.
Stansiya va podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalari (TQ) elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi inshootlar va jihozlar majmuasidan tashkil topgan. Ular ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Xonalarning ichida va bevosita ochiq havoda o‘rnatishi mumkin bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalar keng tarqalgan. Ular zavodlarda statsionar yoki suriluvchi ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Statsionar ko‘rinishda har bir yacheykaning ichida jihoz qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. Suriluvchi ko‘rinishda uzgichlar, seksion ajratkichlar va kuchlanish o‘lchov transformatorlari shkaflarning ichida surish va ularning tashqarisiga chiqarish mumkin bo‘lgan suriluvchi telejkalarda o‘rnatiladi.
Barcha kuchlanish jihozlari va taqsimlovchi qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: taqsimlovchi qurilma (TQ) ning jihozi o‘zining pasport ma’lumotlari bo‘yicha nominal va qisqa tutashuv holatlarida ishlash sharoitlarini qoniqtirishi shart. Uzgichlar elektr zanjirlarni har qanday ishlatish rejimlarida kommutatsiyalash uchun xizmat qiladi. Bunday rejimlar, odatda, yuklama, qisqa tutashuv, transformatorlarni magnitlash, liniya va shinalarning zaryad toklarini ulash va uzish rejimlaridir. Uzgich uchun eng og‘ir rejim bo‘lib qisqa tutashuv toklarni uzish va ulash rejimlari hisoblanadi. Katta toklar oqib o‘tganda uzgichga katta elektrodinamik kuch va yuqori xarorat ta’sir etadi. Bundan tashqari o‘rnashgan qisqa tutashuvga har qanday avtomatik yoki qo‘lda ulash yaqinlashayotgan kontaktlar orasidagi oraliqning teshilishi va kontaktlar zaif siqilgan holatlarda zarbiy tokning oqishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ularning muddatidan erta fizik emirilishiga olib keladi. Xizmat ko‘rsatish muddatini oshirish uchun kontaktlar metall-chinnidan yasaladi.
Uzgichlarning konstruksiyalarida yoy so‘ndirishning turli xil prinsiplardan va ularda turli xil so‘ndiruvchi muhit materiallaridan foydalaniladi. Shu munosabat bilan stansiya va podstansiyalarda qo‘llaniluvchi uzgichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: katta moy hajmiga ega bo‘lgan moyli uzgichlar (ВМБ, ВМ, ВМД, МКП, У, С tipidagi uzgichlar);
Kichik moy hajmiga ega bo‘lgan moyli uzgichlarga ВМГ, ВМП, МГГ, МГ, ВМК, ВГМ va boshqa tipdagi uzgichlar misol bo‘ladi.
Yuqori kuchlanishli komplekt taqsimlovchi qurilmalar komplekt taqsimlash uskunalari (KRU) ichida o‘lchov va himoya asboblari va birlamchi va ikkilamchi kommutatsiya zanjirli turli apparatlar (o‘chirgichlar. ajratgichlar va shu kabilar) ulangan shkaflar jamlanmasidan iborat. KRU shkaflari to‘liq terilgan va ishga tayyor holda yetkaziladi. O‘rnatilish joyida faqatgina shkaflar kesishmasida shinalar ulanadi, kuch va nazorat kabellari o‘tkaziladi. KRUning qo‘llanilishi loyihalash hajmi, qurilish–montaj ishlari muddati va narxini sezilarni pasaytiradi
KRU ichki va tashqi, doimiy va ko‘chma konstruksiyada tayyorlanadi. KSO turdagi doimiy KRU lar (doimiy bir taraflama xizmat ko‘rsatish kameralari) faqatgina ichki o‘rnatish uchun yasaladi. Doimiy KRU larda barcha apparatura shkaf metall konstruksiyalarida o‘rnatilgan.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyada elektr energiyasini taqsimlash uchun yuqori kuchlanishli moyli va vakuumli yopiq taqsimlash qurilmalaridan foydalanib kelinmoqda. Hozirgi kunda podstansiyada KRUN seriya K-37, K-47, ВМП-10, ШВВ1-10-3-800У2, NV-12 turidagi yopiq taqsimlash qurilmalari mavjud. Podstansiyada jami 23ta fidr mavjud bo‘lib shulardan 2021-yil 9ta fidr rekonstruksiya qilingan ya’ni eski yuqori kuchlanishli moyli taqsimlash qurilmalari, NV-12 turidagi vakuumli taqsimlash qurilmalariga almashtirilgan.
