Yuqori chastotali filtrda induktivlik va sig’im o`rinlari almashtiriladi, ya`ni ular iste’molchidan yuqori chastotali toklarni o`tkazib, yuborib past chastotali toklarni ushlab qolishi zarur.
26-rasm: Yuqori chastotali filtr.
Elektrik filtrlarni ishlash printsipi. G’altak va kondensator ketma-ket va parallel ulangan tebranish konturini filtrlash ta`sirini ko`rib chikamiz. Ma`lumki, bunday konturlarda ma`lum sharoitlarda rezonans hodisasi ro`y beradi: ketma-ket zanjirda kuchlanishi rezonansi parallel zanjirda esa tok rezonansi bo`ladi. Ko`rsatib o`tilgan L, C tebranish konturlari asosan polosali va to`suvchi filtrlarda qo`llaniladi. Quyidagi chizmalarda polosali hamda to`suvchi filtrlar sxemalari keltirilgan. L1 S1 dan tuzilgan ketma-ket zanjir
27-rasm: Ketma-ket (a) va parallel (b) tebranish konturlari.
28-rasm: Polosali filtr.
ba`zi bir rezonansli va unga qo`shni bo`lgan chastotalar uchun o`z qarshiligiga ega, shuning uchun u ma`lum polosadagi hamda unga yaqin bo`lgan chastotalarni yahshi o`tkazadi lekin boshqalarni ushlab qoladi. L2 S2 lar dan tuzilgan parallel zanjir rezonansga moslashtirilgan va unga yaqin chastotalarga katta qarshilik hosil qiladi, ammo boshqalari esa oz qarshilik ko`rsatadi. Shuning uchun u iste’molchini rezonansga yaqin bo`lgan barcha chastotalardan tashqari chastotalarni shuntlaydi ya`ni ularni o`zi orqali o`tkazadi.
To`suvchi filtrlar ma`lum chastotada polosali qolishi lozim, shuning uchun ketma-ket hamda parallel zanjirlarni ularni almashtiriladi. L1 S1 dan iborat parallel zanjirlar rezonansi yaqin polosa chastotalarini amalda o`tkazmaydi, shu bilan birgalikda boshqa chastotalarga qarshilik ko`rsatmaydi.
Nazorat uchun savollar
1. Davriy nosinusoidal o`zgaruvchan tok tizimi nima? 2. Filtrlar qanday elementlardan tuziladi?
3. Davriy nosinusoidal o`zgaruvchan tok qanday hosil qilinadi? 4. Filtrlarni qanday turlari mavjud?
5. Davriy nosinusoidal o`zgaruvchan tok kuchlanishlari qanday? 6. Past chastotali filtrni tushuntiring? 7. Yuqori chastotali filtrni tushuntiring? 8. To`suvchi, plosoli filtrlarni tushuntiring?
9. Davriy nosinusoidal o`zgaruvchan tokni avfzalligi, kamchilligi nima? 10. Filtrlar qaerlarda ishlatiladi?
6-Modul
6-mavzu: NOCHIZIQLI ELEKTR ZANJIRLAR
Reja:
Nochiziqli elektr zanjirlari. Nochiziqli elementlarning volt-amper xarakteristikalari (tavsiflari) va ularni approksimatsiyalash.
|
Boshqariladigan va boshqarilmaydigan nochiziq elementlar. Inersion va noinersion nochiziqli elementlar.
|
Nochiziqli elektr zinjirlarni hisoblashning grafik hamda analitik usullari.
|
Tok va kuchlanish stabilizatorlari va chastota o‘zgartirgichlar.
|
|