|
«elektrotexnika»
|
bet | 28/44 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 157,43 Kb. | | #101415 |
Bog'liq «elektrotexnika»Nazorat savollari.
1. Transformator nima? 2. Ish rejimlari qanday? 3. Transformatorning konstruktsiyasi qanday?
4. Transformatsiya koeffitsenti nima? 5. Foydali ish koeffitsenti qanday? 6. O`lchov transformatori nima?
7. Transformatorning turlarini sanab bering? 8. Transformator tashqi xarakteristikasi nima?
9- modul
9- Mavzu: O`zgarmas tok elektr mashinalari
Reja:
-
3.1
|
O‘zgarmas tok elektr mashinalari
|
3.2
|
O‘z- o‘zidan uyg‘otishli generatorlar
|
3.3
|
Asinxron mashinalar
|
3.4
|
Asinxron mashinani ishga tushirish
|
3.5
|
Sinxron mashinalar.
|
3.6
|
Sinxron geniratorining tavsiflari va elektromagnit quvvati.
|
3.1. Umumiy tushunchalar, elektr mashinalaridagi asosiy fizik jarayonlar
Mexanik enenrgiyani elektr enegiyasiga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladigan qurilma–elektr mashinalari deyiladi. Birinchi holda u generatorlar deb, ikkinchi holda esa dvigatellar deb ataladi: O`zgarmas tok mashinalari elektrlashtirilgan temir yo`llarda, elektroliz qilish qurilmalarida, shaxtalarning ko` tarma liftlarida, prokat stanlarida ishlatiladi. Shuningdek, tezlikni keng chegarada rostlab turish zarur bo`lgan qurilmalarda ishlatiladi. O`zgarmas tok mashinalarini o`zgaruvchan tok mashinalaridan oldin yaratilgan: O`zgarmas tok mashinalari qaytuvchanlik hossasiga ega bo`lib, u ham dvigatel sifatida ham generator sifatida ishlay oladi. Ularning tuzilishi ham bir–hil, mashinasozlik zavodlarida bir hilda ishlab chiqariladi. Bir mashinaning o`zi gene-rator rejimida birlamchi dvigatelning mexanik energiyasini–elektr energiyasiga, dvigatel rejimida esa elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi: 1838 yili akademik Boris Yakobq o`zgarmas tok mashinasini yaratdi va amalda ishlatib ko`rsatdi. O`zgarmas tok mashinalarini taraqqiy eta borishi bilan ularni ishlab chiqarish kamayib bordi: Bunga aso-siy sabab ularning konstruktsiyasini murakkabligidir: Shunga qaramay o`zgarmas tokni elektr energiyasidan foydalanishning ma`lum soxalarida o`zgaruvchan toklar bilan almash tirib bo`lmasligi, hamda u birmuncha avfzalliklarga ega bo`lganligi uchun, shu kungacha ham ishlatilib kelinmoqda.
|
| |