Yuqori kuchlanushli moyli o‘chirgichlar kommutatsiya apparatlari hisoblanib , alohida turdagi elektr qurilmalrni tezkor ulash va uzish uchun xizmat qiladi moyli o‘chirgichlarda maxsus moylardan foydalaniladi bu moylar uzgichda elektr yoyni so‘ndirish va izolyatsiya vazifasini bajaradi. Moyli uzgichning qo‘zg‘aluvchi kontaktlari maxsus elektromagit yuritma yordamida harakatga keltiriladi.
ВМП-10 seriyadagi oʻchirgichlar kam moyli (tuvakchali) oʻchirgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng qoʻllaniladi. Xona ichiga oʻrnatish uchun oʻchirgichlarning kontaktlari poʻlat bochkada (tuvakchada) joylashadi, oʻchirgichlarning «tuvakchali» nomi ham shu еrdan kelib chiqqan. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli oʻchirgichlar chinni korpusga ega, 6–10 kV li osma tipdagi oʻchirgichlar keng tarqalgan. Bu oʻchirgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy soʻndiruvchi kamera nazarda tutilgan.
Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy soʻndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun oʻchirgichning tashqarisiga ishchi kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy soʻndiruvchi kontaktlar oʻrnatiladi (9.2–rasm, v). Uziladigan tok katta boʻlgan da har bir qutbga ikkitadan yoy soʻndiruvchi uzilish boʻladi.
ВМП –10 oʻchirgichida hammasi boʻlib 4,5 kg moy bor. Silindrdagi moy sathi moy koʻrsatgich orqali nazorat qilinadi. Moyning sifati izolyatsion moyga qoʻyiladigan umumiy talablarga javob bеrishi kеrak. Agar moy juda ifloslangan, kamеra kanallari esa qoraygan boʻlsa, u holda oʻchirgichning uzilgan holatida kontaktlar orasidan tok oʻtish imkoni tugʻiladi.
ВМП –10 kam moyli oʻchirgichlarning afzalliklari quyidagilar: moy miqdori koʻp emas; massasi nisbatan kichik, bakli oʻchirgichlarga qaraganda yoy oʻchiruvchi kontaktlarga borish ancha qulay; unifikatsiyalangan uzеllarni ishlatish bilan turli kuchlanishlarga oʻchirgichlarning turli sеriyalarini yaratish imkoni bor.
Kam moyli oʻchirgichlarning kamchiligi: portlash va yongʻin jihatdan xavfli (bakli oʻchirgichlarga qaraganda ancha kam boʻlishiga qaramay); tеz ta'sir etuvchi APV ni amalga oshirish mumkin emas; vaqt –vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib toʻldirish va yoy soʻndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tеz–tеz almashtirish kеrak, ichkaridagi tok transformatorlarini oʻrnatish qiyin, nisbatan uzish qobiliyati kichik.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyada yopiq taqsimlash qurilmalarida NV-12 tipli vakuumli taqsimlash qurilmalari qo‘llanilib kelmoqda. Bu taqsimlash qurilmalari 2021 yil 4ta “Haqiqat”, “Sahovat”, “Sardor”, “Orta Sharxon” nomli aholi fidrlariga o‘rnatilgan.
