Nochiziqli elektr zanjirlar




Download 157,43 Kb.
bet18/44
Sana19.11.2023
Hajmi157,43 Kb.
#101415
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
«elektrotexnika»
2 - Mavzu maqolaga, Mavzu Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja-fayllar.org, Internet tarmogʻi va uning ahamiyati, Ta\'lim muassasalarining axborot-ta\'lim muhiti, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Mavzu word matn muharririda ishlash r e j a, ДАЛОЛАТНОМА Нигина docx, intend dalolatnoma (2), инфо 8-amaliyot, 3-амалий машғулот, cds, True
1.Nochiziqli elektr zanjirlar.
Elektr zanjirini qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog’liq bo`lgan zanjir nochiziqli zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho`g’lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim o`tkazgichli asboblar misol bo`la oladi. Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo`lmagani uchun zanjirdagi tok kuchi uning qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo`lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun Om qonunini tadbiq etib bo`lmaydi. O`tish chegaralarida n-yarim o`tkazgich tomonda rekombinatsiya natijacida kovaklar, p-yarimo`tkazgich tomon da elektronlar qatlami hosil bo`ladi va p-n o`tishda ichki maydon yuzaga keladi, ya`ni chegaraviy qatlamda asosiy tok tashuvchilarning kambag’allashuvi hosil bo`ladi. Bu qatlam katta qarshilikka ega bo`ladi. Teskari ulashda kambag’allashgan qatlam kengayadi, berkituvchi maydon Eb kuchayadi. Natijada diffuziya toki kamayadi, dreyf toki o`zgarmaydi. p-n-o`tishdagi natijaviy tokni yo`nalishi dreyfli tok yo`nalishiga mos keladi va u juda kichik bo`lib, teskari tok deyiladi. To`g’ri yo`nalishda ulanganda tashqi elektr maydoni berkituvchi qatlam maydoniga qarshi bo`lib, uni zaiflashtiradi, potetsial to`siq keskin kamayadi. Bu diffuziya tokining ortishiga va teskari (dreyfli) tokning kamayishiga olib keladi. Natijaviy tokning yo`nalishi diffuziya toki yo`nalishi bilan mos tushadi. Yarim o`tkazgichda asosiy tok tashuvchilar konsentratsiyasi noasosiyga nisbatan bir necha daraja yuqori bo`ladi. Shuning uchun to`g’ri tok teskari tokdan yuz, ming barobarga ortishi mumkin.
Shunday qilib, p-n-o`tish to`g’ri yo`nalishda tokni o`tkazadi, teskari yo`nalishda o`tkazmaydi, ya`ni bir tomonlama o`tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo`ladi. Volt-amper tavsifnomasiga ko`ra Utes teskari kuchlanish kritik qiymatga yetganda teskari tok keskin ortadi, bu p-n-o`tishning teshilishi deyiladi. To`g’ri yo`nalishdagi mahlum kuchlanishdan keyin p-n-o`tishning hajmiy zaryad qismi keskin torayadi va diffuziya toki tez surhatlar bilan orta boshlaydi.Ushbu hususiyatni harakterlovchi tok qiymatining kuchlanishga bog’lanishi p-n-o`tishning vo`ltamper tavsifnomasi deyiladi. Diod tokni o`tkaza boshlaganda unda kuchlanish tushishi yuzaga keladi. Bu kuchlanish tushishi potentsial to`siq qiymatiga teng va uni to`g’ri kuchlanish tushushi deyiladi.

Download 157,43 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Download 157,43 Kb.