O`zgarmas tok mashinalarini ishlatilash sohalari




Download 157,43 Kb.
bet29/44
Sana19.11.2023
Hajmi157,43 Kb.
#101415
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
«elektrotexnika»
2 - Mavzu maqolaga, Mavzu Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja-fayllar.org, Internet tarmogʻi va uning ahamiyati, Ta\'lim muassasalarining axborot-ta\'lim muhiti, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Mavzu word matn muharririda ishlash r e j a, ДАЛОЛАТНОМА Нигина docx, intend dalolatnoma (2), инфо 8-amaliyot, 3-амалий машғулот, cds, True
3.2. O`zgarmas tok mashinalarini ishlatilash sohalari.
O`zgarmas tok mashinalari, asosan qo`zg’almas qism-statina (stator) va qo`zg’aluv-chan qism-yakor (rotor) dan iborat bo`ladi: Stator yirik mashinalar uchun po`latdan, kichik mashinalar uchun cho`yandan quyib yasaladi va unga qutblarning o`zaklari o`rnatiladi. Bosh qutblar statinaning ichki sirtiga o`rnatilgan bo`lib, unga uyg’otish chulg’amlari o`ral-gan bo`ladi. Bosh qutb mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qiladi. Yakor tsilindrsi mon magnit o`zak bo`lib mahsus o`qqa o`rnatilgan bo`ladi. U qalinligi 0,35…0,5 mm li mahsus elektrotexnik po`lat plastinkalar to`plamidan tayyorlanadi. Uyurma toklarni kam hosil bo`lishiga nisbatan va quvvat isrofini kamaytirish maqsadida plastinkalar bir–biridan lak bilan izolyatsiya qilinadi. Aylanuvchan yakorning chulg’amlarida o`zgaruvchan EYuK hosil qilinib, kollektor va cho`tkalar yordamida generatordan o`zgarmas tok olinadi. U alo-hida–alohida seksiya qilinib mahsus pazlarga joylashtiriladi: Chulg’amning uchlari kollek-tor platinkalariga chiqarilib kavsharlanadi: Kollektor silindr shaklida bo`lib, misdan yoki latundan yasalgan alohida–alohida plastinkalardan iborat. Plastinkalar bir–biridan va kor-pusdan mikanit manjeta bilan izolyatsiyalanadi. Korpusga o`rnatilgan cho`tkalar yordami-da kollektordan tok olinadi. Cho`tka mahsus tutqichga o`rnatilgan bo`lib ko`mir, grafit, mis yoki bronza aralashmasidan tayyorlanadi. Mashina yakori birlamchi dvigatel bilan o`zgarmas tezlikda aylantirilganda uni chulg’ami o`ramlarini bosh magnit kuch chiziqlari kesib o`tadi. Natijada magnit induktsiya qoidasiga binoan, EYuK induktsiyalanadi, ya`ni E=snF bu yerda s –koeffitsent, n –yakorning aylanishlar tezligi, F– magnit oqim (Vb). Yakor chulg’ami shunday yasalganki, u huddi parallel tarmoqlardagi singari ularning har bir simlarida hosil bo`lgan EYuK larning yo`nalishi bir hil bo`ladi. Shunday qilib, huddi bir hil birlamchi elementlarni gruppa qilib ulanganidagiga o`hshash sxema hosil bo`ladi. Yakor aylanganida kolektor palstinkalari qo`zg’almas cho`tkalarga nisbatan uzluksiz hara katlanib turadi. Buning natijasida ba`zi aktiv simlar birinchi parallel tarmoqdan ikkinchi parallel tarmoqqa, ba`zilari ikkinchi parallel tarmoqdan birinchi parallel tarmoqqa ulanib turadi. Shuning uchun orasida natijaviy EYuK, istalgan parallel tarmoqdagi aktiv simlar EYuK siga teng va doimiy bo`ladi. Yakor aktiv simlari mashinaning magnit maydonida bo`lgani uchun bu simlar yakorning aylanish o`qiga nisbatan kuchlar momenti hosil qiluv-chi elektromagnit kuchlar ta`sirida bo`ladi. O`ng qo`l qoidasiga binoan, yakor simldaridagi EYuK va tokning yo`nalishini aniqlaymiz. So`ngra chap qo`l qoidasidan foydalanib, elektr magnit kuchning va kuchlar momentining yo`nalishini aniqlaymiz. Yakor doimiy tezlik bilan aylanishi uchun birlamchi dvigatel shu momentga teng va qarama – qarshi yo`nalgan moment – aylantiruvchi moment hosil qilishi kerak.

45-rasm: Doimiy tok dvigatelini qismlari.



Download 157,43 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Download 157,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zgarmas tok mashinalarini ishlatilash sohalari

Download 157,43 Kb.