|
Ferromagnit materiallar va ularni hossalari
|
bet | 24/44 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 157,43 Kb. | | #101415 |
Bog'liq «elektrotexnika»2.Ferromagnit materiallar va ularni hossalari.
Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi: Magnit oqimidan past kuchlanishli toklarni yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o`hshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.Tashqi magnit maydoni ta`sirida magnitlanish hossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo`ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallariga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi. Materiallarni magnit hossalari elektr zaryadlarining ichki harakatiga asoslangan bo`lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko`rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o`z o`qi atrofida aylanishi hamda ularning atom ichida orbita bo`ylab aylanishidan hosil bo`ladi. Ferromagnit hodisasi bahzi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo`lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o`zaro parallel ravishda bir tomonga yo`nalgan bo`ladi:
Ba`zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinligi bir necha o`n-yuz atom masofasiga teng bo`lgan) da domenlarning o`lchami tahminan 0,001-10 mm3 oralig’ida bo`ladi: O`ta toza materiallarda esa domenlarning o`lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo`ladi: Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan harakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o`qlar yo` nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi. Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit strukturaga ega bo`ladi. Kerakli magnit struktura olish orqali materialda ma`lum yo`nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishish mumkin: Demak, magnit materialida magnit singdiruvchanlik o`zining aniq bir qiymatiga ega bo`lmay, balki magnit maydon kuchlanganligiga juda ham bog’liq ekan. Shu sababli, magnit materialini r qiymati keltirilganda magnit maydon kuchlanganligi (N) ham ko`rsatilishi shart: Magnit maydon kuchlanganligi o`zining Nm qiymatidan kamaytirilsa (induktsya Vm gacha), gisterezis hodisasi kuzatiladi, yani magnit induktsiyasining kechiki-shi maydon kuchlanganligining o`zgarishiga bog’liq bo`ladi: Maydon kuchlanganligi nolga teng bo`lganida magnit induktsiyasi qandaydir qoldiqqa ega bo`lib, u induktsiya qoldig’i (Vr) deyiladi. Induktsiya qoldig’iga magnit maydon kuchlanganligining teskari yo`nalishida, uning Ns0 qiymatida erishiladi, bunda Ns koertsitiv kuch deb ataladi. Kuchsiz toklar sohasida quyidagi qiymatdan foydalaniladi: Q , bunda -burchak chastota, Gts; L-chulg’am induktivligi, Gn; r-o`zakdagi ekvivalent qarshilik Om.
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo`linadi. Yumshoq magnit material-lardan magnitli o`tkazgichlar tayyorlanadi: Bu materiallarning magnit singdiruvchanligini boshlang’ich qiymati katta bo`lishi kerak: Yumshoq magnit materiallarida solishtirma qarshilik nisbatan katta qiymatga, koeritsitiv kuch (Ns0,1 Am) esa kichik qiymatga ega bo`lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobalt bilan qotishmalarini misol tariqasida keltirish mumkin. Texnik sof temir (qo`shimchalari 0.1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit hossalari 3-jadvalda keltirilgan. Bu temir o`zgaruvchan tok zanjirida ish latiladigan elektr magniti yoki rele uchun o`zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki tsilindr shaklda yupqa (0,2-4 mm) qilib tayyorlanadi. Turlicha ishlov berilgan temirning tarkibi va magnit hossalari 3-jadval
Material
|
qo`shimchalarning miqdori, %
|
Magnit xossalari
|
Magnit singdiruvchanlik
|
Koertsitiv, kuch, Ns Am
|
uglerod
|
kislorod
|
r b
|
r yu
|
Texnik sof temir
|
0,020
|
0,060
|
250
|
7000
|
64,0
|
Elektrolitik temir
|
0,020
|
0,010
|
600
|
15000
|
28,0
|
Karbonil temir
|
0,005
|
0,005
|
3300
|
21000
|
0,4
|
Vakuumda eritilgan elektrolitik temir
|
0,010
|
-
|
-
|
61000
|
7,2
|
Vodorodda ishlov berilgan temir
|
0,005
|
0,003
|
6000
|
200000
|
3,2
|
Vo-da yaxshi ishlov berilgan Fe
|
-
|
-
|
20000
|
340000
|
2,4
|
|
| |