Vakuumli uzgichlarning afzalliklari quyidagilardir: nominal toklar va qisqa tutashuv toklarini komutatsiya qilishda kontaktlaming yuqori ishqalanib yemirilishiga chidamliligi; elektr yoyidan keying elektr chidamliligining katta tezlikda tiklanishi, katta agressiv muhitda ishlaganda ham portlab ketish va o‘t olib ketishga xavfliligi, atrof muhit harorati katta oraliqda o‘zgarishiga chidamliligi (-70C dan +200*C gacha), elektr apparatlarda vakuumli uzgichni xohlagan holatda, ya’ni tik-vertikal, yotiq-gorizontal, og‘ma burchakli, o‘matish mumkinlik imkoni, juda katta tezlikda ishlashi, chunki harakatdagi kontaktning yurish masofasi kichik, ya’ni bir necha mm ekanligi va harakat qiluvchi qismlar massasining kichikligi yoki harakat massa inersiyasining kichikligi; ekspiuatatsiyada kapital xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya xarajatlarining kamayishi, atrofmuhitni ifloslashning umuman yo‘qligi hamda shovqinsiz ishlashi. O‘rtacha kuchlanishda ishlaydigan vakuum uzgichlarini ishlab chiqarish miqdori uzgichlaming umumiy soniga nisbatan Yaponiyada 50-60% ni, Buyuk Britaniyada 30-40% ni, AQSHda 20+30% ni tashkil qilib, tezda o‘sib borish ehtimoli katta. Vakuumli kommutatsion jihozning boshqalaridan farqi shundaki, vakuumda yoy kichik toklarda umuman yonmaydi. Bu kichiktik ma’lum bir chegaraviy qiymatgacha bo‘ladi. U, asosan, kontakt materialiga bog‘liqdir. Vakuumli uzgich yuritgichiga quyidagi shartlar qo‘yiladi: ulash jarayonida harakatlanuvchi kontaktning o‘rtacha tezligi v= 0,5-1,5 m/s bo‘lishi; o‘chirish jarayonida v≫0.8-3.8 m/s bo‘lishi; o‘tuvchi tok miqdori 40—100 kA bo‘lganda elektrodlardagi kontakt bosimi 1000-4000 N bo‘lishi talab qilinadi. Vakuumli uzgich ichki qurilmalarda qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 kA miqdorigacha nominal tokni uzish imkoniga egadir. Elektr zanjiiiarida normal va avariya rejimida elektr tokini uzish uchun ishlatilishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, 2KBE-6 belgili yuqori kuchlanishli tarmoqlagich shkaflarda va KRU hamda KRUN yacheykalarda ishlatiladi.
«Oltin vodiy» - 110/10 kV podstansiyada yopiq taqsimlash qurilmalari holatlarini o‘rganish va ishchilar bilan suxbat davomida bir qancha kamchiliklar va noqulayliklar aniqladim. Xususan, ishchi hodimlarga ish jarayonida moyli o‘chirgichlar bir qancha muammo va noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Asosiy muammo bu moyli o‘chirgichlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jrayanoni bir muncha qiyin va ishchilar uzoq vaqt sarflamoqdalar. Bundan tashqari moyli oʻchirgichlarning asosiy kamchiliglari portlash va yongʻin jihatdan xavfli tеz ta’sir etuvchi APV ni amalga oshirish mumkin emas, vaqt –vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib toʻldirish va yoy soʻndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tеz–tеz almashtirish kеrak.
Shu jihatlarini inobatga olgan holda men yopiq taqsimlash qurilmalarini rekonstruktsiya qilish, ish jarayonidagi muammolarni bartaraf etish va is’temolchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsida, 2ta variant taklif qilmoqchiman.
I-variant. Hozirgi kunda podstansiyaning 14 ta fidrida eski turdagi moyli o‘chirgichlardan foydalanib kelinmoqda. Bu fidrlar asosan sanoat korxonalari, tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik obyektlari uchun elektr energiya yetkazib bermoqda. Shu fidrlarda foydalanilayotgan moyli o‘chirgichlarni 2021-yil aholi fidrlariga o‘rnatilgan NV-12 tipidagi vakuumli o‘chirgichlarga almashtirishni taklif qilaman.
II-variant. Hozirda podstansiyada umimiy hisobda 23ta fidr mavjud. Bu fidrlarda moyli va havoli o‘chirgichlarda foydalanib kelinmoqda. Bu variantda men barcha fidrlarda foydalanilyotgan havoli va moyli o‘chirgichlar o‘rniga yangi yangi zamonaviy turdagi elegazli o‘chirgichlar o‘rnatishni taklif qilaman.
|
| |