Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatishda




Download 0,7 Mb.
bet16/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,7 Mb.
#248368
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
AZAMJONOV OMADILLO BMI

2.7. Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatishda
ekologiya talablari.
Har birining quvvati 63 MVA va undan ortiq bo‘lgan 110 kVli transformatorli va xar birining quvvati 40 MVA va undan ortiq bo‘lgan 220 kV va undan yuqori transformatorlarli PSlarda, shuningdek sinxron kompensatorli PSlarda yong‘inni o‘chirish uchun mavjud tashqi tarmoqdan yoki mustaqil suv ta’minotidan ishlaydigan suv ta’minoti tizimi mavjud bo‘lishi kerak.
Har birining quvvati 40 MVAdan kam bo‘lgan 220 kV transformatorli PSlarda tashqi tarmoqdan ta’minlangan suv ta’minoti tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Yong‘in suv ta’minoti o‘rniga, boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan suv ta’minoti tarmog‘i orqali suv bilan to‘ldiriladigan yong‘in suv xavzasiga ega bo‘lish mumkin.
Har birining quvvati 63 MVAdan kam bo‘lgan 35-110 kV transformatorli PSlarda yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimi va suv xavzasi ko‘zda tutilmaydi.
Moy bilan to‘ldirilgan transformatorlar yoki apparatlar ostidagi fundamentlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak. Kirish (vvod)lar izolyatsiyalari, 6 va 10 kV generatorlarining tashqi ochiq holdagi egiluvchan va qattiq tok o‘tkazgichlarining izolatorlari 20 kV nominal kuchlanish uchun tanlanishi kerak. 13,8-24 kV kuchlanishli generatorlar uchun, toza va ifloslangan atmosferali hududlarda izolyatsiyani loyihalash bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq 35 kV kuchlanishga tanlanishi kerak.
O‘zgartiruvchi PS va qurilmalari xonalarida isitish tizimi bo‘lishi kerak.
Sovuq havoda, qurilmalar ishlamay turganda, isitish tizimi haroratni quyidagidan past bo‘lmasligini ta’minlashi kerak: o‘zgartirgich agregatlari xonasida +16 C, issiqlik almashinuvchilari binosida +10 S. Boshqa barcha xonalarda sanitariya me’yorlarida ko‘rsatilgan harorat ta’minlanishi kerak.
O‘zgartiruvchi PS va qurilmalar xonalarining ishlanadigan joyidagi havo harorati yozda tashqi havo haroratidan 50S dan ortiq bo‘lmasligi va eng yuqori harorat +400Sdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
PS (o‘rnatish) binolarida o‘zgartirgich agregatlari, apparatlari, rezistorlar va qurilma ishlayotganda boshqa uskunalar tomonidan chiqarilgan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun tegishli choralar ko‘rilishi lozim. Binolardan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun ishlatiladigan umumiy shamollatish qurilmasida havoni changdan tozalash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Birinchi qavat, yerto‘la va boshqa izolyatsiya qilingan xonalar uchun alohida shamollatish tizimlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda alohida xonalarga havo etkazib berishni to‘xtatishga imkon beradigan boshqariladigan qopqoqlar (shiberlar) mavjud bo‘lganda, umumiy shamollatish tizimini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
O‘zgartiruvchi PS va qurilmalar o‘zgartirgich agregatlarini sovutish tizimi uchun va sanitariya-texnik qurilmalari uchun zarur bo‘lgan suv bilan ta’minlanishi kerak. O‘zgartirgichlarning sovutish tizimiga katta qoldiq (jism) larni tushishini oldini olish uchun suv ta’minoti quvurlari to‘rli filtrlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Atrof-muhit omillariga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish sharoitlari elektr xavfsizligi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
yuqori xavfli sharoit;
– o‘ta xavfli sharoit;
– xavfi kam bo‘lgan sharoit.
Yuqori xavfli ish sharoitida xona pollpri metall, tuproq, beton va havoning nisbiy namligi 75%dan yuqori bo‘ladi. Havoning harorati 35-40%. Bunda odamning tegib ketish xavfi asosiy o‘rinda turadi va ishlovchini ehtiyot bo‘lishi ko‘zda tutiladi. O‘ta xavfli sharoitlida havoning nisbiy namligi 100% atrofida bo‘ladi. Bularga xonadan tashqarida, ochiq maydonlarda ishlatilayotgan qurilmalarni kelitirish mumkin.
Qo‘shimcha himoya vositasilari sifatida sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarisida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda, yupqa jun yoki ip-gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi. Rezinali dielektrik qo‘lqoplar Dielektrik etik va kalishlar. Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda, hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiq joyda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar, ishlayotganlarni qadamlar orasidagi kuchlanishdan saqlaydi. Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi.


Download 0,7 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Podsansiyalardagi yopiq taqsimlash qurilmalarini ishlatishda

Download 0,7 Mb.